Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


farishtalar tushib (derlar): “Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə8/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   247
farishtalar tushib (derlar): “Qo‘rqmanglar va g‘amgin bo‘lmanglar. Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan shodlaninglar” (Fussilat, 30).
Ya’ni, Allohga va rasuliga imon keltirib, shu imonlarida sobit turgan, ya’ni Allohning farzlarini ado etgan va Uning harom qilganlaridan qaytgan kishilarning oldilariga maloikalar tushadi, o‘layotgan vaqtlarida ularga jannatning bashorati – xushxabarini beradi. “Qo‘rqmanglar va g‘amgin ham bo‘lmanglar”, ya’ni maloikalar ularga dunyo ishlarida sizlar boshlaringizdan o‘tkazib turgan narsadan qo‘rqmanglar, deydilar. “Sizlarga va’da qilingan jannat xushxabari bilan xursand bo‘linglar!”. Ya’ni, bu jannat sizlarga Alloh taoloning payg‘ambari Muhammad (s.a.v.) tili bilan va’da qilingan jannatdir.
Yana aytiladiki, o‘lim vaqtidagi bashorat besh ko‘rinishda bo‘ladi:
1) mo‘minlar ommasi uchun beriladigan bashorat. Ularga: “qo‘rqmanglar, sizlar azobda abadiy qolmaysizlar. Sizlarni payg‘ambarlar va solihlar shafoat qiladilar. Savob amallar yo‘qligiga g‘amgin bo‘lmanglar, jannatga qaytarilishingiz bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi.
2) solih amal qilganlar uchun. Ularga: “Amallaringiz rad qilinishidan qo‘rqmanglar, amallaringiz qabul qilingandir. Savobingiz kamligidan g‘amgin bo‘lmanglar, sizlarning savoblaringiz ko‘paytirilgandir va tavba qilganingizdan so‘ng qilgan amallar uchun ham g‘amgin bo‘lmanglar”, deyiladi.
3) tavba qiluvchilar uchun. Ularga: “Gunohlaringizdan qo‘rqmanglar. Ular kechirilgandir. Tavbadan keyin savobli amallar bo‘lmaganiga g‘amgin bo‘lmanglar. Tavbadan oldin ko‘p gunohlar qilib, yaxshi amallar qilmadik, deb xafa bo‘lmanglar. Men tavbalaringizni qabul qildim, yomonliklaringizni yaxshilikka aylantirgayman”, deyiladi;
4) zohidlar uchun. Ularga: “Qiyomat kuni qayta tirilib bir joyga jamlanishdan, hisob- kitobdan qo‘rqmanglar, zaiflik nuqsonlari bo‘lgan narsaga g‘am chekmanglar, hisob- kitobsiz, azobsiz jannat bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi;
5) odamlarga yaxshilikni o‘rgatgan va ilmiga amal qilgan ulamolar uchun. Ularga: “Qiyomat kunida bo‘ladigan dahshatlardan qo‘rqmanglar, g‘amgin ham bo‘lmanglar, chunki Alloh sizlarni qilgan amallaringiz evaziga mukofotlaydi. Sizlar va sizlarga ergashganlar jannatda bo‘lishligi bilan xursand bo‘linglar”, deyiladi.
Endi kimningki umri oxiri bashorat bilan bo‘lsa, unga naqadar yaxshidir. O‘z amallarida mo‘min bo‘lgan kishilar uchun, albatta bashorat bo‘ladi va maloikalar uning oldiga

tushadilar. Shunda insonlar maloikalarga: “Sizlar kimsizlar?” Biz sizlardan ham ko‘ra hidlari bunchalar xushbo‘y, yuzlari bunchalar go‘zal kimsalarni ko‘rmaganmiz”, deyishadi. Maloikalar ularga: “Biz sizlarni shu hayoti dunyoda amallaringizni yozgan va oxiratda sizlar bilan birga bo‘ladigan do‘stlaringizmiz”, deydilar.

Xullas, har bir aql egasi g‘aflat uyqusidan uyg‘onmoqligi lozim. G‘aflat to‘shagidan uyg‘onish alomatlari to‘rt narsadir:

1. Dunyoning ishlarini qanoat bilan, shoshqaloqlik qilmasdan bajarish.

2. Oxirat ishlariga hirs qo‘yish va uni shoshilib bajarish.

3. Din ishlarini ilm va ijtihod bilan qilish.

4. Xulq-atvor ishlarini nasihat bilan qilish.
Kimdaki quyidagi besh xislat topilsa, insonlarning eng afzali deyiladi:

1. Rabbisi qabul qiladigan ibodatda bo‘lishligi.

2. Birovlar uchun uning g‘amxo‘rligi, foydasi yaqqol ko‘rinib turmoqligi.

3. Insonlar u qilsa, qo‘lidan keladigan yomonlilaridan omonda bo‘lishliklari.

4. Odamlar qo‘lida bo‘lgan narsalardan, xoh mol-dunyo, xoh mansab bo‘lsin, umidni uzishligi.

5. O‘lim uchun har vaqt hozir turmoqlligi.


Ey birodarlar! Albatta, hammamiz o‘lishga mahkum, o‘lim uchun yaratilganmiz. Undan hech kim qochib qutula olmas. Alloh taolo bunday deydi:
Hech shak-shubhasiz, sen o‘luvchidirsan, ular ham o‘luvchidirlar” (Zumar, 30); Ayting:
Agar sizlar o‘lishdan yo o‘ldirilishdan qochsangizlar, bu qochish sizlarga biror foyda bermas” (Ahzob, 16).
Har bir musulmon kishiga o‘lim boshiga tushmasidan oldin o‘limga hozirlik ko‘rmoqlik vojibdir. Alloh taolo bunday deydi:
Rostgo‘y bo‘lsangizlar, o‘limni orzu qilinglar. Qilgan kirdikorlari sababli hargiz uni (o‘limni) orzu qilolmaydilar” (Baqara, 94-95).
Alloh taolo bizlarga, albatta Allohga va oxiratga hamda uning jannatiga ishonadiganlar, ya’ni sodiqlar o‘limni orzu qilishlarini bayon etadi. Va endi, albatta, Allohga ishonmay, oxiratni va Uning jannatini yolg‘on deguvchilar o‘z amallarinning yomonligi sababli o‘limdan qochadilar. Chunki mo‘min kishi o‘lim uchun har vaqt hozirlik ko‘radi va u Rabbisiga bo‘lgan ishtiyoqi bilan o‘limni orzu qiladi. Shu haqda Abu Dardodan rivoyat qilinadi. U aytadiki: “Men faqirlikni Rabbimga kamtarlik qilish uchun yaxshi ko‘raman va kasallikni gunohlarga kafforat bo‘lishligi uchun yaxshi ko‘raman. O‘limni Rabbimga mushtoq bo‘lganligim uchun yaxshi ko‘raman”.
Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilindi: “Xoh bir xudojo‘y, haqgo‘y nafs bo‘lsin, xoh gunohkor, fojir nafs bo‘lsin, o‘lim unga yaxshidir. Agar o‘sha nafs yaxshilardan bo‘lsa, Alloh taolo aytadiki:

Yaxshilar uchun Alloh huzuridagi narsa (ya’ni savob-ajr kofirlarning muvaqqat kayf-safolaridan) afzalroqdir” (Oli Imron, 198).


Agar u fojir bo‘lsa, Alloh taolo bunday deb aytadi:
Kufr yo‘lini tutgan kimsalar ularga bergan muhlatimizni zinhor o‘zlari uchun yaxshilik deb hisoblamasinlar! Balki biz ularga faqat gunohlarini ziyoda qilishlari uchungina muhlat beramiz. Ular uchun xor qilguvchi azob blordir” (Oli Imron, 178).
29. Anas ibn Molikdan rivoyat qilindi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “O‘lim mo‘minning rohatidir”, deganlar.
30. Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) Ibn Mas’ud rivoyat qiladi: “Payg‘ambarimizdan mo‘minlarnning qaysinisi afzalroq” deb so‘ralganida, “Ularning hulqlari go‘zalroqlari”, dedilar va yana: “Mo‘minlarning eng aqllisi kimlar”, deb so‘ralganda, “O‘limni ko‘p eslaydiganlari va unga yaxshi tayyorgarlik ko‘radiganlari”, deb javob berdilar.
. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Aql egasi ul kishiki, o‘z nafsini hisob-kitob qiladi va o‘limidan keyingi narsa uchun amal qiladi. Ojiz va nodon ulki, o‘z nafsi-havosiga ergashib, Alloh taolodan mag‘firatni orzu qiladi”.


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin