Microsoft Word choliqushi ziyouz com doc



Yüklə 0,91 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə143/242
tarix28.03.2022
ölçüsü0,91 Mb.
#115024
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   242
2 5204081305557401884

www.ziyouz.com kutubxonasi 
141
batchi xodimani bir bahona bilan pastga tushirib borib, muovina xonimning bo‘sh kabi-
netiga kirdim. Pardalari ochiq qolgan bir derazadan xira oy yog‘dusi tushib turar edi. Ba-
misoli tungi o‘g‘ridek titrab, pechkaning qopqog‘ini ochdim. Yirtilgan, ezilgan qog‘oz par-
chalari ichidan Jamilaning baxtsiz maktubini topdim. 
Navbatchilik qilgan kechalarimda hamma uxlagandan so‘ng bo‘sh koridorlarda, shar-
pasiz, qorong‘i yotoqxonalarda aylanib yurish menga nihoyatda yoqadi. Bir yerda usti 
ochilib ketgan kichkina qizning ko‘rpasini yopib qo‘yaman, boshqa yerda yo‘talayotgan 
kasal bolaning ko‘rpasini tuzataman, yonib turgan boshchasiga qo‘limni bosaman, nari-
roqda chiroyli sochlarini yostiqda to‘zg‘itib, boshqa bir qiz uxlayapti. “Yarim ochiq, nozik 
lablari bilan nima tilakda kulyapti ekan?” — deb o‘zimdan so‘rayman. 
Bir necha qizcha uxlab yotgan bu olaqorong‘i, sharpasiz yotoqxonalarga og‘ir-og‘ir 
ro‘yo buluti cho‘kkandek ko‘rinadi. Ana shu bulutni tarqatib yubormaslik, bechoralarni 
shirin tushlaridan bevaqt mahrum qilmaslik uchun oyoqlarimning uchida, yuragim taka-
puka bo‘lib yuraman. 
O‘sha kechasi Jamilaning yotog‘iga kelsam, bechora endi uxlagan ekan. Buni kiprikla-
rida hali qurib ulgurmagan ko‘z yoshlaridan fahmladim. 
Sekin boshi ustida egilib: 
— Baxtiyor kichkina qiz, — dedim, — sevgilingdan kelgan matubni maktab far-
tug‘ining cho‘ntagidan topganingda, kim bilsin, qanchalik sevinarkinsan! Qo‘lingdan ket-
gan bu qimmatli narsani qaysi bir tun parisi bu yerga keltirib qo‘yganini o‘z-o‘zingdan 
so‘rarsan! Jamila, u tun parisi emas, shunchaki bir bechora, nafrat qilgan bir kishisidan 
kelishi mumkin bo‘lgan xatlarni har doim qalbining bir parchasi bilan qo‘shib yoqishga 
mahkum bo‘lgan bir baxti qarodir... 
* * * 
B..., 20 may. 
Kecha maktabda o‘qishlar tamom bo‘ldi. Uch kundan ke-yin imtihonlar boshlanadi. 
B... dagi butun xotin-qizlar maktablari bugun shahardan bir soatlik masofada oqadi-
gan daryo bo‘yida may bayramini o‘tkazadilar. Men ko‘pchilik bilan o‘tkaziladigan bunday 
sayri sayohatlarni yoqtirmayman. Shuning uchun u yoqqa bormay, o‘sha kunni o‘z 
bog‘chamda o‘tkazishni niyat qildim. Lekin Munisa, maktab qizlarining qo‘shiq aytib 
o‘tganlarini ko‘rib, xafa bo‘la boshladi. Endi uni yupatishga o‘tirgan ham edimki, birdan 
eshik taqillab qoldi. Chiqsam, birga ishlaydigan muallimalardan Vasfiya bilan so‘nggi 
sinfda o‘quvchi bir qancha qizlar ekan. Meni darrov oldingga solib kel, deb mudir yubo-
ribdi. 
Rajab afandi: 
— Xudo haqqi, men unga atab qo‘zi so‘ydirgan, halvo pishirtirgan edim. Bu qanday 
bema’nilik! Yaramaydi afandim, yaramaydi! — deb baqirib beribdi. 
Qizlarga kelsak, ular ham so‘nggi sinf nomidan iltimos qilgani kelishibdi. 
Ipak qurti chiqmasa, biz ham chiqmaymiz! — deb qizlar turib olishibdi. 
“Ipak qurti” — mening yangi laqabim. Choliqushi bitdi. Endi “Ipak qurti” chiqdi. Eng 
yomoni shuki, yoshi ulg‘ayib qolgan qiz o‘quvchilarim meni “Ipak qurti” deb yuzimga ay-
tishdan tortinishmaydi. Xudo haqqi, bu narsa izzat-nafsimga, muallimalik sha’nimga qat-
tiq tegadi. Bu laqab maktabda qolsa bir navi edi-ya, zorlanmas edim. Lekin ilgarigi kuni 
qahvaxonalarning biri yonidan o‘tib ketayotganimda badavlat bir ipakfurush ekanligi ta’-
rif qilingan cholvorli, choponli qo‘pol bir kishi ovozining boricha baqirib: 
— Sakkizta tutzorim bor! Sakkizovi ham mana shu bitta “Ipak qurti”ga qurbon bo‘lsin! 
— desa bo‘ladimi? Shunday uyalib ketdimki, yer yorilmadi-yu, yerga kirib ketmadim. Ik-
kilamchi u ko‘chaga oyoq bosmay qo‘ydim. 
Men mushkul ahvolda qolgan edim. “Bormayman”, desam, “noz qilyapti” deyishadi, 


Choliqushi (roman). Rashod Nuri Guntekin 
 
 

Yüklə 0,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   242




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin