mavjuddir. Bu sohada qorinning to‟g‟ri mushaklari diastazlari orasidagi
yoriqlarni nazarda tutish
lozim. Bu diastazlarning bir qismi V-VII-qovurg‟alarga, boshqalari esa to‟sh suyagining
xanjarsimon o'simtasiga yopishadi.
Mushak-aponevrotik tuzilmalar tonusi buzilganda, qorin bo‟shlig‟i ichidagi bosim oshganda bu
yoriqlarga qorinpardasi oldidagi yog', shuningdek qorinpardasi
kirib qolishi mumkin, me‟da
kasalligi bularning qisilib kolishiga sabab bo‟lishi extimol, bor.
Oq chiziq churralari joylashuviga ko‟ra kindik ustida joylashgan qorin ustki churralari va
kindikdan pastda joylashgan qorinning pastki churralariga bo‟linadi.
Qorin ichki bosimining talaygina ko'tarilishi ta‟siri natijasida aponevrozlardagi
yoriqlar orqali
(normada undan tomirlar, nervlar o‟tadi) avvaliga qorinpardasi oldidagi yog' bo'rtib chiqadi, u
ba‟zan qorin devori mushaklarini taranglashtirilganda yumaloq zichlashma
qorinpardasi oldidagi
lipoma ko'rinishida paypaslanadi. Keyinchalik qorinparda ham bo'rtib chiqadi va haqiqiy churra
hosil bo‟ladi.
Dostları ilə paylaş: