MTM da ta’lim-tarbiya jarayonining psixogigiyenasi.

Reja:
Insonning psixologik madaniyatini oshirish.
Psixogigiena.
Turli yosh davrlaridagi psixogigienik jihatlari.
Yoshlarda tasodifiy stress holatini oldini olish.
1.Insonning psixologik madaniyatini oshirish. Psixogigiena. Psixogigiena – psixik sog’liqni saqlash va mustahkamlashga yo’naltirilgan tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi gigiena sohasidir. Ba’zi mualliflar psixogigienaga ta’rif berishganda uni faqatgina gigena sohasi emas, balki psixiatriya sohasi deb hisoblanadi. Boshqa mualliflar psixogigiena vazifalariga ruhiy kasalliklarning vujudga kelishi va rivojlanishining oldini olish deb qarab, psixogigienani dastlabki psixoprofilaktikaga yaqinlashtiradilar.
Psixogigenaning asosiy masalasi har bir inson va butun jamiyat psixik salomatligini saqlab qolishdan iborat. Bu maqsadga erishishning muxim vositalariga insonning yashash muxitini sog’lomlashtirishning ijtimoiy mezonlari, shuningdek, psixik kasalliklar, jumladan, shaxs shakllanish anomaliyalarni oldindan aniqlash va oldini olish kiradi. Tarbiya ta’lim, mehnat va kishilarning bo’sh vaqtlari uchun hayotning eng boshlang’ich bosqichlaridan boshlab, yaxshi sharoitlar yaratish davlatning muxim masalalaridan biri bo’lishi bilan birga psixogigiena muammolarini muvaffaqiyatli xal etishning asosi hamdir. Psixigigienaning muxim masalalaridan biri psixik salomatlikning chidamliligini va psixikaning turli zararli omillar ta’siriga nisbatan qarshiligini barcha choralar yordamida oshirishdir. SHunday qilib, psixogigiena xozirgi boshqichda psixik kasalliklarning birlamchi profilaktik choralari muxim ahamiyat kasb etuvchi ham tibbiy, ham ijtimoiy masalalarni o’ziga maqsad qilib oladi.
Psixogigiena faniga qadimdan ilmiy asos solingan. Rim xokimi Galen psixogigienaning keyingi asrlardagi asosiy rivojlanish yo’llarini oldindan aniqlab, o’zining “Extiroslar gigenasi yoxud axloqiy gigena asarida muammoning psixosotsial jabxasiga bag’ishlanadi. Dunyoning turli mintaqalarida bu fanning ilmiy ixtisoslashgan xususiyatlari taraqqiy etishini kuzatish mumkin bo’lishi qaramay, uning psixosotsial qiyosi barcha zamon, mamlakat va xalqlar uchun umumiy bo’lib qoladi. SHunisi diqqatga sazovorki, o’tgan zamon faylasuf va xokimlarining salomatligi, shuningdek, yorug’lik va havo, xarakat va tinchlik, uyqu va bedorlik, oziqlanish va moddalar almashinuvi kabi bir qator omillar bilan birga psixik salomatlikning ham asosiy shart – sharoitlari tahliliga bag’ishlangan ko’pgina asarlarida emotsional xotirjamlik, e’tiroslarni boshqarish qobiliyati, odamlar bilan munosabatdagi uyg’unlikka erishish, emotsional va psixosotsial muvozanat o’rnatish kabilar o’zgarishsiz ko’rsatilgan. Bunday ko’rsatmalar arab hakimi Abu Ali Butlanning IX asr o’rtalariga doir “Salomatlik jadvali”, Abu Ali ibn Sinoning “Tib qonunlari”, Mark Tulliy Setseronning “Do’stlik to’g’risida” gi traktatlari va o’sha davr psixik salomatlik va ijtimoiy omillar o’rtasidagi bog’liqlik tushunchalari haqida guvoxlik beruvchi boshqa manbalarda ham mavjud