15.Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi hivWBz9
63
VI. AT SANOATIDA SHOVQIN VA TITRASHDAN SAQLANISH Turli balandlikdagi va chastotadagi tovushlarning tartibsiz
ravishda qoʻshilib eshitilishi shovqin deb ataladi. Tovush fizik
holat sifatida havoda, suvda va boshqa tarang muhitdan kelib
chiqadigan toʻlqinsimon harakatlardan iboratdir. U tovush chiqa-
radigan jismlarning tebranishi natijasida hosil boʻladi va bizning
eshitish organimiz tomonidan qabul qilinadi.
Shovqin kasbiy kasallikka olib kelishi mumkin. U boshni
aylantirib, miyada ogʻriq turgʻizadi va quloq shangʻib, asab sis-
temasiga ham yomon ta’sir qiladi. Ayniqsa fikrni toʻplab, aqliy
ish bilan shugʻullanishga imkon bermaydi, butun diqqat – e’ti-
borni berib ishlash lozim boʻlsa, ish qobiliyatini (10-60% ga)
pasaytirib yuborishi mumkin. Uzoq vaqt mobaynida shovqinning
odamga sezilmas darajada ta’sir qilishi asab sistemasini ishdan
chiqishiga olib kelishi mumkin. Ayniqsa qattiq va kuchli
tovushlar, shuningdek toʻxtovsiz ravishda bir xilda chiqib turadi-
gan tovushlar odamga yomon ta’sir qiladi.
Shovqin ta’sirida turli a’zolar va sistemalarning, masalan
hazm qilish (oshqozon shirasi sekretsiyasining oʻzgarishi) qon
aylanishi (qon bosimining koʻtarilishi) va shunga oʻxshashlar-
ning normal faoliyati buziladi.
Shovqinlar kelib chiqishi boʻyicha asosan uch xil boʻladi:
1. Sanoat shovqini;
2. Transport shovqini;
3. Maishiy shovqinlar.
Shu bilan birga gaz va suyuqliklarning harakati natijada
ham shovqin chiqishi mumkin. Bunday shovqinlar aerodinamik
shovqinlar deb ataladi.
ATK ham shovqindan mustasno emasdir. Shovqin darajasi
yuqori boʻlgan sexlarda ishlovchi ishchilarda kasbiy kasallik “
shovqin kasalligi” uchrab turadi. Shu bilan birga ayrim ish joy-
64
larining surunkali titrashi natijasida “titrash kasalligi” ham uch-
rab turadi.