Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
mudarrisga berdi. U atrofdagi xonadonlarga tarqatib chiqdi. O‘zlariga tekkan bir bo‘lak 
go‘sht bahonasida shu kun qora qozon qaynadi. 
Sho‘ro idoralarida ishlayotganlar mudarrislarining iltimosini yerda qoldirishmadi. O‘n 
ikki kun deganda Jahongirning qo‘liga bir parcha qog‘oz tegdi. Undagi xabarga 
qaraganda katta opasining oilasi Rostov tomonlarda, kichik opasi esa Bryansk yoqlarda 
panoh topgan edi. 
Jahongir xabarnomani olgan kuniyoq yo‘lga otlandi. Mudarris — Nizom qorovulning 
xayrlashuv chog‘i unga aytgan gapi qisqa bo‘ldi: 
— Yaxshi-yomon gaplarimga rizo bo‘ling, bo‘tam... 
Odam yolg‘izlikni ixtiyor qilgani bilan olam aro yakka yashay olmaydi. Bugun ko‘ziga 
yomon ko‘ringanlar vaqt o‘tishi bilan avliyo tuyulib, ularga intiladi. Jahongir sovuq 
tutqunlikda yurganida «opalarim boshiga shunday kunlar tushar, men o‘z uyimdan 
quvilarman, deb o‘ylamagan edi. Nazarida uning ikki yo‘li bor edi: biri — qishloqda 
yashab, akasining qaytishini kutish. Bu qozonga tosh tashlab, osh pishishini kutishdek 
bir gap ekanini u anglardi. Akasi tirikmi, omonlik bilan u yoqqa o‘tib ketganmi, esonlik 
bilan qaytadimi, qaytishni istaydimi, yo‘qmi — Yaratgangina biladi. Jahongirga ma’lumi 
shuki, yuragi: kut, keladi, boshqa chorasi yo‘q, ota yerning ohanrabosi tortadi, dedi. 
Ikkinchi yo‘li — akasining izidan tog‘ oshib borish, uni topish va o‘sha yerda otasning 
xunini olish... Jahongir uchinchi yo‘l ham mavjud bo‘lishi mumkinligini o‘ylamagan edi. 
Hozir-ku, uchinchi yo‘lga qarab ketyapti. Hali peshonasida yana qancha yo‘l bor — kim 
biladi? Bu dunyoda umr ko‘rish sayd izidan quvib yurgan sayyod hayoti kabi kechsa-chi? 
Rostovning cho‘lida katta opasining izini topmadi. Biroz qo‘pol, ko‘zlari qirg‘iydek 
boquvchi kazaklar uning iltimoslariga qo‘l siltab qo‘ya qolishardi. Sakkiz kun qishloqma-
qishloq kezib madori quridi. Bu tomonlarda ochlik arvohining soyasi uncha sezilmas edi
biroq begonaning bir burda non olishi ham amri-mahol edi. Jahongirning so‘nggi ilinji — 
bir necha xonadonlik xutor — qamish tomli pastak uylarning etagidagi yerto‘lada 
yashovchilarda edi. Kazaklarning aytishicha, u yerda o‘zbeklar yashardi. Jahongir boshqa 
qishloqlarda uch o‘zbek oilasini ko‘rdi, lekin ular qirqbelliklarni uchratishmagan, 
eshitishmagan edi. So‘nggi oila qozoqlar bo‘lib chiqdi. Uy egasi, keng yelkali baquvvat 
qozoq Jahongirning sarguzashtlarini indamay eshitdi.
— Shu yerga yuborishgani aniqmi? — dedi u Jahongir hikoyasini tugatgach. 
— Ishonchli odamlar ma’lumot bergan. 
— Unda bovurlaringdan umidingni uz. Ular yo‘lda nobud bo‘lib ketishgan. Moliga 
qo‘shib jonini ham olishgan. 
Jahongir qozoqning shu xulosasi bilan yana qishloqma-qishloq yurib Rostovga qaytdi-
da, poezdga o‘tirib Bryansk tomon yo‘l oldi. 
Kichik opasidan xabar topishda uncha qiynalmadi. Cho‘l azoblari bu yerda yo‘q edi. 
Uch kun deganda opasining daragi chiqdi. O‘rmon etagida joylashgan yog‘och uylarning 
birida yigirma besh-o‘ttiz yoshlardagi o‘zbek juvonni ko‘rib xuddi opasini uchratganday 
quvondi. Biroq, bu xursandchiligi bulut chokini so‘kib bir yuz ko‘rsatgan quyosh kabi 
omonat edi.
— O‘tgan bahorda kulfat tushdi boshlariga... kichik o‘g‘illari o‘rmonga o‘ynab ketgan 
ekan. Opangiz, qizlari, pochchangiz izlab kirib qaytib chiqishmadi. Bu yerliklar botqoq 
yutgan, deyishyapti... Katta o‘g‘illari raisnikiga ketgan ekan... o‘sha voqeadan bo‘sh-o‘n 
kun o‘tib, mening oldimga keldilar. «Otvorishsa ham uyimga ketaman», deb jo‘nadilar... 
— juvon bu kulfatlarga o‘zi aybdorday zo‘r-bazo‘r gapirib, ko‘ziga yosh oldi. 
Jahongir yig‘lab yubormaslik uchun ko‘zini undan olib qochdi. Bostirib kelayotgan qora 
bulutday turgan o‘rmon «yaqinlashgan inson zotini yamlamay yutaman», 
deyayotganday edi.


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin