Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holatda tiriltirurmiz”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə11/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   247
baxtsiz hayot bo‘lur va Biz uni qiyomat kunida ko‘r holatda tiriltirurmiz” (Toho,

124).


Bir guruh tafsir olimlari tang-tor hayot qabr azobi deb tafsir qilishgan. Alloh taolo aytadi:

Alloh taolo mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham utsivor so‘z (imon kalimasi) bilan solbitqadam qilur” (Ibrohim, 27).


38. Faqih aytadi: Ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v.) aytdilar: “Agar mo‘min qabrga kirsa, uning oldiga ikki farishta keladi va uni qabrida o‘tqazib qo‘yishib, savolga tutishadi. O‘lgan kishi odamlar orqalariga qaytganlaridan keyin, oxirgi oyoq tovushlarini eshitgay. So‘rashadi: “Rabbing kim?” “Dining nima?” “Payg‘ambaring kim?” U aytadi: “Rabbim Alloh”, “Dinim Islom”, “Payg‘ambarim Muhammad (s.a.v.)”. So‘ngra aytishadi unga: “Alloh seni quvvatlantirdi, uxlagin xursand bo‘lib”. Bu Allohning so‘zidir. “Alloh mo‘minlarni hayoti dunyoda ham, oxiratda ham ustivor so‘z (imon kalimasi) bilan sobitqadam qilur”, ya’ni uni haq so‘z – “La ilaha illalloh” bilan quvatllantiradi, va “zolimlarni adashtiradi” (Ibrohim, 27), ya’ni kofirlarni haq so‘zni aytishga muvaffaq qilmaydi. Agar kofir va munofiq qabrga kirsa, ikki farishta so‘raydi: “Rabbing kim?” “Dining nima?” “Payg‘ambaring kim?” Aytadi: “Bilmayman”. Ikki farishta: “Bilmaysan”, deb katta gurzi blilan urishadi, uning dodlagan ovozini g‘arb va sharq orasidagi hamma narsa eshitadi, faqat insonlar va jinlar eshitmaydi”.
39. Abu Hasan ibn Umardan, Alloh ikkovlaridan ham rozi bo‘lsin, rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Nima qilgaysan, ey Umar, agar sening oldinga ikki farishta – Munkar-Nakir kelishsa, ikkovi qop-qora, ko‘zlari ko‘k bo‘lsa, tishlari bilan yerni o‘yib kelsa. Ikkovlarining ovozlari qattiq momaqaldiroqday bo‘lsa, ko‘zlari chaqmoqday bo‘lsa?” Umar roziyallohu anhu aytdilar. “Ey Allohning Rasulli, mening ahlim bo‘ladimi, xuddi men bu kunda bo‘lganimdek?” Rasululloh: “Ha”, dedilar. Umar roziyallohu anhu aytdi: “Unday bo‘lsa, ikkoviga ham kifoya qilurman, Allohning izni bilan”. Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Umar muvaffaq qilinadi”.
40. Abu Hurayra, Alloh undan rozi bo‘lsin. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qiladi: “Inson vafot etgandan keyin uning ovozini barcha hayvonlar eshitadi, faqat insonlar eshitmaydi. Agar eshitsa, albatta, xuddi yashin urgandek bo‘lib hushidan ketadi. Uni qabriga olib borishadi. Agar u solih bo‘lsa, meni tezroq olib boringlar, mening oldimdagi yaxshilikni bilganlaringda edi, meni tez yetkazar edilaring, deb aytadi. Va agar yomon bo‘lsa, men uchun shoshilmanglar, agar mening oldimdagi yomon ishlarni bilsalaring edi, hech qachon shoshilmas edinglar”, deb aytadi.
Qabriga qo‘yilgach, qora, ko‘k ko‘zli ikki farishta keladi. Uning oldiga boshi tomonidan kelishadi. Namozi aytadi: “Men tomondan kelmagin, bu kishi ko‘pincha kechasi mana bu joydan qo‘rqib, saharlari turib chiqar edi”. Keyin ikki oyog‘i tomondan kelishadi, ota- onasiga qilgan yaxshiligi kelib aytadi: “Biz tomondan kelmagin, bu oyoqlari bilan xizmat qilib yurar edi, mana shu joydan qo‘qqan holda”. So‘ngra o‘ng tomonidan kelishadi, bergan sadaqalari aytadiki: “Men tomondan kelmagin, mana shu joydan qo‘rqqan holda sadaqalar berar edi”. So‘ngra chap tomonidan kelishadi. Ro‘zasi aytadiki: “Men tomondan kelmanglar. Albatta, u chanqoq, och yurar edi, mana shu joydan qo‘rqqan- saqlangan holda”.
So‘ngra uni uxlagan odamni uyg‘otgandek uyg‘otib aytishar ekan: “Aytgan gapini so‘zlagan kishi uchun nima deysan?” Aytadi: “U Allohning elchisi Muhammaddir (s.a.v.). So‘ngra aytadi: “Shohidlik beraman, albatta, u Allohning rasulidir”. Keyin ikki farishta aytarkan: “Mo‘min bo‘lib yashading, mo‘min bo‘lib o‘lding”. Va uning qabri kengayadi va

Allohning hamma saxiyliklari Alloh xohlaganicha yog‘iladi”.


Allohdan tavfiq va gunohdan saqlanishlikni so‘ray-miz, kibr-havodan, adashishliklardan va g‘aflatda qolishlikdan, qabr azobidan panoh tilaymiz.
41. Albatta, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) ham qabr azobidan panoh tilar edilar.
42. Oyisha onamiz aytadi: “Men qabr azobi to‘g‘risida oldin bilmas edim. Bir kuni bir yahudiy xotin mening oldimga kelib, bir narsa so‘radi. So‘ragan narsasini berdim, keyin aytdi: Allohdan sen uchun qabr azobidan panoh tilayman. Men o‘yladimki, uning so‘zlari yahudiylarning yo‘q ishlaridan bo‘lsa kerak, deb Payg‘ambar (s.a.v.) keldilar. Men u kishiga o‘shani eslatdim. Menga xabar berdilarki: “Albatta, qabr azobi bordir”.
Har bir musulmon Alloh taolodan qabr azobidan panoh tilamoqligi vojibdir va qabrga kirmasdan turib yaxshi amallar bilan tayyorlanmoqligi ham vojibdir. Chunki bu ishlar shu dunyoda bo‘lib turgan bo‘lsa, unga yengil bo‘ladi. Agar qabrga kirsa, bir yaxshilik qilish uchun ruxsat berilsa, deb orzu qiladi. Unga ruxsat berilmaydi. So‘ngra hasrat va pushaymonda qoladi. Oqil kishi o‘liklar borasida o‘y-fikr qilmog‘i lozimdir. Chunki o‘liklar ikki rak’at namoz o‘qishlariga ruxsat berishlarini yoki bir marta: Allohdan boshqa iloh yo‘q. Muhammad (s.a.v.) Uning elchisidir”, deb aytmoqlikni yoki bir marta Allohga

tasbeh aytishlikni orzu qilishadi, lekin ularga ruxsat berilmaydi. Ular tiriklarga hayron holda ajablanadilarki, ular kunlarini g‘aflat va bekorchilikda zoe o‘tkazayotirlar-ku, deb. Ey do‘stim, kunlaringni bekor o‘tkazmagin. Chunki bu kunlar sening dastmoyangdir. Sen molingni sarflashga qodirlikda davom etsang, foydaga erishasan. Chunki oxirat matohi bu kuningda kasoddir. Bas, harakat qilgin, kasod vaqtda oxiratnning kasod matohini jamlashga uringan. Chunki bir kun keladiki, bu matohlar aziz narsaga aylanadi. Sen aziz kuning uchun kasod kunda bu matohni ko‘paytirgin. Albatta, sen u kunda bu narsani talab qilishga qodir bo‘lmaysan. Alloh taolodan hojatmand va faqirona kun uchun tayyorlanishga bizni muvaffaq qilishllikni so‘raylik. Bizlarni pushaymon bo‘lguvchilardan qilmaginki, ular dunyo hayotiga qaytishlikni talab qiladilar, bas, javob berilmaydi ularga. Sakarot-ul mavtni – o‘lim onini bizga va barcha musulmonlarga oson qilgin va bizni va barcha musulmonlarni qabr azobidan o‘zing asragin, omin.



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin