Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
118
«o‘shalardan biri shu emasmi?» degan shubha uyg‘ondi. Hozir deraza yonida turgan 
paytida o‘sha shubhani esladi. 
Mayor Solihov Yo‘lchivoyning xonadonida haqiqatni oydinlashtirish maqsadida so‘roq 
so‘rayotganida Jahongir oham o‘ziga kerakli haqiqat yuzini ochish uchun o‘zini o‘zi 
so‘roqqa tutar edi. 
Daydidara voqeasiga aloqador odamlar uchun bu kecha behalovat kechdi. 
Ertasiga Yo‘lchivoy «Otam sizni boshqa birovga o‘xshatibdilar, men kimligingizni 
aytdim», deb izoh berib Murodillani yana shifoxonaga boshlab keldi. Murodilla yigitning 
bu gapiga unchalik ishonmadi. «Jahongir meni yaxshi taniydi, boshqa odamga 
o‘xshatishi mumkin emas. Yo‘lchivoy meni laqillatmoqchimi yo u chindan ham meni 
yo‘qlaganmi?» degan ikkilanish bilan yo‘lga chiqdi. U fitnadan bexabar, ko‘nglida hali 
gumon uyg‘onmagan edi. U dahlizga kiraverishda, ostonaga nima uchun ho‘l latta 
tashlanganu ostonaning u tomoniga qalin qog‘oz to‘shalganiga e’tibor bermadi. Jahongir 
yotgan xonaga kirgach, oyog‘i iz qolgan qalin qog‘oz darrov olinganini ham bilmadi. 
Jahongirning tomirini ushlab, yurakning bejo tepayotganini aytib shifoxona bosh 
tabibining tashxisini isbotladi. «Agar ijozat bersangiz, igna bilan davolayman», deb taklif 
qildi. 
— Biz bugun bemorga ruxsat beramiz. Uylarida davolay qoling. Bu yerda ishlasangiz
bizga gap tegadi, — dedi bosh tabib. 
Bu taklif Murodilla uchun muddaoning o‘zi edi. Dahlizga qaytib chiqishgach, u bosh 
tabibni chetga tortib: 
— Ahvoli unchalik umidbaxsh emas, lekin urinib ko‘raman, — dedi. 
Murodilla ketgach, bosh tabib xonasiga qaytib, Solihovga u aytgan gapni ma’lum qildi. 
— Ehtiyot bo‘linglar, bemor u aytganchalik og‘ir kasal emas. Uning ogohlantirishida 
bir sir borga o‘xshaydi, — dedi. 
— Buni bilamiz, rahmat sizga, — dedi Solihov. — Bemorga ruxsat bering. 
Solihov aytganiday, Jahongirga oqshomda ruxsat tegdi. 
Kecha qor uchqunlarini o‘ynab yurgan shamol tingan, havo ochiq, joyimni 
bo‘shatmayman, deb o‘jarlik qilayotgan kuz bilan «Boshqa ilojing yo‘q, hademay qor 
bo‘ronlarim bilan bostirib boraman», deb po‘pisa qilayotgan qish o‘rtasida osoyishta 
muzokara boshlangan edi. 
Bir necha kun qamoqda zax, sassiq aralash havoda, so‘ng shifoxonada dori isini 
hidlay-hidlay o‘pkasi kirlangan Jahongir ko‘chaga chiqdi-yu, chuqur-chuqur nafas oldi. 
May lazzatini mast bilur, hushyorlarga mundan nima bahra bor, deganlaridek, ozodlikda 
bir martagina bo‘lsin chuqur nafas olish lazzatini Jahongirdan so‘rash kerak. Ayniqsa, 
endi ozodlikdan bebahraman deb, o‘limni bo‘yniga olib qamoqqa kirgan odam uchun 
toza havodan nafas olish onadan qayta tug‘ilganday gap edi. 
Uning shoshiladigan yeri yo‘q edi. Eski shahar dehqon bozori biqinidagi hammomga 
kirib, rohatlandi. Undan choyxonaga o‘tib, choy ichdi. Nazarida Xudo uni «so‘nggi marta 
erkinlik nash’asidan, hammom, choyxona degan mo‘’jizalardan bahra ol, so‘ng joningni 
achinmay topshirasan», degan shart bilan qamoqdan chiqargan edi. 
Jahongir yo‘lda ketayotganida, ayniqsa hammomga kirayotganida izidan odam 
tushganiga ishonch hosil qildi. Hozir ham eshik yonidagi so‘ridan joy olgan ikki yigitning 
ko‘zlari bejo edi. «Nomiga ozod etishgan. Mendan tuzoqqa qo‘yiladigan yolg‘on xo‘rak 
o‘rnida foydalanishmoqchi. Men ularga tutib beramanmi? Yo‘-o‘q, yanglishasiz 
taqsirlarim. O‘zim pishirgan oshni o‘zim ichaman...» — Jahongir shunday fikrga kelib 
choyxonadan chiqdi. 
Uyiga borib, Daminni ko‘rdi-yu, «mayorning gapi chin ekan-da», deb o‘yladi. 
— Senam milisaga yollanganmisan? — dedi oshnasi bilan salomlashgach. 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin