106
Statik elektrning paydo boʻlishi juda murakkab jarayon
boʻlib, u juda koʻp omillarga bogʻliq boʻladi. Hozirgi davrgacha
statik elektrning paydo boʻlish sababini tushuntirib bera oladigan
aniq fikr yoʻq. Faqatgina har hil taxminlar bor xolos.
Shulardan eng koʻp tarqalgan gipotezalardan biri bu modda
va materiallarning bir-biriga ishqalanishi natijasida statik elektr
zaryadlari hosil boʻlishidir. Mana shu fikrga asosan statik elektr
ikkita har hil tarkibli moddalarning bir-biriga tegishi va ishqala-
nishi shu tegishish yuzasida har hil atom va molekulalar kuch-
larining tortishishi tufayli paydo boʻladi. Bunda moddaning elek-
tronlari va ionlarining boʻlinishi, ikkita qarama-qarshi belgili
elektr qatlami paydo boʻlishi kuzatiladi.
Elektrostatik zaryadlar koʻproq
dielektrik materiallarning
ishqalanishi, quvurlardan yengil yonuvchi suyuqliklarning oqishi
hamda paxta tolalarini va tayyor maxsulotlarni tashish vaqtida
paydo boʻladi. AT sanoatida elektrostatik zaryadlarning roli sezi-
larlidir. Paxta yoki ayniqsa sun’iy tolalar bilan ishlaganda statik
elektr zaryadlari koʻp hosil boʻladi. Bu zaryadlarning yigʻilish
intensivligi ishqalovchi materiallarning turiga, kontakt maydo-
niga, atrof-muhit havosining nam-quriqligiga, ishqalanayotgan
materiallarning solishtirma qarshiligiga
va boshqa sabablarga
bogʻliqdir.
Ishqalanish
natijasida
hosil
boʻladigan
elektrostatik
zaryadlar katta miqdorlardagi kuchlanishlarga ega boʻlishi
mumkin. Masalan: sun’iy tolalardan toʻqilgan poyondoz, oyoq
kiyimlariga ishqalanishi natijasida kun oxiriga kelib 15-20 kV
gacha potensiallar ayirmasi hosil qilishi mumkin. Bu katta
miqdordagi kuchlanishlar tok kuchi va energiya juda oz
miqdorda boʻlganligi uchun kishiga katta zarar yetkaza olmaydi,
lekin u kishiga nohush ta’sir qilishi, gʻayriixtiyoriy harakatlarga
olib kelishi mumkin. Bular esa kishini biror yerini urib olishi,
ishlab turgan mashinaga yiqilib
tushish va boshqa xavflarni
tugʻdiradi.
107
Kishiga uzoq vaqt elektrostatik zaryadlarning ta’sir qilishi
ogʻir kasalliklarga olib kelishi mumkin.
Bulardan tashqari elektrostatik zaryadlar AT sanoatida
texnologik jarayonning barcha oʻtimlarida qoʻshimcha qiyinchilik-
lar tugʻdiradi. Tarash mashinasidan chiqayotgan taram, muallif-
ning
tadqiqotlariga binoan, 1500-1800 V gacha musbat zaryad-
lanar ekan. Bunda zaryadlar taramning eni boʻyicha bir xil
taqsimlanmagan, ayni paytda taram oʻrtasida potensiallar ayirmasi
1800 V boʻlsa, uning chetlarida 1000-1100 V boʻlishi aniqlangan.
Sexda nisbiy namlikning kamayishi, tarash chetlarining hur-
payishiga, paxmoqlanishiga, oʻrtasining koʻtarilishi
va hatto uzi-
nasi boʻylab yirtilishiga olib keladi. Bu koʻngilsiz hodisalar bir xil
zaryadlangan tolalarning bir-biriga itarilishi natijasida roʻy beradi.
Statik elektr xavfini yoʻqotishning asosiy usullariga quyida-
gilarni koʻrsatish mumkin:
- texnologik uskunalarni, jihozlar, kommunikatsiyalar,
apparat va idishlarni yerga ulash;
- havo namligini oshirish yoki
materiallarga antistatik
moddalar bilan ishlov berish (bu usul AT sanoatida keng
qoʻllaniladi);
- havo yoki muhitni, ba’zi hollarda apparatlar, idishlar va
shunga oʻxshashlarning ionlanishini kamaytirish.
Dostları ilə paylaş: