17-Ma’ruza: Energetika ob’ektlari davlat kadastrini yuritish tartibi
NORMATIV HUQUQIY BAZASI
1. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat kadastrlari to‘g‘risida”gi Qonuni (15.12.2000 yil № 171-II)
2. O‘zbekiston Respublikasining “Gidrotexnika inshootlarining xavfsizligi to‘g‘risida” gi Qonuni (20.08.1999 yil № 826-I)
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 16 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat kadastrlari yagona tizimi (DKYAT)ni yaratish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”
4. O‘zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining “Energetika ob’ektlari davlat kadastrini yuritish tartibi to‘g‘risida Nizomi”ni tasdiqlash haqidagi 2005 yil 30 iyundagi 152-son qaroriga 5-ilova.
YURITISH TARTIBI
1. "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tizimida hamda uning tizimidan tashqarida faoliyat ko‘rsatadigan energetika ob’ektlari mulkdorlari/foydalanuvchilari energetika ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini EOKXga taqdim etadilar.
2. EOKX ushbu ob’ektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan energetika ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini to‘playdi, o‘z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, energetika ob’ektlari bo‘yicha axborotlarni "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "O‘zenergosozlash" unitar korxonasi kadastr xizmatiga beradi.
3. "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "O‘zenergosozlash" unitar korxonasi kadastr xizmati davlat er kadastridan hamda binolar va inshootlar davlat kadastridan er uchastkalari, bino va inshootlar to‘g‘risidagi axborotlarni oladi.
4. "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "O‘zenergosozlash" unitar korxonasi kadastr xizmati energetika ob’ekti EODKga kiritilgandan keyin kadastr axborotlarini "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasiga beradi.
5. "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "O‘zenergosozlash" unitar korxonasi kadastr xizmati so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan energetika ob’ektlari bo‘yicha axborotlarni olishi mumkin.
6. "O‘zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasining "O‘zenergosozlash" unitar korxonasi kadastr xizmati energetika ob’ektlari bo‘yicha zarur axborotlarni EOKXga yuboradi.
7. DKYATdan foydalanuvchilar so‘rov bo‘yicha "Ergeodezkadastr" davlat qo‘mitasining DKYAT ma’lumotlar bazasidan energetika ob’ektlari bo‘yicha kadastr axborotlarini olishi mumkin.