Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat



Yüklə 4,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/131
tarix10.12.2023
ölçüsü4,73 Mb.
#139243
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131
O\'zbek folklori P

– 126 –
– 127 –
qoraxoniylar hukmdori Tavg‘ach Ulug‘ Bug‘ra Qoraxon Abo 
Ali Hasan binni Arslonxon ismlarining doston qahramonlari 
nomiga uyg‘unligi
1
, Akademik V. V. Bartoldning qadimiy 
Talas yaqinidagi xarobalaridan biri Kutumish atalishini xabar 
qilishi faktlari
2
doston genezisini ushbu davr voqealari bilan 
bog‘lab talqin etilishiga asos bo‘ldi.
Tekshiruvchilarning ta’kidlashicha, bunday afsona va 
rivoyatlar Avliyo ota (hozirga Jambul) atroflarida ancha keng 
tarqalgan
3
. Shunday bir rivoyatga ko‘ra, Qoraxon 95 yil umr 
ko‘rgan, 40 yil podsholik qilib, umrining so‘nggi 15 yilini 
toat-ibodat bilan o‘tkazgan. «Kuntug‘mish» dostonining 
oxirida ayni fikr sal o‘zgargan holda qaytariladi: «Qoraxon 
podsho.– necha yillardan beri o‘zining o‘rniga qushbegisini 
qo‘yib, Kuntug‘mishning o‘tiga kuyib, tagizaminga kirib, 
toat-ibodatga mashg‘ul bo‘lib yotgan edi»
4
. Yana shunisi 
muhimki, afsonada aytilishicha, Qoraxon Talasda ko‘milgan, 
unga avliyo deb ehtirom ko‘rsatganlar, keyinchalik esa, Talas 
Avliyo ota, deb atalgan. «Qadimdan mashhur Talas, – deb 
yozadi Hodi Zarif, – VI asrdan boshlab Sharqiy Turkiston 
bilan G‘arb orasidagi savdo munosabatlarida muhim markaziy 
o‘rinlaridan biri edi. Sharq va G‘arb orasida qatnovchi karvon 
to‘dalari Talas orqali o‘tar, tizma tog‘larning etaklari bilan 
yurar edilarki, dostonda ham buning izlari ko‘rinib turadi»
5
.
«Kuntug‘mish» dostonidagi markaziy epizodlardan biri, 
ya’ni qahramonning karvon yo‘lidagi chashmaning ko‘zini 
egallab, unga hech kimni yo‘latmay, yaqinlashganni yutib 
1
Yusuf Xos Hojib. Qutadg‘u bilig. Transkripsiya va hozirgi o‘zbek tiliga tavsif. 
Nashrga tayyorlovchi Q. Karimov. Toshkent, 1971. 9-bet.
2
Бартольд В.В. Сочинения. Т. IV. М., 1967.– C. 30, 114.
3
Жирмунский В.М., Зарифов Х.Т. Узбекский народный героический эпос. 
М., 1947.– C. 140 – 142.
4
Bulbul taronalari. 1- tom, 342-bet.
5
Hodi Zarif. “Kuntug‘mish” dostoni haqida. “Ergash shoir va uning doston-
chilikdagi o‘rni”. Tadqiqotlar. 2-kitob. –Toshkent, 1971, 44-bet.


– 127 –
yuborgan ajdarga qarshi kurashi va uni o‘ldirishi tasviri ham 
bir qancha afsona va naqllar bilan o‘xshashdir. Bunday afsona 
va rivoyatlar yana Talas atroflari va unga yaqin joylar bilan 
bog‘lanadi. Akademik V.V. Bartoldga 1890-yilda Tulkiboshda 
(hozirgi Chimkent viloyat, Tulkibosh tumani) shunday bir 
naqlni so‘zlab beradilar: qishloqdan besh chaqirim narida bir 
g‘or bo‘lib, uning ichidagi bir toshga odamni yutib turgan ilon 
surati o‘yilgan emish, g‘ordan doim tutun chiqib turarmish
1

Lekin bu g‘orni hech kim tekshirmagan va o‘sha toshni hech 
kim ko‘rgan emas. Hozirgi paytda bunday naql o‘sha yerda 
yashovchi kishilarning yodidan ko‘tarilib ketgan. Har holda 
bu haqiqatdan ko‘ra, ajdarga qarshi kurashuvchi qahramon 
obrazini yaratish to‘qilgan afsonalardan biri bo‘lishi kerak. 
Zero, xalq o‘rtasida bunday afsona va rivoyatlar anchaginadir.
«Kuntug‘mish» dostonining birinchi tadqiqotchisi H. 
T. Zarifov bu va shunga o‘xshash bir qator tarixiy fakt va 
afsonalarni qiyosiy tahlil etib, shunday xulosaga kelgan 
edi: «Ba’zi tarixiy va jug‘rofiy faktlar, qadim naqllar bilan 
«Kuntug‘mish» dostoni ma’lum darajada yaqinlashdi 
va ayrim detallarda birlashdi. Lekin bu hol dostonning 
qoraxoniylar davrida yaratilganligiga dalil bo‘la olmasa ham, 
dastlab qadim Talas tevaragida mahalliy naqllar, afsonalar 
yaratilgani, ajdar bilan kurashuvchi qahramon (Kuntug‘mish) 
obrazi ishlangani, keyinchalik tarixiy faktlardan material olib, 
«Kuntug‘mish» dostoniga asos solinganidan darak beradi»
2
.
Bunday xulosa uchun muayyan asos bor. Chunki 
muntazam og‘zaki epik an’anada xalq dostonlari doimo 
harakatda bo‘lib, o‘zlarining dastlabki asoslarini saqlaganlari 
holda epiklashtirish tomon rivojlanishda davom etganlar. Bu 
narsa folklor jarayoni uchun g‘oyat xarakterli bir holatdir. 
1
Бартольд. В. В. Сочинения. Т. IV. М., 1967. –C. 115. 
2
Hodi Zarif. “Kuntug‘mish” dostoni haqida. 45-bet.



Yüklə 4,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin