Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə112/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Aralash o‘rmonlar. Sharqiy Atlantika sektorida tayga bilan keng bargli o‘rmonlar o‘rtasidagi oraliq zonadir. Shuning uchun ham bu yerdagi o‘rmonlar bir necha tur bargli va bir necha xil igna bargli daraxtlardan tashkil topgan. Zona sharqda Atlantika okean sohillaridan, g‘arbda Red-River daryosi vodiysigacha davom etib, Buyuk ko‘llar hududini, Avliyo Lavrentiy daryo vodiysini va Shimoliy Appalachini o‘z ichiga oladi. Iqlimi mo‘tadil nam dengiz iqlim xarakteriga ega. Yillik radiasiya balansi 30 kkal/sm2 atrofida. Yog‘in miqdori 600-700 mm dan oshadi. Namlik bug’lanish miqdoriga nisbatan ko‘p. Zonada eman, buk, yong‘oq, tog‘terak, juka, shumtol, oq va qizil qarag‘ay, sariq qayin, shakar zarang, Amerika qayrag‘ochi va boshqalar o‘sadi. Bularning ko‘pchiligi Yevropadagi va Osiyodagi daraxt turlariga o‘xshaydi.
Aralash o‘rmonlar ostida o‘rmon chimli podzol va o‘rmon qo‘ng‘ir tuproqlari tarqalgan. Ular tayganing podzol tuproqlariga qaraganda chirindiga boy. Tuproqlarning unumdorligi uchun katta maydondagi o‘rmonlar kesib yuborilgan va ularning o‘rniga boshqa madaniy daraxtlar eqilgan va agrolandshaftlar barpo etilgan. Appalachi tog‘larida uncha katta bo‘lmagan o‘rmon massivlari saqlanib qolgan. Hozirgi vaqtda aralash o‘rmonlar Appalachining shimolida balandlik mintaqa
tariqasida mavjud bo‘lib, ular zarang, juka, buk, qayin, yel, xemlok, balzam pixtasi, tog‘ veymut qarag‘ayidan tarkib topgan.
Keng bargli o‘rmonlar. Materikning sharqiy Atlantika sektori qismida, aralash o‘rmonlardan janubda joylashgan. Bu zona Atlantikabo‘yi tekisliklarini, Buyuk ko‘llardan janubdagi yerlarni va Markaziy tekisliklarning sharqiy, Missisipi daryosining chap qirg‘og‘idagi qismini o‘z ichiga oladi. Zonada yillik radiasiya balansi 40-50 kkal/sm2 dan oshadi. Yillik yog‘in miqdori 1000-1500 mm gacha ko‘payadi, bug’lanish yog‘in miqdoriga yaqin. Quruqlik radiasiya indeksi qariyb birga teng.
Keng bargli o‘rmonlar (Appalachi o‘rmonlari) daraxt turlariga va ularning qadimgi relikt shakllariga nihoyatda boy. Zonada emanlarning o’nlab turlari, buklar, jukalar, zaranglar, bargini tukuvchi magnoliya, lola laraxti, likvidambar, chinorlar o‘sadi. Ilgari Appalachi keng bargli o‘rmonlirida kashtanlar (shabalutlar) keng tarqalgan bo‘lib, ularning quyi qismi kashtan o‘rmon zonasi deb atalgan. Hozir kashtanlar juda ham kam qolgan va ular tashkil etilgan qo‘riqxonada saqlanadi. o‘rmonlarning pastki yarusida olma, olcha va noklar ko‘plab uchraydi. Keng bargli o‘rmonlar tagida o‘rmon qo’ng‘ir tuproqlari yaxshi rivojlangan. Ularning tarkibida 3-7% chirindi bor.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin