MTM da ta’lim-tarbiya jarayonining psixogigiyenasi.
2.Turli yosh davrlaridagi psixogigienik jihatlari.
2.Turli yosh davrlaridagi psixogigienik jihatlari.
1.Maktabgacha yosh davridagi bolalarga ta’lim – tarbiya berishda psixogigienik jixatlar.
Maktabgacha yosh davridagi bolalarni tarbiyalashda quyidagi jihatlarni ta’kidlash zarur:
Tarbiya ta’sirini amalga oshirishda shaxsiy namuna va ijtimoiy muhit katta rol o’ynaydi, ota – onalar va tarbiyachilarda pedagogika, psixologiya va fiziologiya soxasida bilimlarning mavjudligi ham ahamiyatlidir. Ota – onalar farzand tug’ilguncha, bunday bilimlardan xabardor bo’lishlari lozim.Bola psixik taraqqiyoti hayotining birinchi yillarida juda tez o’tadi, bola 3-4 yoshida o’zini anglovchi shaxsga aylanadi.Maktabgacha yosh davridagi bolaning taraqqiyoti bir tekis kechmaydi, u yoki bu yo’nalishda tez o’sadi, keyinchalik uzoq vaqt sekin rivojlanadi.Tarbiya jarayonida bolaning yosh xususiyatlarini hisobga olish zarur. 1-2 yoshli bolalar o’z hissiyotlarini boshqara olmaydilar va ularga kayfiyatni tez o’zgartirish xos. Bola gapirishni o’rganganidan so’ng uning reaktsiyalari barqaror bo’lib boradi.Tarbiyachi anatomo – fiziologik xususiyatlar bilan tushuntiriladigan nerv sistemasining tipologik xususiyatlarini ham bilishi zarur. Kuchli va kuchsiz qo’zg’atuvchilarga javob berishga bog’liq nerv sistemasining kuchli va kuchsiz tiplari mavjud.
. Asosiy nerv jarayonlari ko’zlanish va tormozlanishning har bir birikuvi natijasida 4 xil katta nerv tiplari guruhini tashkil qiladi. Bu tipdagi SHmvdt-Kolmer quyidagicha tavsiflagan:
. Asosiy nerv jarayonlari ko’zlanish va tormozlanishning har bir birikuvi natijasida 4 xil katta nerv tiplari guruhini tashkil qiladi. Bu tipdagi SHmvdt-Kolmer quyidagicha tavsiflagan:
kuchli, muvozanatli, xarakatchan nerv sistemasi: xarakatchan, tez javob qaytaruvchi bolalar.
kuchli, muvozanatli, inert nerv sistemasi: xotirjam, sekin, xarakatlanuvchi, chidamli bolalar.
kuchli, beqaror nerv sistemasi: notinch, qo’zg’aluvchan, o’zini ushlay olmaydigan bolalar.