O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta’lim fakulteti


Mehnat ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish



Yüklə 2,95 Mb.
səhifə132/194
tarix21.09.2023
ölçüsü2,95 Mb.
#129246
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194
1709 (3)

Mehnat ta`limida pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Ta`lim jarayonida interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini o’quv jarayonida qo’llashga bo’lgan qiziqish, e`tibor kundan-kunga kuchayib bormoqda, bunday bo’lishining sabablaridan biri, shu vaqtgacha an`anaviy ta`limda o’quvchilarni faqat tayyor bilimlarni egallashga o’rgatilgan bo’lsa, zamonaviy texnologiyalarda esa, ularni egallayotgan bilimlarni o’zlari qidirib topishlariga, mustaqil o’rganib tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni o’zlari keltirib chiqarishlariga o’rgatadi. Pedagog bu jarayonga shaxsning rivojlanishi, shakllanishi, bilim olish va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi va shu bilan bir qatorda boshqaruvchilik, yo’naltiruvchilik funktsiyasini bajaradi. Ta`lim jarayonida o’quvchi asosiy figuraga aylanadi.
Shuning uchun o’quv yurtlari malakali kasb egalarini tayyorlashda zamonaviy o’qitish metodlari - interaktiv metodlar, innovatsion texnologiyalarning o’rni va roli benihoya katta. Bunda pedagogik texnologiya va pedagogik mahoratiga oid bilim, tajriba va interaktiv metodlar o’quvchilarni bilimli, etuk malakaga ega bo’lishlarini ta`minlaydi.
Innovatsion texnologiyalar pedagogik jarayon hamda o’qituvchi va o’quvchi faoliyatiga yangilik, o’zgarishlar kiritish bo’lib, uni amalga oshirishda asosan interaktiv metodlardan to’liq foydalaniladi.

7-ilova

Interaktiv metodlar – bu jamoa bo’lib fikrlashdan iborat deb yuritiladi, ya`ni pedagogik ta`sir etish usullari bo’lib, ta`lim mazmunining tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu metodlarning o’ziga xosligi shundaki, ular faqat pedagog va o’quvchilarning birgalikda faoliyat ko’rsatishi orqali amalga oshiriladi.
Bunday pedagogik hamkorlik jarayoni o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib, ularga quyidagilar kiradi:
o’quvchining dars davomida befarq bo’lmaslikka mustaqil fikrlash, ijod etish va izlanishga majbur etishi;
o’quvchilarni o’quv jarayonida bilimga bo’lgan qiziqishlarini doimiy ravishda bo’lishini ta`minlashi;
o’quvchining bilimga bo’lgan qiziqishini mustaqil ravishda har bir masalaga ijodiy yondoshgan holda kuchaytirishi;
pedagog va o’quvchining hamisha hamkorlikdagi faoliyatini tashkillanishi.

8-ilova


Yüklə 2,95 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin