MAVZU BO’YICHA TEST SAVOLLARI:
1 –ma bo‘lishsizlik shakli qo‘shimchasi ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalariga qanday qo‘shiladi?
A) ko‘makchi fe’l tarkibida bo‘ladi
V) yetakchi fe’l tarkibida bo‘ladi
S) ba’zan yetakchi fe’lga, ba’zan ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi D) ham yetakchi, ham ko‘makchi fe’lga qo‘shiladi Ye) barchasi to‘g‘ri.
2 Sifatdoshning takroriy shakli qaysi qatorda berilgan?
A) O‘ktam yura-yura keng maydonga chiqdi. V) SHuncha urinib unutolmaganim endi birdaniga o‘zidan-o‘zi ko‘ngildan chiqdi-ketdi.S) “hozirgi yoshlar qariyalarni kuydirgani-kuydirgan”, deb oh chekdi. D) Temirchi degan kuyib-kuyib temirchi bo‘ladida. Ye) Maqtanganning uyini ko‘r, kerilganning to‘yini ko‘r.
3 Tuslanmaydigan ravishdoshlar qaysi qatorda berilgan?
A) barcha ravishdoshlar tuslanadi. V) o‘qib, yozib S) o‘qiy, yoza D) o‘qigani, yozgani Ye) ravishdosh fe’lning tuslanmaydigan shakli hisoblanadi.
4 Gap bilan ovora bo‘lib, kechikib ham qolibman. Ushbu gapdagi qolibman so‘zi qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan?
A) mustaqil fe’l V) qo‘shma fe’lning tarkibiy qismi S) bog‘lama D) qo‘shma so‘z hosil qiluvchi qism Ye) ko‘makchi fe’l.
5 Ko‘makchi fe’lli so‘z qo‘shilmalarida quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri ba’zan yetakchi, ba’zan ko‘makchi fe’lga qo‘shilishi mumkin? 1. SHaxs-son qo‘shimchalari 2. Zamon ko‘rsatkichlari 3. Ko‘plik qo‘shimchasi 4. Nisbat ko‘rsatkichi.
A) 1,2 V) 3,4 S) 3 D) 4 Ye) 1,2,3,4
6 Quyidagi qo‘shimchalardan qaysi biri sifatdoshning bo‘lishsizlik shaklini hosil qiladi?
A) -maslik V) -mayin S) -mas D) -may, -masdan Ye) sifatdoshning bo‘lishsiz shaklini hosil qiluvchi qo‘shimcha berilmagan
7 Qaysi gap tarkibida o‘tirmoq fe’li yetakchi (mustaqil) fe’l hisoblanadi?
A) Hafiza iymanibgina mehmonlar uchun tayyorlangan so‘riga chiqib o‘tirdi.
V) Yigit bosh ko‘tarmay ishlab o‘tiribdi. S) Aqlli bo‘lsang, shunaqa gaplarni gapirib o‘tirarmiding?
D) Men sodda uning gapiga ishonib o‘tiribman. Ye) barchasida o‘tirmoq so‘zi yetakchi fe’l vazifasida qo‘llangan.
Dostları ilə paylaş: |