Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


Muallif muqaddimasidagi hadislar



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə4/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247
Muallif muqaddimasidagi hadislar
1. Abdulloh ibn Mas’ud. Muttafaqun alayhi*.

2. Abu Hurayra. «Bir soat fikrlash...» Mavzu’* Abu Shayxning «Al-uzoma» kitobida (44) va Javziyning «Al-mavzu’otlar» kitobida (144/3).




I BOB. IXLOS
2. Faqih (Abu Lays Samarqandiy (Alloh u kishini rahmat qilsin) aytadi: Muhammad ibn Labid rivoyat qilgan hadisda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam deydilar: “Sizlarning orangizga kirishidan eng xavfsiragan narsam kichik shirkdir”. “Kichik shirk nima, yo Rasulalloh?” deb so‘rashdi. Aytdilar: “Riyodir. Alloh taolo bandalarini amallariga ko‘ra jazolaydigan kunda ularga: “Dunyoda ular ko‘rsin uchun amal qilganlaring kishilarga boringlar, qaranglar-chi, ularning oldida biror yaxshilik topasizlarmi?” deydi”.
Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadiki: Shubhasiz, ularga shu gap aytiladi. Chunki ularning amallari dunyoda aldashlik bo‘ldi, ularga oxiratda o‘zlarining aldovi asosida muomala qilinadi. Alloh taolo aytganidek:
Albatta munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar, holbuki, Alloh ularni aldab qo‘yguvchidir” (Niso, 142). Ya’ni aldanganliklari barobarida ularni jazolaydi, amallarining savobini botil qiladi va ularga Alloh aytadi: “Kim uchun amal qilgan bo‘lsangizlar, o‘shalarga boringlar va albatta, sizlarning amallaringiz uchun Mening huzurimda savob yo‘qdir”.

Chunki bu amallar xolis Alloh uchun bo‘lmadi. Qachonki banda xolis Alloh taolo uchun amal qilsa, shundagina savob vojib bo‘ladi. Agar o‘sha amalda Alloh taologa boshqani sherik qilsa, Alloh bunday amaldan bezordir.


3. Abu Hurayra roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qiladi:

Alloh taolo aytadi: “Men sheriklardan behojatman va Menga boshqani sherik qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal etgan kimsadan ham bezorman”.


Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman, deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi: “Kim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz”. Ya’ni, kimki dunyo ishini xohlasa, oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. “Kim uchun”, ya’ni kimni xohlasak, halok qilurmiz va “kimniki xohlasak”, dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa, xohish-irodamiz bilan berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. “So‘ng unga jahannamni joy qilib berurmiz”. Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, “unga kiradigan”, ya’ni do‘zaxga kiradigan. “Mazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda”, ya’ni Alloh

taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. “Kimiki oxiratni istasa”, ya’ni kim oxirat savobini istasa, “oxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa”, ya’ni Alloh taologa ixlos bilan amallarini oxirat uchun qilsa, “mo‘min bo‘lgan holda”, ya’ni amal bilan birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: “unday zotlar”, ya’ni dunyoda riyo uchun amal qilmay, oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... “Unday



zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir”, ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi.
Bu dunyoda odamlarning barchalariga – mana bularga ham, anavilarga ham Parvardigoringizning ne’matidan ato eturmiz”, ya’ni ikki jamoaga – mo‘minlarga ham, kofirlarga ham Parvardigoringiz rizqidan beriladi. “Parvardigo-ringizning ne’mati man qilinmas” (Al-Isro, 18-20), ya’ni Parvardigoringizning rizqi bu dunyoda hech kimdan – mo‘min, kofir, yaxshi va yomondan man’ qilinmaydi.
Bu oyati karimada Alloh taolo, albatta kimiki Allohdan boshqa uchun amal qilsa, oxiratda unga savob yo‘qligini va borar joyi jahannam ekanligini bayon qildi. Kimiki Alloh taolo uchun amal qilsa, uning amali maqbuldir. Agar Alloh taolodan boshqasi uchun amal

qilsa, unga amalidan foyda yo‘q, faqatgina, xabarda kelganidek, mashaqqat va qiynalish bor, xolos.


4. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Ro‘zador borki, uning ro‘zasida faqat ochlik va chanqoqlikdan boshqa hech qanday nasiba yo‘qdir. Sahar turuvchi borki, uning turishida faqat erta uyg‘onish va qiynalishdan boshqa hech nasiba yo‘qdir”. Ya’ni, agar ro‘za va namoz Alloh taolo uchun bo‘lmasa,

unga savob yo‘q.


Hukamolarning ayrimlaridan rivoyat qilinadi “Riyo va dovruq uchun toat-ibodat qilgan

kishining misoli cho‘ntagini toshga to‘ldirib bozorga chiqqanga o‘xshaydi. Odamlar aytishadi: “Bu kishining cho‘ntagi qanchalar to‘la”. Holbuki, unga insonlarning shu so‘zidan boshqa foyda yo‘qdir va agar biror narsa sotib olmoqchi bo‘lsa, unga hech narsa berishmaydi. Riyo va dovruq uchun qilingan amal ham shunday. Oxiratda unga savob bo‘lmaydi. Alloh taolo aytganidek:


(Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon (kabi) qilib qo‘ygandirmiz” (Furqon, 23), ya’ni Alloh taolodan boshqasi uchun qilingan amallarning savobini yo‘q etib, ularni xuddi sochilgan to‘zondek qilgaymiz. (U to‘zon quyosh nurida ko‘rinadigan chang-g‘uborga o‘xshashdir).
5. Sufyon Savriydan, uning Mujohiddan eshitganlarini Vaki’ rivoyat qiladi. Aytishlaricha, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldilariga bir kishi keldi va: “Yo Rasulalloh men sadaqa qilmoqchiman va shu sadaqa bilan Allohnning roziligini topmoqchiman, meni yaxshi deyishlarini xohlayman”, dedi. So‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi:
Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, (ya’ni kim Alloh taoloning qudratidan qo‘rqib tursa va Allohning savobini xohlagan bo‘lsa), u holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani Unga sherik qilmasin (ya’ni, qiladigan amallarini yolg‘iz Alloh uchun qilsin)” (Kahf, 110).
Hakimlardan biri aytadi: “Kim yetti amalni yetti narsasiz qilsa, qilgan amali unga foyda bermaydi. Birinchisi, qo‘rquv bilan, ammo saqlanmasdan amal qilsa, ya’ni, albatta men Allohning azobidan qo‘rqaman, desa-yu, gunohlardan ehtiyot bo‘lmasa. Bas, bunday so‘z unga hech qanday foyda bermaydi. Ikkinchisi, talabsiz umid bilan amal qilsa, ya’ni men Alloh taoloning savobidan umid qilaman, deydi, ammo solih amallar bilan savobni talab etmaydi, uning so‘zidan biror foyda yo‘qdir. Uchinchisi, qasdsiz niyat, ya’ni yaxshilik va toat-ibodatlar kabi amallar qilishlikni qalbida niyat etadi. Shuni qilishlikni o‘zi qasd qilmaydi, uning niyatidan biror foyda yo‘qdir. To‘rtinchisi, harakatsiz duo qilish, ya’ni yaxshi ishlarga muvaffaq etishni so‘rab Alloh taologa duo etadi, ammo harakat

qilmaydi, uning duosidan hech bir foyda yo‘q. Holbuki, Alloh taolo yordam qilishi uchun harakat lozimdir. Alloh aytadiki:


Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘limizga hidoyat qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qiluvchi zotlar bilan birgadir”. (Ankabut,

69.)


Ya’ni, ibodat va dinda harakat qilgan kishilarni shunga erishtiraman, deyilmoqda.
Beshinchisi, pushaymonsiz istig‘for aytish, ya’ni Allohdan kechirishini so‘raydi-yu, ammo qilgan gunohlariga pushaymon bo‘lmaydi. Pushaymonsiz kechirim so‘rash foyda bermaydi. Oltinchisi, oshkora amal qilib, maxfiy amal qilmaslik, ya’ni oshkora qilganida ishlarini yaxshi bajaradi va yashirin, maxfiy holda yaxshi bajarmaydi, bu holda oshkoraligi unga hech bir foyda bermaydi. Yettinchisi, ixlossiz ko‘p amal qilish, ya’ni

toat-ibodatda harakatni ko‘p qiladi, tirishadi, lekin Alloh taologa ixlos bilan amal qilmaydi. Ixlossiz uning amallari foyda bermaydi. Bunday amalda o‘zini-o‘zi aldagan bo‘ladi.

6. Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishicha, u zot aytadilar: “Oxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar chiqadi (kitobning boshqa bir nusxasida: “dunyoni tortadilar, jalb etadilar”), ya’ni din (nomi) bilan dunyoni yeydilar, (yana boshqa bir nusxada: “dunyoni oladilar”), ya’ni dunyoni egallab oladilar, so‘ng yumshoqligi qo‘y terisidek liboslar kiyadilar. Ularning tillari shakardan shirinroq, qalblari esa bo‘rilarning qalbidek”.
Alloh taolo aytadiki: “Meni aldaysizlarmi yoki menga qarshi jur’at qilasizlarmi? (Jur’at qilish hech fikrlamasdan o‘zini qo‘rqmas, shijoatli ko‘rsatishdir) o‘zimga qasamki, albatta ularning ustiga bir fitnani yuborgayman, unda oqil-hakimlar lolu hayron qolgaydir”.
7. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Payg‘ambarimizning yonlariga bir kishi kelib: “Yo Rasulalloh, men bir amalni qildim, uni sir saqladim, so‘ng undan xabardor bo‘lib qolishdi, mana shu narsa meni quvontirsa, bu amalda menga savob bormi?” dedi.

Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Bu ishda sen uchun sirligi va oshkoraligida – har ikkisida ham savob bor”.


8. Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Hadisning ma’nosi shuki, albatta, bir kishi o‘zining ishini oshkor etsa va bu amalga biror kishi iqtido qilsa, ergashsa, bas, u kishi uchun ikkita savob bor: bittasi – uning o‘z amali uchun, ikkinchisi - shu amali bilan birovni ergashtirganligi uchun. Rasulalloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Kimiki urfda yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi va ergashib shu yaxshi ishni qilgan kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimiki urfda yomon bir ishni joriy etsa, o‘sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan kishining gunohi unga qiyomatgacha yetib turadi”.
Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o‘zining ishi oshkora bo‘lganligi uchun quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo‘rqmog‘i kerak.
9. Abdulloh ibn Muborak rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, maloikalar Allohning bandalaridan bittasining amalini ko‘taradilar, so‘ng bu amalni ko‘paytiradilar va poklaydilar, to Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib, to‘xtaydilar. Ularga Alloh taolo: “Albatta, sizlar bandamning amalini saqlovchisizlar. Men esa bandamning ichida nima borligini kuzatuvchiman, muhaqqaq, bu bandam amalida Menga ixlos qilmadi, bas, uni sijjiynga (kofir va fosiqlar ruhi turadigan joy) yozing”, deydi. Va yana bir bandaning amalini olib, ko‘tariladilar, u amalni oz va past sanashadi. Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib to‘xtaydilar. So‘ng Alloh taolo ularga: “Albatta, sizlar Mening bandamning amalini saqlovchisizlar va Men bandamdagi narsani kuzatuvchiman. Albatta, u bandam o‘z amalida Men uchun ixlos qildi, bas, uni illiyinga (solih bandalar ruhi turadigan joy) yozinglar”, deb aytadi”.
Bu xabar, albatta, Alloh taolo uchun qilingan oz amal Alloh taolodan boshqaga qilingan ko‘p amaldan yaxshiroq ekanligiga dalildir. Albatta, Alloh taolo o‘zining fazli bilan ixlos ila qilingan oz amalni ziyoda etadi. Alloh taolo aytganidek:
Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va o‘z huzuridan ulug‘ ajr ato etur” (Niso, 40).

Ammo amali ko‘p bo‘lsa-yu, Alloh taolo uchun bo‘lmasa, bas, unday kishiga savob yo‘qdir va uning biror joyi jahannamdir.


10. Shufay Asbahiy aytadi: Madinaga kirdim, qarasam, bir kishining oldida odamlar yig‘ilgan ekan. “Bu kishi kim?” deb so‘radim. “Abu Hurayra”, dedilar. So‘ng unga yaqinlashdim, u odamlarga gapirar edi va bir ozdan keyin gapini to‘xtatdi, so‘ng odamlar tarqalib, yolg‘iz o‘zi qolganda: “Alloh taolo sizni eslasin, menga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan, yodlagan, o‘rgangan va bilgan hadislaringizni ayting”, dedim. Abu Hurayra: “O‘tir, senga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislarimni aytaman”, dedi. Men bilan Abu Hurayradan boshqa hech kim yo‘q edi, keyin xo‘rsinib yig‘lab yubordi va hiqillagan, yuzlari qizargan holda bir oz vaqt turib qoldi,

o‘ziga kelganidan so‘ng yuzlarini artdi. “Rasulullohdan eshitgan hadisni senga albatta aytaman”, dedi, so‘ng yana xo‘rsinib yig‘lab yubordi va ozroq turib qoldi, keyin o‘ziga kelib, ko‘z yoshllarini artdi-da, aytib berdi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga aytdilarki: “Albatta, Alloh taborak va taolo qiyomat kunida O‘zining yaratganllari orasida butun itoatli ummatga hukm qiladi. Birinchi, Qur’onni yod oldim deb da’vo qilgan kishiga, Alloh yo‘lida o‘ldirilgan kishiga va moli ko‘p kishiga hukm qiladi. Alloh taolo (Qur’on yodlagan) qoriga aytadiki: “Rasulimga tushirgan narsani senga o‘rgatmadimmi?” “O‘rgatding, yo Parvardigor”, deydi. “O‘rgatgan narsalarimdan nimalarga amal qilding?” deydi Alloh. “Kecha va kunduzlarda Qur’on o‘qishda qoim bo‘ldim” deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi. Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki sen, falonchi qori, deyishlarini xohlagan eding va albatta shundoq deyishdi ham”, degay va do‘zaxga olib borishlarini amr etgay. Dunyo egasiga:

“Men senga molu dunyo berdim, sen Men uchun nima amallar qilding?” deydi. Shunda u

: “Molimni silai rahmga sarfladim va sadaqalarga ishlatdim”, deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki, falonchi saxiy kishi ekan, deyishlarini xohlagan eding va shundoq dedilar ham”, degay hamda do‘zaxga olib borishlarini buyurgay. So‘ng Alloh taolo yo‘lida o‘ldirilgan kishini keltiradilar. Unga: “Nima uchun o‘ldirilding?” deydi. “Senning yo‘lingda jang qildim, hatto o‘ldirildim”,

deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki seni “Falonchi jasur” deyishlarini xohlagan eding. So‘ng shun-day deyishdi ham”, degay. Va do‘zaxga olib borishlari amr etgay... “Keyin Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tizzamga qo‘llari bilan urib: “Ey Abu Hurayra, bu uch turli kishilar ular bilan qiyomat kuni jahannam qizdiriladigan Allohning ilk maxluqlari”, dedilar. So‘ng bu xabar Muoviyaga yetgach, qattiq yig‘ladi. “Alloh va uning rasuli to‘g‘ri aytadi”, dedilar. So‘ng bu oyati karimani o‘qidi:
Kim (faqat) shu hayoti dunyoni va uning zeb-ziynatlarini istaydigan bo‘lsa, ularga qilgan amallarining (ajr-mukofotini) shu dunyoda komil qilib berurmiz va ular bu dunyoda ziyon krmaydilar. Unday kimsalar uchun oxiratda do‘zax o‘tidan o‘zga hech qanday nasiba yo‘qdir. Ularning bu dunyoda qilgan barcha yaxshiliklari behuda ketur va qilib o‘tgan amallari befoydadir” (Xud, 15-16).
Abdulloh ibn Xubayiq Antokiy aytadi: “Bandasi o‘zining amali savobini so‘ragan vaqtda Alloh taolo bandasiga: “Sening qilgan amallaring savobini yorug‘ dunyoning o‘zida berib tugatmadikmi? Yig‘ilishlarning to‘ridan joy bermadikmi? Dunyo tasarrufiga seni boshliq qilib qo‘ymadikmi? Savdo-sotiq ishlariga rivoj bermadikmi? Shu va shunga o‘xshashlari bo‘lmadimi?” deydi.

Hukamolarning ba’zilaridan: “Muxlis, ya’ni ixlosli kishi kim?” deb so‘raldi. Aytishdi: “Yomonliklarini bekitgandek yaxshiliklarini ham bekitgan kishilar muxlislar”.


Yana ba’zilaridan: “Ixlosning ma’nosi nima?” deb so‘ralganda: “Albatta, odamlar seni maqtashlarini sevmasligingdir”, deb javob berishdi.
Zunnun Misriyga aytildi: “Alloh taolo bir kishini tanlaganligi qachon bilinadi?”. Aytdi: “To‘rt narsada bilinadi: qachonki rohatni tark qilsa, oz bo‘lsa ham, bor narsadan bersa, qadr-qimmati tushib ketishini xohlasa va maqtov ham, yomonlash ham uning nazdida bir xil bo‘lsa”.
11. Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan Adiy ibn Hotam Toiy bunday rivoyat qiladi: “Qiyomat kuni bir toifa odamlarga jannatga borishlik buyuriladi. Ular jannatga yaqinlashib, hidini hidlab, jannatdagi qasrlarni va Alloh taolo jannat ahliga tayyorlab qo‘ygan narsalarni ko‘rganlaridan so‘ng: “Ularni olib ketinglar, jannatda nasiba yo‘qdir!” deb nido qilinadi. Ular shunday hasrat-nadomat bilan qaytadilarki, ulardan oldin ham, keyin ham hech kim bunchalik hasrat-nadomat qilmagandir. Ular aytadilar: “Yo Alloh, do‘stlaringga tayyorlab qo‘ygan ne’matlaringni ko‘rsatmay turib, bizlarni do‘zaxga kirgizganingda bunchalik hasrat-nadomat qilmasdik”. Shunda Alloh taolo: “Men shunday qilmoqliknni xohladim, chunki sizlar katta-katta gunohlar bilan insonlardan yashirincha Menga qarshi chiqdingiz, insonlar ko‘zida esa pokiza, viqorli ko‘rinar edingiz, qalblaringizda yo‘q narsani riyo qilar edingiz. Odamlardan qo‘rqar edingiz mendan qo‘rqmas edingiz insonlarnni ulug‘lar edingiz. Meni ulug‘lamasdingiz. Insonlar uchun

ba’zi narsalardan qaytar edingiz. Men uchun qaytmasdingiz. Endi bugun savobimdan ayirganim barobarida qattiq azobga mahkum etgayman”, deydi.


12. Ibn Abbos Payg‘ambar sallallolhu alayhi vasallamdan rivoyat qiladi: “Alloh taolo Adn jannatini yaratgan vaqtda ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan va insoniyatning ko‘ngliga kelmagan narsalarni yaratdi. So‘ng Alloh taolo unga, gapir dedi. “Albatta, mo‘minlar najot topdi”, dedi uch bor. So‘ng “Men baxilga, munofiqqa, riyokorga haromman”, dedi jannat”.
Ali ibn Abu Tolibdan rivoyat qilinadi: «Riyokornning alomatlari to‘rttadir: o‘zi qolgan vaqtda yalqovlik, insonlar bilan birga bo‘lsa tirishqoqlik qiladi. Uni maqtashsa, amalni ko‘paytiradi; yomonlashgan vaqtda noqis qiladi».
Zohid Shaqiq ibn Ibrohimdan rivoyat qilinadi: “Amalning qo‘rg‘oni uch narsadir:

1. Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilmoq – u bilan manmanlik sinishi uchun.

2. Amalni Allohning roziligi bilan boshlamoq u bilan havoyi nafsi sinishi uchun.

3. Amalning savobini Alloh taolodan umid qilish – unda tama’, riyo bo‘lmasligi uchun. Bu narsalar bilan amallar xolis bo‘ladi”.


Amaldagi tavfiqni Alloh taolodan deb bilish, degan so‘zda, albatta Alloh bu amalni unga muvaffaq qilgani bilinadi. Agar Alloh muvaffaq qilganini bilsa, u shukr qilganda, unda manmanlik, kibr bo‘lmaydi. Amalni Allohning roziligi bilan boshlash o‘sha amalga qarash, agar amal Alloh uchun bo‘lsa, shu amalni qilish tushuniladi. Agar unda Allohning roziligi yo‘qligini bilsa, havoi nafsi bilan amal qilmaydi. Chunki Alloh taolo aytadiki:
Albatta nafs, agar Parvardigorimning o‘zi rahm qilmasa, barcha yomonliklarga


Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin