250-mashq. O‘qing, hozirgi zamon fe’llarini topib, turini anihlang. «Hozirgi zamon davom fe’li» va «Hozirgi-kelasi zamon fe’llari»ni ikki ustun shaklida yozib, yasalishi va tuslanishini tushuntiring. Tekislikka yoqqan yomg‘ir tog‘ tepasiga qor bo‘lib tushgan ekan... Tog‘ning yarmidan pasti yomg‘irdan keyin qorayib, xiyol bug‘lanib turadi va uncha aniq ko‘rinmaydi.
Tekislikning uzoq chetidan chiqib kelgan yuk mashinasi shu toqqa qarab jadallab boryapti.
Shag‘al yotqizilgan yo‘lda yomg‘ir ko‘lmaklari uchraydi. G‘ildiraklardan sachragan suv bort taxtasiga shatirshutur uriladi va yo‘l bo‘yida ochilgan lolaqizg‘aldoqlarni jimgina silkitib o‘tadi. (P.Qodirov)
251-mashq. O‘qing, kelasi zamon fe’llarini topib, turini aniqlang va «Kelasi zamon gumon fe’li», «Kelasi zamon maqsad fe’llari»ni ikki ustun shaklida yozib, shaxs-son affikslari tagiga chizing. 1. Men Hirotga Sulton Husayn Boyqaro hazrat oliylarining amri bilan to‘ppa-to‘g‘ri jang maydonidan keldim. Ulug‘ sulton o‘z fuqarolarini baxtiyor va badavlat qilmoqchilar, adolat yo‘li bilan mamlakatni gullatib-yashnatmoqchilar; yordamga muhtoj bo‘lgan har bir kimsaga ko‘maklashmoqchilar. (L. Batь.) 2. Meni kutgil va men qaytarman O‘limlarni qoldirib dog‘da. 3. Faqat agar unasang, Yana bir shart qo‘yardim. (H. O.) 4. Kim biladi, balki Mirhaydar otamni ham oyog‘idan chalar bir kun...(O.) 5. Men sizni bir marta himoya qilarman, ikki marta himoya qilarman, oxir-oqibatda himoya qilolmay qolishim mumkin. (S.Ahm.) 6. Azizjon hech qanday ilmiy asosga suyanmagan holda paxtachilikka yovvoyi pushtni kiritmoqchi. (O‘.Usm.)
3-ilova .Mustaqil ishlarni tekshirish;Talabalarning uyda mustaqil tarzda turli badiiy asarlardan olib kelgan mavzuga oid gaplari tahlil qilinadi. Javoblarning to‘g‘riligi talabalar tomonidan kuzatilib, tegishli o‘rinlarda tuzatishlar kiritilib boriladi.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR: 1. Fe’l zamonlari deb nimaga aytiladi.
2. O‘tgan zamon fe’llarini tushuntiring gaplar tuzing.
3.Yaqin o‘tgan zamon fe’li ishtirokida gaplar tuzing
4. Uzoq o‘tgan zamon fe’li ishtirokida gaplar tuzing
5. O‘tgan zamon davom fe’li haqida gapiring.
6. O‘tgan zamon maqsad fe’li ishtirokida gaplar tuzing