146
12. 7-rasm. Yengil eruvchan metal qulfli sprinkler kallagi: 1-shtutser 2-
bronza halqa; 3-metal diafragma; 4-shisha sharcha-qopqoq; 5-yengil
eruvchan metalldan yasalgan qulf; 6-suvni
sochib beruvchi rozetka
Sprinklar qulflari 72, 93, 141, 182
0
S haroratlarda erib
ketishga moʻljallangan.
Drencher uskunalari. Tashqi koʻrinishi boʻyicha u
sprinklar uskunasidan kam farq qiladi. Faqat unda yengil
eruvchan qulf va qopqoq yoʻq.
Shuning uchun drencher
sistemasi xonalarda emas, xonalar va binolar orasiga oʻrnatiladi.
Bularni yongʻin bir sexdan ikkinchi sexga yoki bir binodan
ikkinchi binoga oʻtib ketmasligi uchun qoʻllanadi (12. 8-rasm).
12. 8-rasm. Suv bilan o’chiruvchi drencher kallagi: 1-shtutser; 2-yoy;
3-deflektor; 4-rozetka. а-to’g’ri tirqishli; б-vintli tirqishli
Ularni ishga tushirib yuborish qoʻlda
yoki avtomatik
ravishda issiqlik relelarini qoʻllash orqali amalga oshirilishi
mumkin. Sprinklar va drencher uskunalari uzluksiz takomillash-
147
tirib boriladi. Hozirgi paytda ularni faqatgina suv bilan emas,
balki koʻpik bilan ham oʻchira
oladigan, boshqarishni esa
avtomatlashtirilgan xillari mavjud.
Suv bilan ishlaydigan uskunalarning sprinklar kallaklari
oldidagi quvurlarda suvning bosimi doimo 0,6 MPa ga, koʻpik
bilan ishlaydigan quvurlarda esa 0,3 MPa ga yaqin boʻlishi
kerak. Koʻpik bilan ishlaydigan har bir kallak 17 m
2
ga
moʻljallanadi. Koʻpik hosil qiluvchi moddaning sarfi 3,5 l/s va
oʻt oʻchirish vaqti 10-15 min deb olinadi.
Dostları ilə paylaş: