O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi r. S. Razikov


 2. Ishlab chiqarishdagi yoritilishning tasnifi



Yüklə 1,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/83
tarix15.12.2022
ölçüsü1,99 Mb.
#121082
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83
15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9

5. 2. Ishlab chiqarishdagi yoritilishning tasnifi 
Ish joylarining yoritilishi asosan quyidagi sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Yuqorid
an
Yon tom
ondan
Lokall
ashtirilg
an
Aralas

Umumi

Bir tekis 
taqs
iml
anga
n
Mahalliy
Aralas

Ish yoriti
lishi
Avari
ya xodis
alar

uchun
Maxsus 
yorug

li

turlari
Ish joyining yoritilishi 
Tabiiy 
Sun’iy
Aralash 


56 
Ma’lumki, tabiiy yorugʻlik manbai quyoshdir. Sun’iy yo-
rugʻlik manbai esa elektr energiyasi boʻlib, u choʻgʻlanma va 
lyuminessent lampalar orqali amalga oshiriladi. Tabiiy yorugʻlik 
binoning yon tomonidan (derazalar), yuqoridan (bunda yorugʻlik 
shedlar yoki zenit fonarlari orqali) va kombinatsiyalashtirilgan, 
ya’ni ham yon tarafdagi derazalar orqali hamda yuqoridan 
tushgan yorugʻlik orqali yoritiladi. Sexlar kunduz kuni odamga 
yoqimli va foydali boʻlgan tabiiy yorugʻlik bilan yoritilishiga 
alohida ahamiyat berish kerak.
Korxonalarda ish ikki, uch smenali yoki sexlarning 
oʻlchamlari katta boʻlganda AT korxonalariga xos sun’iy yoritish 
qoʻllanadi, chunki bunday katta sexlarda tabiiy yorugʻlik bilan 
butun sex boʻyicha yetarli va bir tekis yoritilishni ta’minlash 
mumkin emas.
Sun’iy yorugʻlik umumiy (butun sex boʻyicha), mahalliy 
yorugʻlik esa faqat ish joylarida, aralash yoki umumiy yorugʻlik 
bilan mahalliy yorugʻlik birgalikda qoʻllaniladi. Shuni ta’kidlash 
kerakki, mahalliy yorugʻlik alohida, yakka oʻzi hech mahal 
qoʻllanilmaydi.
Agarda bir xil yorugʻlik oqimi beruvchi lampalar sex bazasi 
boʻyicha bir tekis oʻrnatilgan boʻlsa, buni teng taqsimlangan 
umumiy yorugʻlik deyiladi. Agarda lampalarning oʻrnatilishida 
yorugʻlik oqimi koʻproq ish joylariga yoki boshqa zarur 
uchastkalarga yoʻnaltirib oʻrnatilsa, buni umumiy lokallashti-
rilgan yorugʻlik deb ataladi.
Sun’iy yorugʻlik oʻzining vazifasi boʻyicha ish yorugʻligi 
ya’ni korxonada texnologik jarayonni normal borishi uchun 
zarur boʻlgan yorugʻlik, avariya hodisalari vaqtida ishlatiladigan 
yorugʻlik va mahsus yorugʻlikka boʻlinadi.
Avariya hodisalari uchun ishlatiladigan yorugʻlik ishchi-
larni evakuatsiya qilish va ayrim hollarda muhim uchastkalarda 


57 
ishni davom ettirish uchun ishlatiladi. Bular shunday hollarki, 
ish yoritkichi oʻchsa, portlash, yongʻin, jarohatlar sodir boʻlishi 
va texnologik jarayon uzoq muddatga ishdan chiqishi mumkun. 
Bunday hollardagi (ya’ni avariya rejimidagi) yoritilganlik ish 
yorugʻligining me’yoridan 5%, shu bilan birga sexlarda va 
xonalarda 2 lk dan va tashqarida 1 lk dan kam boʻlmasligi kerak.
Ishchilarni evakuatsiya qilishga moʻljallangan yoritilganlik 
xonalarda kamida 0,5 lk, tashqarida 0,2 lk dan kam boʻlmasligi 
(ayniqsa zinalarda va yoʻlaklarda) shart. Buning uchun choʻgʻ-
lanma lampalari va lyumenssent lampalar ishlatilishi mumkun. 
Avariya hodisalari uchun ishlatiladigan yorugʻlik sistemasi alo-
hida manbadan ta’minlanishi kerak.
Maxsus yorugʻlik turiga nurlantirish maqsadida ishlatiladi-
gan yorugʻlik kiradi. Bu yorugʻlik eritem nurlanishi, ya’ni ish-
chilarni maxsus xona - fotariylarda yoki labirint koridorlardan 
oʻtkazib ultrabinafsha nurlar bilan nurlantirish. Bu ayniqsa 
hozirgi paytda keng qoʻllanilayotgan, faqat sun’iy yorugʻlik 
bilan yoritiladigan sex ishchilari uchun zarurdir. Ma’lumki, 
butun ish kuni davomida ular quyosh nurini koʻrmaydilar va 
organizmlarida ultrabinafsha nurlarga muhtojlik ortadi. Yana bir 
nurlanish turi boʻlgan bakteritsid nurlanishi esa, suv va havoni 
sterillash maqsadida ishlatiladi.

Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   83




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin