Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay!”



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə20/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   247
sizlarga tinchlik-osoyishtalik bo‘lgay!” (Ra’d, 24). Ikkinchi uzukda:
Jannatga tinchlik bilan sog‘-omon kiringlar!” (Hijr, 46). Uchinchisiga:

Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan jannat mana shudir!” (Zuxruf, 72). To‘rtinchisida: “Sizlardan g‘am va xafalik ko‘tarildi!” Beshinchisida: “Siz-larga chiroyli taqinchoq va kiyimlar kiygizdik”. Oltinchisida: “Sizlarni hurlarga uylantirdik!” Yettinchisida: “U joyda ko‘ngillar tilaydigan va ko‘zlar lazzatlanadigan (barcha) narsa bordir. Sizlar u joyda mangu qolursiz” (Zuxruf, 71). Sakkizinchisida: “Payg‘ambar va siddiqlar bilan yo‘ldosh bo‘lgaysizlar”. To‘qqizinchisida: “Yigitlikka qaytgaysizlar, qarimaysizlar”. O‘ninchisida: “Qo‘shnilikda turasizlar, lekin qo‘shnilardan aziyat bo‘lmaydi”.


Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Kim bu ne’matlarga yetishishni xohlasa, quyidagi besh narsada bardavom bo‘lishi kerak.
Birinchisi: o‘z nafsini gunohlardan qaytarishi kerak, Alloh taolo aytdi: “Endi kim hayoti dunyodalik paytida qiyomat mahshargohda Parvardigorning (huzurida) turishdan (va U zotga hisob-kitob) berishdan qo‘rqqan va nafsni havoyi xohishlardan qaytargan bo‘lsa, u holda, faqatgina jannat (uning uchun) joy bo‘lur (Van-naziot, 40-41).
Ikkinchisi: Dunyoda berilgan ozgina ne’mat bo‘lsa ham, unga rozi bo‘lmog‘i, xabarda rivoyat qilindiki, jannatning qiyomati dunyoni tashlashdir.
Uchinchisi: Toat-ibodatlarga qattiq haris bo‘lishi kerakdir. Toatning hammasiga intiladi. O‘sha toatlar mag‘firat va jannatning vojibligi uchun bir sabab bo‘lib qoladi. Alloh taolo

aytadi:


Qilib o‘tgan amallaringiz sababli sizlarga meros qilib berilgan janat mana shudir” (Zuxruf, 72). Boshqa bir oyatda:
Ana o‘shalar jannat egalari bo‘lib, u joyda mangu qolurlar. (Bu) umr qilib o‘tgan amallarining mukofotidir” (Ahqof, 14). Albatta, nimaga erishsalar, toatda ijtihod bilan erishiladi.
To‘rtinchisi: Yaxshilik ahllarini va solihlarni do‘st tutmoqligi, sevmoqligi, ular bilan qo‘shilib ketmoqligi, ular bilan o‘tirmoqligi kerak bo‘ladi. Albatta, ularning bittasi, uning gunohlari kechirilsa, do‘stlariga va og‘aynilariga shafoatda bo‘ladi. Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qilinganidek: “Do‘stlarni ko‘paytiringlar. Albatta, qiyomat kunida har bir birodar uchun shafoat qilish bordir”.
Beshinchisi: Duoni ko‘paytirish, Alloh taolodan jannat bilan rizqlantirishni va uning oxirini yaxshilikka olib borishini so‘rashlikdir. Ba’zi hakimlar aytishadi: Savoblarni bilib turib, dunyoga tayanish ilmsizlikdir, amallardagi savobni bilib turib, o‘sha amallarda harakatni tashlashlik ojizlikdir. Jannatda rohat bor, unga bu dunyoda rohati bo‘lmagan yetishadi. Jannatda boylik bor, unga dunyoning haqir narsalarini tark etgan kishi yetadi va dunyoning ozginasiga qanoat qilgan kishigina topadi. Zikr qilinadiki: “Bir zohid

nonsiz, tuz bilan ko‘kat yeyayotgan edi. Bir kishi aytdi: “Shu narsaga qanoat qilasanmi?” Aytgan ekan: “Men dunyoni jannat uchun qildim, sen dunyoni axlat uchun qilding!” Ya’ni yaxshi narsalar yeysan, axlatga aylanadi. Men toat-ibodatga quvvatim yetganchalik yeyman, shoyadki jannati kishiga aylansam!”


Ibrohim ibn Adhamdan, Alloh rahmat qilsin, zikr qilinadi. U kishi hammomga kirmoqchi bo‘ldi. Hammomga u kishini qo‘yishmadi. “Pulini to‘lasang, keyin kirasan”, deyishdi. Ibrohim Adham yig‘ladi va aytdiki: “Yo Alloh, meni shaytonlarning uyiga pulsiz kirgani qo‘yishmayapti, qanday qilib men nabiylar va siddiqlar uyiga to‘lovsiz kiraman?!”
Zikrda keladi: “Ba’zi nabiylarga Alloh bu so‘zlarni tushirgan: “Ey Odam farzandi! Do‘zaxni qimmat pulga sotib olasan-u, jannatni arzon pulga ham olmaysan”.
Buning tafsiri: Albatta, bir fosiq boshqa bir fosiqni ziyofat qilishni xohlasa, ko‘pincha o‘shanga 100-200 dirham pul sarflaydi. U bu bilan do‘zaxni qimmat pulga sotib oladi. Agar ziyofatni Alloh taolo uchun qilib, 1-2 dirham sarf etsa, muhtoj kishilarni chaqirsa, shu qilgan ishi jannat puli bo‘ladi.
Rivoyat qilindi Abu Hozimdan: “Agar dunyodagi yaxshi narsalarni tark etib, shu bilan jannatga kirish mumkin bo‘lsa, bu narsalar janatga yetishish yo‘lida yengillik bo‘ladi. Agar do‘zaxdan najot topish uchun dunyoning barcha musibatlarini ko‘tarib bo‘lsa ham najot topsa, bu tomondan yengillik bo‘ladi. Endi mingta yaxshi ko‘rgan narsalaringdan bittasini tashlab, jannatga kirsang-u, senga makruh bo‘lgan narsadan bir bo‘lagini olib do‘zaxga kirsang. qanday bo‘ladi?!”
Yahyo Ibn Maoz ar-Roziy aytadi: «Dunyoni tark etish qiyindir, jannatni tashlash undan ham qiyinroqdir, albatta, jannatning mahri dunyoni tashlashdir».

69. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Kim Alloh taolodan uch marotaba jannatni so‘rasa, jannat aytadi: “Ey Alloh, jannatga kirgiz uni!” Kim Allohdan do‘zaxdan omon saqlashni uch marotaba so‘rasa, do‘zax aytadi: “Ey Parvardigor, uni do‘zaxdan uzoq qil!”


Allohdan bizlarni do‘zaxdan asrashini, uzoq qilishini va jannatga kiritishini so‘raymiz! U yerda birodarlar bilan ko‘rishib, yig‘ilishdan boshqa narsa bo‘lmaganda ham, qanchalik shinam va rohatbaxsh joy bo‘lishi muqarrar edi. Alloh u yerga baxsh etgan karomat va muruvvatlarning esa chegarasi yo‘q.
70. Anas ibn Molikdan rivoyat: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Jannatda bozorlar bor, unda olish ham yo‘q, sotish ham yo‘q. To‘p-to‘p bo‘lib yig‘ilishadilar, dunyo qanday bo‘lganligini eslaydilar. Rabbilariga qilgan ibodatlarining qanday bo‘lganligini, dunyoda kambag‘allar va boylar qanday bo‘lganligini va o‘lim qanday bo‘lganligini. qanday qilib uzoq mehnatlardan keyin jannatiy kishilarga aylanganini eslashadilar”
71. Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: “Hamma insonlar Sirotga keladilar, ularning yurishlari do‘zax atrofidadir, keyin ular amallariga qarab Sirotdan o‘tishadi. Ba’zilari chaqmoqdek, ba’zilari shamoldek, ba’zilari qushlardek, ba’zilari uchqur otlardek, ba’zilari yo‘rg‘a tuyadek, ba’zilari chopqir odamdek o‘tishadi. Oxirgilari oyoqlarining barmoqlari bilan o‘tadi, yana birlari Sirotdan qaltirab o‘tadi. Sirot sirpanchiq, silliqdir. Uning o‘tkirligi qilichning o‘tkirligidek, unda tikanlar, ignadek qattiq tikonlik o‘simliklar bor. Ikki tomonda maloikalar turishadi. Ularda olovdan yasalgan ilgak-lar bo‘ladi. U bilan odamlarni tortib oladilar, uning orasidan (Sirot ustidan) o‘tgan kishi panoh topgandir, agar tirnalib, terilari qonagan bo‘lsa ham, o‘tgan kishi najot topgandir. Uning orasida pastga tushib ketgan kishi do‘zaxiydir. Maloikalar aytadilarki: “Ey Parvardigor, salomat qil, salomat qil”. Oxirgi kishi o‘tadi. Shu oxirgi kishi jannat ahlidandir. Vaqtiki, Sirotdan o‘tsa, Jannat darvozasiga ko‘tariladi. U o‘zining jannatda o‘rni borligini bilmaydi. O‘sha yerga qarab aytarkan: “Meni u yerga (yaxshi joyga) tushirgin”. Alloh aytarkan: “Agar seni u yerga tushirsam, boshqasini so‘ramaysanmi?” Aytarkan: “Yo‘q, so‘ramayman, Sening ulug‘liging haqqi!” Unga tushirarkan, keyin jannatdagi boshqa o‘rinlar unga ko‘rsatiladi. Oldin ko‘rib, so‘ragandan keyin bergani unga yaxshi tuyulmay qolar ekan. Aytarkan: “Ey Rabbim, meni u yerga tushirgin!”
“Agar seni o‘sha joyga tushirsam, boshqasini so‘raysan!”

Aytadi: “Yo‘q, sening ulug‘ligingga qasamki, so‘ramayman. “Uni tushirarkan. Keyin to‘rtinchi jannatga ko‘tariladi. To‘rtinchisiga yetganda unga oldin berilgan hamma narsalarda kamchilik ko‘rinarkan. Keyin jim turarkan, so‘ramas ekan. Aytisharkan unga: “So‘ramaysanmi?”

“So‘rar edim-a, lekin uyalaman”, Alloh taolo aytarkan: “Senga bu joy dunyo misolidan o‘ntasidir!”.

Bu ahli jannatning eng past joyidir”.

Abdulloh ibn Mas’ud aytadi: “Payg‘ambar (s.a.v.) mana shu qissani gapirganlarida kular edilar, kulganlarida muborak tishlari ko‘rinib ketardi”.
72. Xabarda keladiki: “Dunyodagi xotinlar dunyodagi yaxshi amallari bilan jannatdagi hurlardan afzal qilinadi”.
Alloh taolo aytadi:

Darvoqe, biz ularni (ohu ko‘z hurlarni) daf’atan paydo qildik, so‘ng ularni o‘ng tomon egalari uchun (yoshda ham, jamolda va qaddu qomatda ham) bir-biriga teng, ehtirosli bokira qizlar qilib qo‘ydik” (Voqea, 35-38).



Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin