Microsoft Word sunggi uq ziyouz com doc



Yüklə 0,5 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə91/125
tarix25.10.2022
ölçüsü0,5 Mb.
#118616
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125
@uz baza Tohir Malik - So nggi o q

www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
— Zina, eshityapsanmi? Ular bizni shunchaki uchrashtirishyapti. Biz shunchaki bir 
gapni aytib qo‘yishimiz kerak. Kel o‘zimizni go‘llikkka solib, ishonaylik bu o‘rtoqqa. Bular 
ishlarini zimdan qilaverishsin. Qani, ketdik. 
— Sergey Vasilevich, — dedi Ramazonov keta turib, — sizga bir savolim bor? 
— Zina, bekor kelmabmiz, harholda savollari bor ekan. So‘rang, azizim. 
— Raqiblaringizni yancha oldingizmi? 
— O, militsiya bu tomonga ham qiziqadimi? Raqiblarim, azizim, osongina jon 
beradigan toifa emas. Ularning boshiga gurzi bilan bir ursangiz yerga kirib ketadi, 
yanchib tashladim, deb o‘ylaysiz. Lekin oradan sal o‘tmay qarasangiz, yana yashnab 
turibdi-da! Ular chopsa-chopilmaydigan, o‘tda yonmaydigan bandalar. Ha, Xudoning 
sevgan bandalari. Ular o‘ttiz yettida omon qolishdi, urushga borishmadi, urushdan keyin 
ham mo‘ylovning qahriga uchrashmadi. Qalay, bularni endi yanchib bo‘larmikin? 
— O‘zingiz yanchaman, deganingizga so‘radim-da. 
— Yanchish — mening istagim. O‘lmas Kashcheyni eshitganmisiz? Ha, balli, uning joni 
qutichada saqlanadi. Quticha esa uzoq bir orolda. Bularning joni ham qutichada, quticha 
esa homiylarning po‘lat sandig‘ida. Homiylari esa qaerda turishini bilasiz. Homiylar 
yanchilmaguncha bularni birnima qilib bo‘lmaydi. Azizim, e’lon qilingan erkinliklarni u 
homiylar bo‘g‘ishga qodirlar. Lekin bir kunmas bir kun yanchiladilar, bunga ishonaman! 
Komlev vaqti ado bo‘lib qolishidan qo‘rqqandek tez gapirardi. Xotini bir necha marta 
«bas qil», deyishiga qaramay, fikrini to‘la bayon qilmaguncha gapdan to‘xtamadi. 
Ramazonov shifoxonaga kirib, navbatchiga o‘zini tanishtirgach, maqsadini bildirdi, 
Komlevni tanishtirdi-da, xayrlashib iziga qaytdi. 
Qamoqxona shifoxonasidan chiqarilib bu yerga kelib qolganidan, vrachlarning 
mehribonligidan ajablanib yotgan Jahongir ostonada tanish chehrani ko‘rib, avval 
ko‘zlariga ishonmadi. Qaddini ko‘tarayotganda Komlev tez-tez yurib kelib, uni yelkasidan 
ushladi: 
— Qimirlama, azizim, qimirlama, ahvolingni aytishdi. Buni qara, jonimiz qattiq ekan
o‘lmay yurib, oxiri ko‘rishdik-a! Zina, kiraver. Ana, kennoyingni olib keldim. O‘shanda 
tanishtirishga ulgurmovdim. 
Ayol jilmayib, bosh irg‘ab salomlashdi. 
— Men bugun sen bilan ko‘p gaplashmayman. Shaharda besh-o‘n kun bo‘lamiz, 
oldingga yana kelamiz, obdan suhbatlashamiz. 
— Sizni bu yerga milisadagilar olib kelishdimi? 
— Ha. Buning nimasiga ajablanasan? 
— So‘rashsa ayting, qahri qattiq edi, odam o‘ldirishdan toymas edi, deng. Muzliklarda 
hech kimga bildirmasdan uch-to‘rttasini gumdon qilgan, deng. 
— Bekor aytibsan! — Komlev o‘rnidan shart turib ketdi. — Bekor aytibsan, 
eshitdingmi?! 
— O‘sha odamni o‘ldirganimga ular ishonishlari kerak. Hamma ishonishi kerak. 
Shunda ko‘zim ochiq ketmaydi. 
— Bekor aytibsan! — dedi yana Komlev. — Shuncha yil birovlar taqagan ayb bilan 
umrimiz sovurildi. Hech bo‘lmasa, birov chaqirgan ajal bilan ketmaylik. Odamlardek 
yashash nasib etmadi, odamlardek o‘laylik! — Komlev birdan jimib unga savol nazari 
bilan tikilib qoldi. — Menga qara, senga aytishmadimi? 
— Nimani? 
— Avvalo sening da’volaring o‘tmabdi. Qotilning iziga tushishganga o‘xshaydi. Keyin... 
xotining bilan bolangdan xabar bormish shekilli? 


So’nggi o’q (qissa). Tohir Malik 

Yüklə 0,5 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   125




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin