Microsoft Word bankir ziyouz com doc



Yüklə 0,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə173/297
tarix31.12.2021
ölçüsü0,96 Mb.
#111396
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   297
bankir lesli uoller

www.ziyouz.com kutubxonasi 
168
— Borib ishimni tugatib qo‘yay, — dedi Palmer. 
— Yaxshi. — Xotini soatiga qaradi. — Birozdan keyin yotsak ham bo‘ladi. 
— Men tezroq bo‘lishga harakat qilaman. 
— Durust. 
Palmer burildi-da, bu yerga nega kelganini eslab, to‘xtadi. 
— Menga qara, — asta dedi u, — sen rosa charchagan bo‘lishing kerak. Hozir borib yotsang nima 
qilibdi? 
— Hozir yotaman. 
— Oxirgi ikki oy rostdanam og‘ir bo‘ldi. 
Yupqa oq bluzka ostidan Palmer salqi taqilgan kamar uzra uning belini ko‘rdi. Go‘yo umurtqasi bir 
xil holatda mahkamlanib qo‘yganday Edis qiyshiq harakat bilan xiyol o‘girildi. 
— Ha, — bosiq ohangda javob berdi u pastga, yerga qaraganicha. 
— Men sening rejang va sening rahbarliging ostida nimalar qilingan bo‘lsa, hammasini nazarda 
tutayapman, — davom etdi Palmer. — Bu  katta ish edi. Hammasi deyarli oxiriga yetib, sening 
qanchalik baxtiyor ekaningni tasavvur qilayapman. 
— Ha. 
Bu yoqqa qara, men... — Palmer jim bo‘lib qoldi va xotini ko‘rmayotganidan xursand bo‘lib, 
pastki labini yalab qo‘ydi. — Men ilgari sira aytmagandim. Ammo hammasi uchun sendan juda-juda 
minnatdorman. 
Ayol bosh irg‘ab qo‘ydi. Uning nigohi hamon yerda edi. 
— Men buni bilaman, — dedi nihoyat u. 
— Buni qaerdan bilishingga aqlim yetmaydi, — dedi er yarim hazil tariqasida gapirishga urinib, — 
axir o‘z minnatdorligimni izhor etishga juda no‘noqman-da. 
Edis boshini chayqab qo‘ydi: 
— Bunday emas. Faqat sen mantiqan fikrlovchi odamsan. Har qanday mantiqan fikrlovchi odam 
esa sen nimani ko‘rsang shuni ko‘rib turadi. Va minnatdorlikni ham... — Ayol jim bo‘lib qoldi. Palmer 
uning lablari bir lahzada unsiz qimirlaganini ko‘rdi, — his qiladi, — gapini tugatdi Edis. 
— Men his qilaman, juda chuqur minnatdorlik tuyg‘usini his qilaman va men... — o‘z fikrini 
so‘zlarsiz ifoda etishga harakat qilib, u qo‘lini siltab qo‘ydi. 
— Va bu moddani o‘z hisobotingga kiritmoqchi bo‘lgansan, — dedi ayol eri uchun. 
— Taxminan shunday. 
Edisning nigohi yuqoriga va biroz chetga, Palmerning yuziga sirpanib bordi. 
— Hisobot berish sen uchun juda ham muhim, Vuds. Bankir uchun bu eng asosiy narsa, shunday 
emasmi? 
Qaysidir darajada, ha. 
— Hisobot, — takrorladi xotini unga qarashda davom etarkan, — bu, aslida, yakun chiqarish. Men, 
haligi... yillik balansni nazarda tutayapman. Sizlarda buni nima deydi? Yakuniy chiziqmi? 
— Yakuniy chiziq. Ha. 
— Yakuniy chiziqdan tashqari deyarli hech qanday ahamiyatga ega emas, — xotini shu qadar past 
ovozda gapirar ediki, yaxshiroq eshitish uchun Palmer hatto engashishga majbur bo‘ldi. — U ishga 
xotima yasaydi. Bungacha hamma narsa bo‘lishi mumkin: yaxshi ham, yomon ham, ajoyibi ham, 
azob-uqubati ham — har qanaqasi. Yakuniy chiziq qora siyohda tortildimi, demak hammasi joyida. 
— Ana, xolos... — Palmer hissiyotining birmuncha muddat havoda osilib turishiga izn berdi, chunki 
garchi xotinining adovatini yaqqol his etib turgan bo‘lsa-da, uning nimaga shama qilayotgani tagiga 
yetolmayotgandi. — Men hech qachon debet va kreditni bu qadar zavq bilan izohlashganini 
eshitmaganman, ammo sen haqsan deb qo‘rqaman. Yakuniy chiziq — faqat shu ahamiyatga ega. 
— Bundan ham muhimrog‘i shundaki, u kreditni ko‘rsatib tursa. 
— Ha. 
Xotini bosh irg‘ab qo‘ydi: 


Bankir (roman). Lesli Uoller 
 
 

Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   297




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin