140
nipelli qismiga karnaysimon plasmassa quvur oʻrnatilgan.
Loʻkidonning yon tomonida oʻrnatilgan saqlovchi qopqoq
balonni porlashdan saqlash uchun moʻljallangan. Ballon har yili
kamida bir marta sinov bosimidan oʻtkaziladi.
Hozirgi paytda karbonat kislotali oʻt oʻchirish asboblarining
OU-1VSE, OU-2VSE, OU-3VSE,OU-4VSE, OU-5VSE va OU-
8VSE markalari mavjud boʻlib, ular ogʻirligi
va hajmi bilan
farqlanadi. Saqlash harorati –40
o
dan +50
o
gacha. Ularni elektr
uskunalari, yonuvchan suyuqliklar va gazlarni oʻchirisha keng
qoʻllaniladi. Muzey eksponatlari,
arxivlar, kutubxonalar va
radioelektron apparatlari kabi qimmatbaho va noyob boyliklarni
oʻchirishda undan foydalanmagan ma’qul.
Havo-koʻpikli oʻt oʻchirish asboblari ishqorli elementlar
va elektr uskunalaridan tashqari turli moddalarni oʻchirishda
ishlatiladi. 12. 3-rasmda OVP-4, OVP-50 va OVP-100 havo-
koʻpikli oʻt oʻchirish asboblari keltirilgan. Bu asbob yongʻin
yuzalarini 50-60 karralik koʻpik bilan ta’minlashi mumkin. Oʻt
oʻchirish asbobining qobigʻida koʻpik hosil qiluvchi qorishma,
stakan ichida esa bosim ostida karbonat kislotasi joylashtirilgan.
12. 3-rasm. Havo koʻpikli oʻt oʻchirish OVP asboblari. 1-OVP-4;
2-OVP-50; 3-OVP-100.
141
Bu asbobni ishga tushirish uchun 12. 3-rasm dastak 2 ni
qattiq bosiladi, shunda karbonat kislota
solingan ballonchaning
membranasi teshiladi. Undan chiqayotgan karbonat kislota asbob
qobigʻi ichida bosim hosil qiladi, natijada koʻpik hosil qiluvchi
modda sifon orqali karnaysimon ogʻizga chiqib,
havo bilan
aralashib, koʻpik hosil qiladi.
12. 4-rasm. Havo ko’pikli OVP-4 asbobi: 1-ballon; 2-dastak; 3-
karnaysimon quvurcha
Dostları ilə paylaş: