ESHIKNI ICHKARIDAN OCHISH
XIX asrning buyuk ingliz rassomlaridan Uilg’yam Xolg’man Xuntning bir bog’ni tasvirlagan rasmi Londondagi Qirollik akademiyasi ko’rgazmasiga qo’yilgan edi. Xuntning «Koinot yorug’i» deb nomlangan rasmida kechasi bir qo’lida chiroq bilan hovlida turgan faylasuf odam tasvirlangan edi. Odam ikkinchi ko’li bilan eshikni qoqayotganday va ichkaridan javob kutayotganday turibdi. Rasmni tomosha qilayotgan sanhatshunos Xuntga qarab:
- Aslida chiroyli bir tablo, ammo mahnosini hech anglolmayapman. Odam taqillatayotgan eshik hech ochiladimi? Unga tutqich yasashni unutibsiz-da...
Xunt jilmayib shunday dedi:
- Odam oddiy bir eshikni taqillatmayapti. Bu eshik inson qalbining ramzidir. Faqat ichkaridan ochilishi mumkin bo’lgani uchun ustida tutqichi yo’q.
OLIMA
Tog’larda yurgan olima ayol bir irmoqdan noyob tosh topib oldi. Ertasi kuni o’ziga o’xshagan boshqa bir sayyohni uchratib qoldi. Sayyohning qorni och edi. Ayol xaltasidagi ovqatlarni sayyoh bilan baham ko’rdi. Qorni to’ygan sayyoh ayolning xaltasidagi qimmatbaho toshga ko’zi tushdi. U toshni yoqtirib qolganini aytib, ayoldan toshni so’radi. Olima hech ikkilanmay toshni sayyohga berdi. Sayyoh omadi chopganiga sevinib ayolning yonidan ketdi. Chunki toshning muhofaza qilinuvchi eng qimmatbaho, noyob ekanini bilardi. Shunga qaramay u bir necha kun o’tib ayolning yoniga qaytdi. Toshni ayolga qaytarib berarkan, shu so’zlarni aytdi:
- Ko’p o’yladim. Bu tosh juda qadrli bo’lganini bilaman, ammo. menga undan ham qimmatli bir narsa berishingni istab qaytarayapman. Agar iloji bo’lsa, albatta, menga shunday nodir toshni berishga undagan yuksak tuyg’uni istayman.
Dostları ilə paylaş: |