Министерство высшего и средне-специального образования республик
Nazorat savollari:
Uyumda tanlab eritish jarayonining mohiyati nimada?
Uyumda tanlab eritish jarayonining afzallikllari?
Qanday sharoitlarda uyumda tanlab eritish qo‘llaniladi?
Ma'ruza №18 Kamsulfidli oltin rudalarini boyitish.
Reja:
Oltin ajratish qiyin bo‘lgan ruda va boyitmalar.
Mayda dona (melkovkraplenniy) oltinli rudalapHi qayta ishlash.
Oltin ajratib olinishni oson bo‘lgan rudalar kamayib bormoqda. Hozirgi zamon texnikasida asosan murakkab tarkibli oltin rudalari qayta ishlanmoqda. Bu texnologik sxemalarga gravitatsiya, magnit, elektr, amalgamatsiya, flotatsiya kabi jarayonlar yordamchi tarkib sifatida kiritilmoqda. Hatto pirometallurgiya va gidrometallurgiya jarayon tarkiblari: kuydirish, yuqori haroratda eritish yoki tanlab eritish keng ishlatilmoqda. Tarkibi murakkab bo‘lib, unga qo‘shimcha ishlov berishni talab qiladigan texnologiyali rudalar qiyin ajraluvchi rudalar (upopHiy) deyiladi. Quyida 15-jadvalda ayrim oltin tarkibli rudalapHi tanlab eritish texnologik ko‘rsatgichlari berilgan. Bu jadvalda A, B, V, G va D guruxlariga kiritilgan rudalar tavsifi berilgan.
Jadval- 15. Turli guruh rudalarining tanlab eritish texnologiya ko‘rsatgichlari.
T/r
Ko‘rsatgichlar
Rudalar guruxi
A Kvarsli
B Loyli
V Sulfidli
G-uglerodli
D Surmali
1
Xom-ashyoda
Au miqdori, g/t
4,5
5,0
6,0
7,0
15-20
2
Yanchish
darajasi, mm.
-0,15
-0,3
-0,15
-,015
-0,10
3
Chiqindidagi
Au miqdori, g/t
-0,074
-0,074
-0,075
-0,074
-0,074
4
Sianlash jarayoni
davomiyligi, s.
8
8
24
8
24
5
Quyultirgichlar
diametri, m
0,3
0,4
5,5
5,5
7,5
6
Sianlash chiqindilaridagi
Au miqdori, g/t
0,3
0,4
5,4
5,8
8,2
7
Filtirlash solishtirma maydoni,
m2/(t×kun).
0,21
6,25
-
-
-
8
Qattiqligi
50
50
50
50
50
9
Namligi
2-2,5
2,5-3,5
2,0-3,0
3,0-4,0
2,5-3,0
11
Eng yirik ruda
diametri, mm
300-1500
300-1000
300-900
300-800
300-700
12
Yanchish oldi
diametri, mm
100-300
20-30
10-20
20-40
10-30
13
Zichligi, g/sm3,
t/m3
2,3-3,5
2,0-3,0
3,0-4,0
2-3
3-3,5
14
Qattiqligi
2,6
2,7
2,6
2,7
2,6
Bu yerda:
A - guruh rudalari tanlab eritishda oson kechadi.
B - eritmaga Au tez o‘tadi. Filtrlash jarayoni qiyinlashtiradi. NaCN – ko‘p sarf bo‘ladi. Bu guruh qiyin texnologiyali rudaga kiradi.
V - Au sulfid minerallari tarkibiga chuqur singib joylashgan. Sinillab eritish yuqori darajada bormaydi va oltin to‘liq erimaydi. Bu guruh –o‘ta qiyin texnologiyali rudalarga kiradi.
G - bu jarayonda, sinil eritmaga o‘tgan oltin uglerod bilan sorbsiyalanadi.
Shuning natijasida oltin uglerod bilan chiqindiga chiqib ketadi.
D - guruhdagi rudalardan surma minerallari ko‘p. Surma sinilda eriydi, oltin yuzasini qoplab, uning erishini sekinlashtiradi.
Bu shakldagi rudalardan oltinni ajratib olish sxemalari murakkab bo‘lib, quyidagi jarayonlapHi o‘z ichiga oladi, gravitatsiyali boyitish, flotatsiyalash, kuydirish, bakteriyalar yordamida oksidlash, tanlab eritish va quyish va boshqalar.
Oltintarkibli ruda va boyitmalapHing odatiy sharoitda sianlash yo‘li bilan qayta ishlab bo‘linmasligi, ulapHi oltin ajralish darajasini pasayishiga olib keladi yoki sarf xarajatlapHing oshib ketishiga olib keladi va bunday rudalar murakkab tarkibli yoki qiyin ajraluvchi rudalar deb nomlanadi.
Jadvalda bir necha OICHF sianlash jarayoni natijalari keltirilgan. Ma‘lumotlardan ma‘lumki sianlash jarayoni uchun yaxshi sharoit faqatgina kvarsli rudalar uchundir. Bu rudalapHi sianlash tez kechib, chiqindilar tarkibida oltin miqdori kam va ular yaxshi filtirlanishi bilan boshqalaridan ajralib turadi. Loy-gilli rudalapHi sianlashda ham oltin ajralish darajasi yuqori, ammo, sianli bo‘tanalapHing tarkibidagi loyqa ulapHi filtirlanishini qiyinlashtiradi va unda temir gidrooksidining uchrashi bu kabi rudalapHi qiyin ajraluvchi rudalarga kirishiga asos bo‘ladi.
Sulfidli rudalar esa unda sulfidlapHing oltin yuzasini qoplan olganligi ulapHi murakkab tarkibligiga rudalarga mansub qiladi. Yanchish jarayonida uning yuzasi kam miqdorda ochiladi, shu sababdan u sianlash jaryonida past darajada eriydi.
Uglerodli rudalapHing sianlash jarayoni natijasida oltinni erishi bilan birga ularning tabiiy sorbent ko‘mirga shimilishi kuzatiladi va natijada ko‘p miqdordagi oltin sianlash chiqindilariga o‘tib ketadi.