Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc


VII BOB. ALLOHNING RAHMATIDAN UMID QILISH



Yüklə 3,04 Mb.
səhifə22/247
tarix04.01.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#56300
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   247
VII BOB. ALLOHNING RAHMATIDAN UMID QILISH
73. Faqih aytadi: Abu Hurayra deydi: “Rasulullohdan (s.a.v.) eshitdim: “Alloh taolo rahmatini yuz qism qildi. O‘ziga 99 tasini olib qolib, bittasini yer yuziga tushirdi. Yaralganlar bir-birlariga rahm qilishlari uchun. Hattoki ot tuyoqlari bolasiga tegib ketishidan qo‘rqib, tuyog‘ini ko‘tarib yurishi shundan”.
Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Alloh taoloda yuzta rahmat bor, dunyo ahliga shulardan bittasini tushirgay. Ularni insoniyat umriga tarqatib yuborgay. Alloh taolo qiyomat kunida o‘sha rahmatni olib qo‘yib, 99 taga qo‘shib, yuzta qilib, o‘zining avliyolari uchun, ahli toatlar uchun mukammal aylagay”.
74. Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam bayon qildilar: “Alloh mo‘minlar uchun hozirlagan rahmatini Allohga hamd aytmoqlari uchun, ularni o‘z rahmatidan ikromli qilib qo‘yganiga Allohga shukr etmoqliklari va solih amallar qilmoqliklari uchun tayyorlab qo‘ydi. Chunki kim Allohning rahmatidan umid etsa, u yaxshi amal qiladi va o‘sha rahmatga erishishga harakat qiladi. Chunki Alloh taolo aytdi:

Alloh rahmati chiroyli amal qiluvchilarga yaqindir” (A’rof, 56).


Yana:

Bas, kimiki Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, u holda yaxshi amal qilsin” (Kahf, 110).


Yana:

Rahmatim – mehribonligim esa hamma narsadan kengdir” (A’rof, 156), ya’ni har narsa uchun Allohning rahmatidan nasiba bor.


Ibn Abbos, Alloh u kishidan rozi bo‘lsin, aytadi: “Vaqtiki bu “Mening rahmatim hamma narsadan kengdir” oyati nozil bo‘lganida iblis alayhil la’na g‘ururlandi va aytdi: “Men ham Allohning rahmatidan nasibadorman”. Yahudlar va nasorolar ham

g‘ururlandilar, aytdilar: “Bizlar yaratilgan maxluqlarning bittasimiz. Bizga Alloh rahmatidan nasiba bor”.


Keyin Alloh taolo bu oyatni tushirdi: “Men uni (rahmatimni) taqvo qiladigan va zakot beradigan zotlarga yozurman”, ya’ni rahmatim shirkdan saqlanganlargadir; “va zakot beruvchilarga va bizning oyatlarimizga keltirguvchi kishilarga”, ya’ni Allohning oyatlarini to‘g‘ri, deydiganlarga. Shundan keyin iblis Allohning rahmatidan noumid bo‘ldi. Yahud va nasorolar, bizlar shirkdan saqlanamiz, zakot beramiz va oyatlariga imon keltiramiz, dedilar. Keyin bu oyat tushdi:
Ular shunday kishilarki, ummiy (savodsiz) Payg‘ambarga nomini o‘z oldilaridagi Tavrot va Injilda yozilgan holda topshiradigan elchimizga ergashadilar” (A’rof, 157), ya’ni Muhammad (s.a.v.) ishonadilar. So‘ngra yahud va nasorolar noumid bo‘lishdi. Rahmat faqat mo‘minlar uchun xos bo‘lib qoldi.
Har bir mo‘min imon ne’mati bilan ikrom qilinganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi vojibdir, mo‘minlar jumlasidan nom qo‘yilganligi uchun Alloh taologa hamd aytishligi va Rabbisidan gunohlaridan o‘tishligini so‘ramoqligi vojibdir.
Yahyo ibn Maozdan, Alloh rahmat qilsin, rivoyat qilinadi. U kishi aytadi: “Ey Parvardigor, bizga bitta rahmat tushirding. O‘sha rahmat bilan hurmatli qilding. U Islomdir, bas, Sen bizga yuzta rahmat tushirsang, qanday qilib Sening mag‘firatingdan umid qilmaymiz!”
O‘sha kishidan yana zikr qilindi: “Ey Parvardigor, agar savobing itoat qiluvchilar uchun bo‘lsa, rahmating gunohkorlar uchun bo‘lsa, bas, men itoatda bo‘lmasam-da, Sening savobingdan umid qilaman, gunohkorlardan bo‘lsam-da, rahmatingdan umid qilaman. Ey Parvardigor, jannatni yaratding va uni do‘stlaring uchun dasturxon qilding, kofirlarni undan noumid qilding. Maloikalarni jannatdan behojat qilib yaratding. O‘zing jannatdan behojatsan, agar jannatni bizlarga bermasang, unda jannat kim uchun bo‘ladi?!”
75. Abu Said Xudriydan rivoyat qilinadi: Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam aytdilar: “Bir odam jannatga amalsiz “La ilaha illaloh” bilan kirdi, o‘layotgan vaqtida ahllariga aytdi: “Agar men o‘lsam, o‘tda yoqinglar, keyin uvalab, yarmimni dengizga, yarmimni quruqlikka sepinglar!” U odam o‘ldi, aytganidek qilishdi. Alloh taolo buyurdi, quruqlik va dengiz jam bo‘ldi. Alloh aytdi: “Bu ishni qilishga seni nima majburladi?” Kishi aytdi: “Ey Rabbim, sendan qo‘rqishligim!” Shu ishi bilan Alloh taolo uning gunohlarini kechirdi.
76. Faqih Abu Ja’far aytadi: Payg‘ambarimizning sahobalaridan biri rivoyat qildi: “Bizlarning oldimizga Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam chiqdilar, bizlar kular edik. Aytdilar: “Do‘zax orqalaringizda bo‘lib, kulasizlarmi? Allohga qasamki, sizlarning kulganlaringizni ko‘rmay!” Keyin burildilar. Go‘yoki bizning boshimizda bir qush turgandek jim qoldik. Keyin bizlarga qaytdilar va aytdilar: “Mening oldimga Jabroil alayhissalom kelib dedi: “Alloh taolo sizga aytdi: “Ey Muhammad, nima uchun bandalarimni rahmatimdan noumid qilasiz?” deb.
(Ey Muhammad), bandalarimga yolg‘iz Mening o‘zimgina mag‘firatli, mehribon ekanligimni va Mening azobim eng alamli azob ekanligini xabar qiling!” (Hijr,

49-50.)


77. Faqih, Alloh rahmat qilsin, Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qiladi: Payg‘ambar (s.a.v.) aytdilar: “Albatta, Alloh taolo bandaning gunohini kechirish uchun uning gunohini katta sanamaydi. Sizlardan oldin o‘tgan bir kishi 98 kishini o‘ldirgan edi. Rohibning oldiga kelib: “Men 98 kishini o‘ldirdim, tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib: “Sen haddan oshirib yuboribsan!” dedi. U kishi turib uni o‘ldirdi. Keyin boshqa bir rohibnning oldiga kelib: “Men 99 kishini o‘ldirdim, men tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi.

Rohib: “Haddidan oshirib yuboribsan”, dedi. Uni ham o‘ldirdi. So‘ng boshqa bir rohibning oldiga kelib: “Men 100 kishini o‘ldirdim, endi tavba qilsam bo‘ladimi?” dedi. Rohib aytdi: “Haddidan oshiribsan, bilmadim, lekin ana u yerda ikki qishloq bor, bittasining oti “Basra” deydi, ikkinchisini “Kufra” deydi. Ammo ahli Basra jannat ahllarining amallarini qiladigan qavm, u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Ammo Kufra ahli do‘zax ahli qiladigan amallarni qiladilar va u yerda ulardan boshqa qavm turmaydi. Agar sen Basraga borsang va ularning amallarini qilsang, sening tavbangda shubha bo‘lmaydi. Haligi kishi o‘zi xohlagan tomonga jo‘nadi. U ikki qishloqning o‘rtasida ekanligida o‘lib qoldi. Uning ustida azob farishtasi bilan rahmat farishtasi munozara qilib qolishdi. Maloikalar Allohdan bu ishni so‘radilar, aytildiki: “Ikki qishloq orasini o‘lchanglar, qaysisiga yaqinroq bo‘lsa, u o‘sha qavm ahlidan bo‘lgaydir!” Ikki qishloqning orasini o‘lchadilar, u Basra qishlog‘iga bir qarich yaqin ekanligi bilinadi va u o‘sha qishloq

ahlidan deb yozildi”.
Abdulloh ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytdi: “Uchta narsaga qasam ichdim. Agar to‘rtinchisiga qasam ichsam, u ham to‘g‘ri bo‘ladi.

Birinchisi: Dunyoda Alloh taolo biron kishini do‘st tutsa, qiyomat kuni uning ustiga o‘zidan boshqani hokim qilib qo‘ymaydi.

Ikkinchisi: Alloh Islomdan nasibador bo‘lgan kishini Islomdan benasib kishi kabi qilib qo‘ymaydi.

Uchinchisi: Kishi qaysi bir qavmni yaxshi ko‘rsa, qiyomat kunida ular bilan birga bo‘ladi. To‘rtinchisi: Alloh taolo dunyoda bir bandaning (gunohlarini) berkitsa, oxiratda ham berkitadi”.


Ibn Mas’ud, Alloh undan rozi bo‘lsin, aytadi: Niso surasidagi to‘rt oyat jam’i dunyodan yaxshidir. Birinchisi:

Albatta, Alloh taolo o‘ziga sherik qilinishini kechirmaydi. Shundan boshqa gunohlarni o‘zi xohlagan bandalari uchun kechiradi. Kimki Allohga shirk keltirsa, demak, juda qattiq aqldan ozibdi” (Niso, 116).


Ikkinchisi:

Agar ular jonlariga zulm qilgan paytlarida darhol sizning oldingizga kelib, Allohdan mag‘firat so‘raganlarida va Payg‘ambar ham ular uchun mag‘firat so‘raganida edi, Allohning tavbalarini qabul qilguvchi, mehribon ekanligini topgan bo‘lur edilar” (Niso, 64).


Uchinchisi:

Agar sizlar man, etilgan gunohlarning kattalaridan saqlansangizlar, qilgan kichik gunohlaringizni o‘chirurmiz va sizlarni ulug‘ manzil – jannatga kiriturmiz” (Niso, 31).


To‘rtinchisi:

Kim bir yomon ish qilsa yoki o‘z joniga jabr qilsa, so‘ngra Allohdan mag‘firat




Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   247




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin