Sahihi Buxoriy. 1-jild.
Imom Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
303
166-bob. Sadaqaga (zakotga) berilgan tuyalardan va ularning sutlaridan
yo‘lovchilarning foydalanmogi haqida
Anas raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Urayna qabilasiga mansub bir guruh odamlar
Madina havosiga o‘rgana olmay, kasal bo‘lib qolishdi. Shunda,
Rasululloh sallallohu
alayhi va sallam sadaqaga (zakotga) berilgan tullar oldiga borib,
ularning suti va
siydigidan (dori uchun) ichmoqqa ruxsat berdilar. Ular ersa (ko‘rnamaklik qilib)
tuyakashni o‘ldirib, tuyalarni haydab ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam
ularning
ketidan askar yubordilar, tutib kelishgach, qo‘l-oyoqlarini kestirib, ko‘zlarini
o‘ydirdilar, so‘ng oftobga tashlab qo‘ydilar, (og‘riqdan) tosh g‘ajib yotishdi».
167-bob. Imomning sadaqaga (zakotga) berilgan tuyalarga o‘z qo‘li birlan
tamg‘a urib chiqmog‘i haqida
Anas ibn Molik raziyallohu anhu rivoyat qiladirlar: «Erta
bilan Abdulloh ibn Talhani
yonimga olib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamning huzurlariga bordim, Abdullohni
bir «tahnik» qilib qo‘ysalar, degan niyatim bor erdi («tahnik»
- bir dona xurmoni
chaynab, tabarruk qilib, keyin uni yosh bolaning og‘ziga solib, tanglayini ko‘tarmoq
odati). Qarasam, Janob Rasululloh o‘z qo‘llari birlan tuyalarni tamg‘alayotgan erkanlar».
Dostları ilə paylaş: