Oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 53,54 Mb.
səhifə193/282
tarix16.10.2023
ölçüsü53,54 Mb.
#130473
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   282
va okeanlar tabiij geografijasi uv llanma (2)

Tarim-Jung’oriya. Tarim-Jung’oriya o’lkasi Past Markaziy Osiyoning shimoli-g’arbiy qismini egallaydi. Uning yirik orografik strukturasi Sharqiy Tyanshan tog’ tizimidan, Jung’oriya va Tarim (Qoshqar) tog’oralig’i botiqlaridan tarkib topgan. Sharqiy Tyanshan paleozoyda burmalangan, mezozoyda kuchli denudasiya jarayonlari tufayli peneplenlashgan. Neogenning oxirida vertikal tektonik harakatlarni boshdan kechirgan. Buning natijasida paleozoy strukturalari qaytadan ko’tarilgan, Jung’oriya va Tarim botiqlarida bukilish sodir bo’lgan. Botiqlarning poydevori ham paleozoy strukturasining alohida-alohida uchastkalari bo’lib, ular Sharqiy Tyanshandan tektonik uzilmalar bilan ajralib turadi. Botiqlar so’nggi davr cho’kindi jinslari bilan to’lgan.
Sharqiy Tyanshan kenglik bo’ylab cho’zilgan bir necha tizmalarga va cho’kmalarga bo’linadi. Uning asosiy shimoliy va janubiy tizmalari qiya zinapoyasimon tog’oldi zonasini hosil qilib, Jung’oriya va Tarim botiqlari bilan tutashib ketadi. Tizmalarning balandligi 3000-5000 m dan ortadi. Ularning tepalarida tekislangan qadimiy yuzalar keng tarqalganligi sababli o’tkir qirrali tog’ cho’qqilari kam uchraydi. Mavjud bo’lgan Al’p rel’ef shakllari muzlik ta’sirida hosil bo’lgan. Sharqiy Tyanshanning eng baland cho’qqilari Xontangri tog’ tugunidan sharqqa tomon cho’zilgan Xoliqtog’ tizmasi (6811 m), Boroxoro tizmasi (5500 m), Bogdo-Ula massivi (5445 m), Narat tog’i (4112 m) va Qorliqtog’ (4925 m) joylashgan. Sharqiy Tyanshanning tog’oralig’i botiqlari turli xil gipsometrik balandliklarda joylashgan va antropogenning cho’kindi yotqiziqlari bilan to’lgan. Bu yerda Yer yuzida eng past quruq cho’kma hisoblangan Turfon botig’i dengiz sathidan -154 m pastda joylashgan. Undan sharq tomonda minimal nuqtasi 81 m bo’lgan Xami botig’i bor. Ayrim tog’oralig’i botiqlarining yuzasi 1000-1500 m dan baland.
Jung’oriya botig’i shimolda Mongoliya Oltoyi va janubda Sharqiy Tyanshan tog’ tizmalari bilan chegaralangan. Maydoni 700 ming km2, o’rtacha balandligi 600- 800 m. Eng past joyi Ebi-Nur ko’li atrofida 190-200 m. Yer yuzasi past tog’lar, tepaliklar, qum massivlari, toshloq yerlar va sho’rxoklardan iborat. Botiqning o’rta qismida ayrim tog’larning balandligi 1000 m ga, sharqiy qismida 2000 m ga yetadi. Uning markaziy qismi Dzostin-Elisun do’ng qumlar massivi bilan band. Iqlimi mo’tadil kontinental, qishi sovuq va quruq. Yanvarning o’rtacha harorati -20°-25°S. Yozi issiq va quruq, iyulning o’rtacha harorati +20°+23°S. Yillik yog’in miqdori 150-200 mm. Daryolar juda kam, ular tekislikning chekka qismlaridagi vohalarni sug’orishda foydalaniladi. Eng yirik daryolari Manas, Urung’u va Zaysan ko’liga quyiladigan Qora Irtishdir. Botiqning g’arbida Ebi-Nur, Manas, Urung’u ko’llari bor. O’simlik qoplami siyrak bo’lsada ekologik muhitga moslashgan holda tarqalgan. Ular saksovul, yulg’un, juzg’un, shuvoq, sho’ralardan, pastqam joylarda qiyoq va qamishlardan iborat. Vohalarda paxta, bug’doy, gaolyan, tariq yetishtiriladi.
Tarim yoki Qashqar botig’i Markaziy Osiyoning eng yirik botiq-tekislik landshaft kompleksidir. U Tyanshan, Pomir, Tibet va Beyshan tog’lari bilan o’ralgan. Maydoni 530 ming km2, yer yuzsining balandligi g’arbida 1500 m dan sharqqa tomon 800 m gacha pasayib boradi. Eng past joyi Lobnor ko’l atrofida 780
m. Botiqning markaziy katta qismini Takla-Makon qum cho’li egallagan. Tog’oldi tekisliklar lyosslar bilan qoplangan. Qashqarning sharqiy qismini toshloq cho’llar, pastqam joylarni sho’rxoklar egallagan. Iqlimi mo’tadil keskin kontinental. Yozi issiq, iyulning o’rtacha harorati +24°S. Eng yuqori o’rtacha harorat Turfon botig’ida
+34°S ga teng. Qishi sovuq va qorsiz. Yanvarning o’rtacha harorati -7°-10°S, tog’ yonbag’irlarida o’rtacha harorat -24°S gacha pasayadi. Yillik yog’in miqdori 100 mm dan kam. Turfon cho’kmasida atigi 30 mm yog’in tushadi. Eng yirik daryolari Tarim, Oqsuv, Qashqar, Xo’tan, Yorkend, Ko’nchidaryolardir. Tarimning uzunliga 2030 km, havzasining maydoni 951,3 ming km2. Daryolar tog’ muzliklaridan to’yinadi. Daryo vodiylari bo’ylab Qashqar, Yorkend, Oqsuv, Xo’tan va boshqa
vohalar joylashgan. Cho’llarda yulg’un, saksovul, yantoq, efedra, shuvoq, sho’ralar, o’zanlar bo’ylab tol, terak, cho’l ilmi va boshqa kserofit o’simliklar o’sadi. Sug’oriladigan yerlarda paxta, don ekinlari, qovun, tarvuz, uzum yetishtiriladi.
Sharqiy Tyanshanda landshaft komplekslari vertikal zonalar bo’ylab joylashgan. 1800 m gacha ko’tarilgan tog’ dashtlarida chalov, betaga, chiy va boshqa o’t o’simliklari o’sadi. 1800-3000 m dan yuqorida subal’p va al’p o’tloqlari tarqalgan. Ular yozgi yaylov sifatida foydalaniladi. Tarim-Jung’oriya o’lkasi hududida Markaziy Osiyo uchun endemik bo’lgan yovvoyi tuya, Prjevalsk yovvoyi oti uchraydi. Tekisliklarda antilopa jayron, yovvoyi eshak, turli xil kemiruvchilar, tog’larda moral, tog’ echkisi, tog’ qo’yi, Gobi ayig’i, yovvoyi cho’chqa, qoplonlar yashaydi. To’qayzorlarda qizil bo’ri va yo’lbarslar bor.

Yüklə 53,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   189   190   191   192   193   194   195   196   ...   282




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin