58-bob. Oy to‘lgan kunlari - o‘n uchinchi, o‘n to‘rtinchi va o‘n beshinchi kunlarda ro‘za tutmoq haqida Abu Hurayra raziyallohu anhu: «Menga do‘stim sallallohu alayhi va sallam uch narsani -
har oyda uch kun ro‘za tutmoqni, ertalabki namozning ikki rak’at sunnatini har kuni
o‘qimoqni va vitr namozini yotish oldidan o‘qimoqni vasiyat qildilar» ,— deydilar.
59-bob. Nafl ro‘za tutgan kishining hech qaerda og‘iz ochmasligi qaqida Anas raziyalloku anhu rivoyat qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam Ummu
Sulaymning (Anasning onalarining) uylariga kirdilar. Ummu Sulaym Janob
Rasulullohning oldilariga xurmo birlan yog‘ qo‘ydilar. Janob Rasululloh: «Yog‘laringizni
idishiga qaytarib quyib qo‘yingiz, xurmolaringizni ham olib qo‘yingiz, chunkim men
ro‘zadirman»,- dedilar. So‘ng, Janob Rasululloh uyning bir chekkasiga bordilar-da, nafl
o‘qib, Ummu Sulaym va ul kishining ahli baytlari haqqiga duo qildilar. Shunda, Ummu
Sulaym: «Mening bir maxsus iltimosim bor»,-dedilar. Janob Rasululloh: «Ul ne erkan?» -
deb so‘radilar. Ummu Sulaym: «Iltimosim, sizning xizmatkoringiz Anas xususinda»,-
dedilar. Janob Rasululloh dunyoda va oxiratda neki yaxshilig‘ bo‘lsa, hammasini aytib,
meni (ya’ni, Anasni) duo qildilar. Shuning uchun ham men ansorlar ichida eng badavlat
kishidirmen!»
60-bob. Har oyning oxirida ro‘za tutmoq haqida Imron ibn Husayn raziyallohu anhu rivot qiladirlar: «Nabiy sallallohu alayhi va sallam
mendan (yokim boshqa bir kishidan so‘rganlar-u, Imron eshitganlar): «Ey falonchi,
ushbu oyning oxirida ro‘za tutmadingmi?» - deb so‘radilar. (Mazkur hadisning
roviylaridan Abunnu’mon: «Janob Rasululloh «Ushbu oyning» deganlarida, Ramazonni
nazarda tutganlar, deb o‘ylayman»,- deydirlar). Men: «Yo‘q, tutmadim, yo Rasululloh!»-
dedim.. Janob Rasululloh: «Ramazon tugagach, hayitdan ikki kun o‘tkazib, ro‘za tutib
qo‘yg‘il!»- dedilar».
Imom Buxoriy: «Imron aytgan boshqa bir rivoyatda Nabiy sallallohu alayhi va sallam
«Sha’bon oyining oxiridan ikki kun o‘tkazib» - deganlar»,- deydilar.