1-мавзу. Arifmetikaga oid qiziqarli masalalar tizimi. Matnli masalalarni yechishning arifmetik usuli


Matnli masalalarni yechishning arifmetik usuli



Yüklə 2,56 Mb.
səhifə2/23
tarix22.11.2023
ölçüsü2,56 Mb.
#133549
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
4 курс сиртки қизиқарли мат умк

Matnli masalalarni yechishning arifmetik usuli.
Matematika fani insonning intellektini, diqqatini rivojlantirishda, ko’zlangan maqsadga erishish uchun qat’iyat va irodani tarbiyalashda, algoritmik tarzdagi tartib-intizomlilikni ta’minlashda va tafakkurini kengaytirishda katta o’rin tutadi.
Matematika olamni bilishning asosi bo’lib, tevarak-atrofdagi voqea va hodisalarning o’ziga xos qonuniyatlarini ochib berish, ishlab chiqarish, fan-texnika va texnologiyaning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega.
Shuning uchun matematik madaniyat — umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, bilimli,ma’rifatli , har bir narsani aql, mantiq tarozisiga solib ko’radigan, o’z fikr-o’yi, xulosasini mantiq asosida qura oladigan yetuk avlodni tarbiyalash bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Bu vazifani amalga oshirishda matematik ta’lim jarayonida mantiqiy masalalardan foydalanish ham maqsadga muvofiq bo’ladi deb hisoblaymiz.
Matematikani o’qitishning eng muhim muammolaridan biri o’qitish jarayonini mukammallashtirish, o’quvchilarning ijodiy faoliyatini aktivlashtirish yo’llarini qidirishdir. Bu muammoning har xil yechimlaridan biri o’qituvchining o’qitish faoliyati ichiga matematikani masalalar orqali o’qitishni kiritish bo’lishi mumkin.

Matematikani o’qitishda masalaning ahamiyati g’oyatda katta. Masalalar o’qitisning asosiy maqsadi bo’lib xizmat qilishi hamda har xil didaktik funksiyalarni bajarishi mumkin. O’quv jarayonida masalaning motivatsiya funksiyasini keng qo’llanilishi uni aktivlashtirishning muhim omillaridan biridir.




Tenglamasiz yechiladigan matnli masalalar namunalari.
1. Orif Madinadan 36 ta ko’proq olma terdi. Madina “Menga bir nechta olma ber, bunda bizda olmalar soni bir hil bo’lsin”. Orif qancha olma berishi kerak?
Javob: 18 .
2 . 30 ta qo’y va tovuq bor. Ularda 84 ta oyoq bor ekan. Qo’ylar nechta?
Javob :12 ta .
3 . Bir nechta ot oldiga bolalar kelishdi. Har bir otga bittadan bola o’tirsa, ikkita bola otsiz qoladi. Ikkitadan o’tirsa, bitta ot bolasiz qoladi. Otlar nechta?
Javob :4 ta .
4. Muzqaymoq uchun Avazga 7 so’m yetmadi, Madinaga esa – 1 so’m. Pullarini qo’shganida, bitta muzqaymoqqa ham yetmadi. Muzqaymoq narxi qancha?
Javob: 7

Yüklə 2,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin