O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə7/24
tarix21.10.2017
ölçüsü1,92 Mb.
#8185
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24

Tuproq - iqlimiy va biologik omillarning o`zaro tapsiri tufayli hosil bo`lib, o`simlikni o`sishi, rivojlanishi uchun kerakli suv hamda ozuqa moddalar bilan tapminlanish xususiyatiga ega bo`lgan geologik jins (er) ning ustki unumdor qatlami.

Tuproqshunoslik - tuproqning paydo bo`lishi, rivojlanishi, geografik tarqalishi va unumdorligini har tomonlama o`rganuvchi fan. Tuproqshunoslik, ayniqsa qishloq va o`rmon xo`jaligida muhim ahamiyatga ega.

Tuproqning to`la nam sig`imi - tuproqning to`la nam bilan tapminlanish qobiliyati. To`la nam sig`imi ham tuproq turlariga va tarkibiga qarab o`zgarib turadi.



Ulkan planetalar. Quyosh atrofida bir tekislikda va bir qator ellipsik orbitada bir-biridan ancha uzoq joylashgan ulkan planetalar quyosh sistemasining asosiy apzolari hisoblanadi.

Fotosintez - yorug`lik energiyasidan foydalanib, anorganik moddalardan organik moddalar hosil bo`ladigan protsess. Fotosintez jarayoni va xlorofilning undagi rolini birinchi bo`lib rus olimi K.A.Timiryazev (1843-1920) tapriflagan.

Evolutsiya - hayvonlar bilan o`simliklarning xilma-xilligi, organik olamning tarixiy rivojlanishi (lotincha «evolyutio» -o`stirmok degani).

Ekologiya - biologiyaning tirik organizmlarning yashash tarzini atrof-muhit sharoitlari bilan bog`lab, shu sharoitlarning hayot faoliyatini asosiy jarayonlarga tapsirini o`rganuvchi bo`lim.

Eksperiment. Ilmiy tadqiqot ishining tekshirish obpyektiga faol tapsir qilish yopli bilan tadqiq qilish uslubi. Bu usul ilmiy tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan yangi shart-sharoit yaratish yoki sodir boplishi lozim bo`lgan jarayonni tezlatish yoki kerakli tomonga opzgartirish orqali amalga oshiriladi.

Opsimliklar ekologiyasi- (yunoncha oykos-uy) tirik organizmlarning o`zaro va tashqi muhit bilan bog`liq bo`lgan munosabatini o`rganadigan fan.

Qishki qurg`oqchilik - o`simliklarga, ayniqsa mevali daraxtlarga ko`proq zarar yetkazadi. Qish paytlarida qisqa muddatli issiqlik va shamol tapsirida o`simlik tanasidan suv ko`p bug`lanadi. Bu vaqtlarda tuproq harorati past bo`lganligi sababli, ildiz orqali suv qabul qilish to`xtagan bo`ladi. Bunda suv balansining buzilishi suv tanqisligiga sabab bo`ladi.

Qurg`oqchilik - havo haroratining yuqori bo`lishi. YOg`ingarchilikni esa juda kam bo`lishi yoki umuman bo`lmasligi natijasida tuproq namligini keskin kamaytirib yuboruvchi uzoq davom etadigan quruq ob- havo sharoiti.

Hujayra - hayvon va o`simliklar tuzilishi taraqqiyotining asosini tashkil etgan struktur-funktsional birlik, elementar tirik sistema bo`lib, u tarixiy rivojlanish natijasida uzoq yillar mobaynida paydo bo`lgan.

Hujayra membranasi – asosan oqsillar va lipidlardan tashkil topgan, hujayra tsitoplpzmasini tashqi muhitdan yoki hujayra qobig`idan (o`simlik hujayralarida) ajratib turadigan membrana. U hujayraning yaxlitligini tapminlaydi, hujayra bilan tashqi muhit o`rtasidagi aloqalarni boshqarib turadi.

Hujayra qobig`i – faqat o`simlik hujayralariga xos bo`lib plazmatik membrana tashqarisida joylashgan. Hujayraga qattiqlik beruvchi selluloza tolalaridan iborat bo`lib, shaklini saqlab turadi.
Shamollar. Yer sharining turli joyi turlicha isiydi va oqibatda bosim ham turlicha bopladi. Yuqori bosimli yerlarda havo bosimi past joylarga oqadi. Yer yuzida atmosfera bosimining bir xil boplmasligi natijasidagi havo harakatiga shamol deyiladi.

Referat mavzulari
1 Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi fanidan savollar

2 Tuproq biomassasi

3 Moddalarning davra bopylab aylanishida mikroorganizmlarning oprni

4 Darvin taplimoti paydo boplishidagi shart-sharoitlar

5 Odam paydo boplishi topgprisidagi tushunchalarning rivojlanishi

6 Antropogenezni harakatlantiruvchi kuchlar

7 Eng qadimgi odamlar

8 Dastlabki hozirgi odamlar

9 Modifikatsion opzgaruvchanlik

10 Mutatsiyalar klassifikatsiyasi

11 Sunpiy mutatsiyalar olish va ulardan amalda foydalanish

12 Markaziy Osiyolik olimlar Muso al-Xorazmiy, Beruniy, Axmad Fargponiy,

Farobiy va boshqalarning tabiiy fanlar taraqqiyotiga qopshgan hissalari.

13 Atmosferaning ifloslanishi va uni muhofaza qilish

15 Opsimlik va hayvon hujayrasidagi opxashlik hamda farqlar

16 Zilzilalar, vulqonlar va geyzerlar

17 Mikroorganizmlardan sanoatda foydalanish

18 Opsimliklarning organlari. Vegetativ organlar.

19 Opsimliklarning generativ organlari haqida tushuncha

20 Opsimliklarning koppayishi

21 Tuban opsimliklar guruhi vakillariga taprif

22 Opsimliklarning tabiat va inson hayotidagi ahamiyati.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent, 1995 y.

  2. Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

  3. Mamatazimov M. Astronomiya. 11 sinf darslik. Toshkent, 2005 y.

  4. Solopov Ye.F. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

  5. Topraqulov Yo.H. va boshqalar. Umumiy biologiya. Toshkent, 1996 y.

  6. Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Mapruza matni. Samarqand, 2000y

  7. Hamdamov I.H. va boshqalar. Tabiiy fanlar zamonaviy konsepsiyasi. Toshkent, 2007 y.

  8. Bahromov A. va boshqalar. Tabiiyot. 5 sinf uchun darslik. Toshkent, 1995 y.

9. Amirqulov N. Umumiy ekologiya. Toshkent, 2002 y.

10Baratov p. Yer bilimi va oplkashunoslik. Toshkent, 1990 y.

11Baratov p. Tabiatni muhofaza qilish. Toshkent, 1991 y.

12Gofman p., Kadashnikov. Biologiya bilan umumiy genetika. Toshkent, 1970 y.

13Gorelov A.A. Konsepsii sovremennogo yestestvoznaniya. Moskva, 1999 y.

14Karimov I. A. Opzbekiston buyuk kelajak sari –T.: Opzbekiston.1998.

15.Valixonov M.N. «Tabiatshunoslikning zamonaviy kontseptsiyalari» T. 2003 y.

16.Xaydarov A. «Tabiatshunoslik asoslari» T. O`zbekiston. 1992 y.

17.Hamdamov I.H., Abilova S.A. Tabiiy fanlar kontseptsiyasi. T. 2007 y.

18.G`ofurov A.T. «Darvinizm» 1991 y.

19.Valixanov M.N. Tabiyatshunoslik asoslari. Toshkent-2004

20.Vernadskiy V. I. Biosfera i noosfera. M.: Vqsshaya shkola.



Qopshimcha:

1.Axmedov B. «Amir Temir haqida xikoyalar» YOzuvchi nashriyoti.

2.Baratov p. «Er bilimi va o`lkashunoslik» T. «O`qituvchi» 1990 y.

3.To`xtaev A. «Ekologiya» U. 1998 y.

4.To`xtaev A. Xamidov A. «Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish». 1994 y.

5.Fayzullaev S.S. va boshqalar Odam genetikasi. T. «Ijod dunyosi». 2003 y.

6.Yo`ldoshev S. va boshqalar. Qadimgi va O`rta asr G`arbiy Yevopa falsafasi T. 2003 y.

7.Mapnaviyat yulduzlari T. 1995 y.

8.Opzbekiston Milliy ensiqlopediyasi N° 3-5-8 Toshkent 1975-1976.

9.Baun A.D., Faddaeva M.D. Hayotning molequkulyar asoslari Toshkent «Opqituvchi» 1986.

10.Qobulov V. Kibernetika va biosfera Toshkent 1979.

11.Egamberdiyev R. Eshchanov R. Ekologiya asoslari Toshkent «Zar qalam» nashriyoti 2004



Tayanch konespektlar
"Zamonaviy tabiiy fanlar kontseptsiyasi" -bu oliy taplim tizimidagi ijtimoiy-gumanitar taplim yopnalishlari bopyicha bakalavrlar tayyorlash opkuv jarayoni rejalariga Davlat taplim standartlari asosida kiritilgan yangi fandir. Fanni bayon kilishdan oldin, shunday savol beraylik: Insonning akl-zakovati, bilimdonligi kanday boplishi kerak? U bizni oprab turgan Olam topgrisida kanday zamonaviy tasavvurlarga ega boplishi lozim kabi savollarga javob berishi darkor.

«Zamonaviy tabiiy fanlar kontseptsiyasi» kuydagi kismlardan iborat:

1. Xozirgi zamon tabiiy fanlar kontseptsiyasi. Fan va madaniyat tizimida tabiatshunoslikning oprni. Xozirgi zamon tabiatshunosligining umumiy panoramasi. Tabiat va inson.

2. Zamonamizning global-umumbashariy masalalari. Xozirgi zamon tabiatshunosligi. Mikrodunyo, makrodunyo va megadunyolar. Ilmiy texnika tarakkiyotining global tarakkiyotning asosiy anpanalariga tapsiri.

3. Tabiatshunoslikning fizikaviy asoslari. Olamning tabiiy -ilmiy manzarasi. Fizikaning asosiy konunlari. XX asrning zamonaviy fizikasi. Tabiatdagi jarayonlar rivojlanishining ilmiy asoslari.

4. Xozirgi zamon texnologiyasi va energetikasining ilmiy asoslari. Zamonaviy texnologiya va ekologik xalokatlarni bartaraf kilish yopllari.

5.Tabiatning ximiyaviy tavsifi va uning muammolari. Mate-riyaning biologik xolatining xususiyatlari, tabiiy jarayonlar tarkkiyotining ilmiy asoslari.

Hozirgi zamon tabiiy fanlar kontseptsiyasi fanining predmeti va vazifalari.

Tabiatshunoslik, tabiiy fanlar deganda tabiat topgrisidagi: fizika, ximiya, biologiya, geologiya, geografiya, va boshka fanlar tushuniladi. Tabiatshunoslik nima? Tabiatshunoslik-bu tabiiy xodisalarni xarakterlovchi gipotezalarni tajribada tekshirish va shu orkali nazariya yoki emperik umumlashtirishlar yaratishga asoslangan fanlardir.

Tabiatshunoslik, tabiiy fanlarning predmeti-sezish organlarimiz orkali xis etadigan faktlar va xodisalardir. Olimlarning vazifasi-bu faktlarni umumlashtirib, tabiat xodisalarini boshkaradigan konunlarni opz ichiga oladigan nazariy model yaratishdan iboratdir. Ilm-fanning konunlarini shakllantiradigan tajriba faktlarini, emperik umumlashmalarini va nazariyalarni bir - biridan farklash lozimdir. Masalan, olamda o`zaro tortishish xodisasi bevosita tajribada kuzatiladi. Fanning konuni, masalan, butun Olam tortishish konuni-bu xodisani tushuntirishning bir variantidir. Fanda faktlar opzining doimiyligini saklaydi; konunlar esa ilm-fan rivojlanishi bilan opzgarishi mumkin. Masalan, shunday fundamental konun, butun Olam tortishish konuniga nisbiylik nazariyasi yaratilgach opzgartirishlar kiritildi Fizika-tabiat topgrisidagi, uning umumiy konuniyatlarini oprganadigan fandir. SHuning uchun tabiatshunoslik asosida fizika va uning konunlari yotadi. Fizikaning boshka tabiiy fanlarga kirib borishi shunchalik kopp kirralikki, ularning tutashgan joylarida yangi tabiiy fanlar paydo bopladi, masalan, biofizika, geofizika, astrofizika, fizik ximiya va xokazolar. YAngi asrda insoniyat oldida ilm-fan tarakkiyoti bilan boglik global biror bir extiyoj, muammo bormi? Uning ropyobga chikishida topsiklar mavjudmi? Bunday muammo bor. Xozirgi zamon tamadduni (tsivilizatsiyasini) saklab kolish extiyoji muammosidir. Biz xozirgi zamon tabiatshunoslik fanlarining global muammolar topgrisidagi bergan maplumotlarini va eng asosiysi, global inkirozlardan chikish yopllarini mukammal oprganishimiz kerak. Eng murakkab va dolzarb muammolarni taxlil kilishimiz kerak. Koppgina olimlar 21 asrda iktisodda, ilm fanda va texnikada global opzgarishlar ropy beradi deb xisoblashadi. 21 asr kanday bopladi? Bu savol juda kopp odamlarni tashvishga solmokda. Olimlar xar xil fikr va muloxazalar berishmokda.

Bu fanning kelgusi rivoji uning kelgusida quyidagi muhim, global vazifalarni yechishi lozimligida kopradi: 1. Yer qurrasida sodir boplayotgan demografik muammolar, aholini son jihatidan koppayishidagi sifat opzgarish va ularni jamiyat strukturasi tuzilishi bilan bogpliqligi. 2. Yadro energiyasini energetik zahira sifatida halq xopjaligida qopllash muammosi va ayniqsa idora qilish imkoni bo`lgan termoyadro sistemasini bunyodga keltirish. 3. Tabiat zahiralarini yopiq zanjir sikllari va ayniqsa agrotexnikaning zanjir sikllarini yaratish. 4. Tabiiy muhitning beqiyos darajada ifloslanayotganligi tufayli yer qurrasining issiqlik balansini oprganish muammolari. 5. Yer qurrasida sodir boplishi kutilayotgan falokat (inson naslini buzilayotganligi)ni oldini olish va hokazo. Bu muammolarni yechish uchun yuksak intellektual kuchlar va juda katta mablagp talab qilinadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari halqaro masshtabda olib borilishi lozim bopladi.

«Tabiiy fanlarning zamonaviy konsepsiyasi» deb nomlangan fan Opzbekiston Respublikasi Oliy va Oprta Maxsus Taplim Vazirligi tomonidan Oliy opquv yurtlarining barcha fakultetlarida opqitilishi zarurligi mapqul deb topilgan.

. Aristotel fikriga kopra, Fales tabiatda sodir bopladigan voqeylik, tabiiy muhitni opzgarishi va koinotda sodir bopladigan hodisalar, xususan quyosh tutilishini oldindan bashorat qilgan, u yetti donishmand (ulamao)lardan birinchisi, dono va oqil siyosatchi bo`lgan. Aristotel uning ogpzaki holda qoldirgan toprt tezisini keltiradi:

1.Hamma narsa suvdan paydo bo`lgan.

2. Yer suvda daraxt (yogpoch) singari suzib yuradi.

3. oinot iloh (xudo) arga topla. Jon-koinotda joylashgan.

4. ag-«jon» bor, chunki u temirni harakatga keltiradi.

IX-XII asrlarda Oprta Osiyo sharqning ilmiy va madaniy markazlaridan biriga aylandi. SHarq mamlakatlarida akademiya tarzidagi muassasa va jamiyatlar tashkil qilingan. Xususan xalifa Mapmun davrida (813-833) «Bayt ulr-hikmat»ning faoliyati yanada rivojlanadi.

XI asrda Xorazm poytaxti Urganch obod va madaniy maharlardan biri bo`lgan. Urganchda Xorazmshoh saroyida buyuk mutafakkir olimlar Ibn-Sino va Beruniydan tashqari, tarixchi Ibn Miskaviy, matematik Abu Nasr Arron, faylasuv Abu sahl Masihiylar to`plangan. Markaziy Osiyoda ilmiy ishlarni akademiya shaklida tashkil etish anpanaga aylandi.

XV asrda Mirzo Ulugpbek Samarqandda akademiya tashkil qiladi Bu akademiya qoshida yaxshi jihozlangan rasadxona, boy kutubxona va oliy opquv yurti madrasasi ham faol ishlagan Abu Abdulloh al-Xorazmiy matematik, astronomiya, geografiya faniga va mustaqil ravishda «Al-jabr (algebra)» fani va «algoritm» tushunchasiga asos solgan. 780-750 yillarda yashab ijod etgan, opz davrida inson va tabiat oprtasidagi munosabatlar haqida bosh qotirgan buyuk tabiatshunos olim.

. Abul Abbos al-Fargponiy - astronom, geograf, matematika, sferik geometriya asoschilaridan biri (790 yilda Fargponada tugpilgan, 865 yilda Bogpdodda vafot etgan). Bogpdod va Damashq rasadxonalari qurilishida rahbarlik qilgan buyuk mutafakkir olim. Abu Nasr al-Forobiy (873-950yy.) faylasuf, mutafakkir qomusiy olim, 70 dan ortiq jahon tillarini bilgan, olimning turli sohalarda 160 dan ziyod asarlar yozganligi maplum. Opz zamondoshlari «SHarq arastusi», «Al-muallim-as-soniy» (Beruniy «Saydona» degan asarida 1116 tur dori-darmonlarni tavsifi keltiriladi. Ularning 750 tasini turli opsimliklardan, 101 tasini hayvonlardan, 107 tasini esa minerallardan tayyorlanishi haqida «Qadimgi avlodlardan qolgan yodgorliklar» va «Hindiston» degan asarlarida opsimlik va hayvonlarning tuzilishi hamda ularning tashqi muhit bilan o`zaro aloqasi haqida ham qiziqarli maplumotlar keltiriladi. X-XI asrlarda yashab ijod etgan mashhur opzbek olimi Abu Rayhon Beruniy astronomiyaga oid 40 ga yaqin risola yozgan. Aristoteldan keyin ikkinchi muallim) deb atagan


2-mavzu. Dunyo va jamiyatni bilishda ilm-fan.
Binobarin, ilmiy uslub tabiatda sodir bopladigan jarayonlarni aniq kuzatish olib borilishi, kuzatishlarni taqqoslanishi va nihoyat kuzatishlarning natijasini maplum sistemaga solib tegishli xulosa chiqarishdan iborat.

Kuzatish. Insonning maplum maqsadni nazarda tutgan holdagi bajaradigan ish faoliyati. Kuzatish ishlari tabiatda kuzatiladigan har qanday voqeylikni sodir boplishi haqidagi tegishli maplumotlarga ega boplish uchun olib boriladi. Tabiatshunoslik fanlarining deyarli barcha yopnalishlarida kuzatish ishlarini olib borish maspuliyatli va shu vaqtning o Eksperiment. Ilmiy tadqiqot ishining tekshirish obpyektiga faol tapsir qilish yopli bilan tadqiq qilish uslubi. Bu usul ilmiy tadqiqot maqsadlariga muvofiq keladigan yangi shart-sharoit yaratish yoki sodir boplishi lozim bo`lgan jarayonni tezlatish yoki kerakli tomonga opzgartirish orqali amalga oshiriladi.

Eksperiment insoniyatning tarixiy taraqqiyoti davomida tabiat va tabiiy muhitda sodir bopladigan voqeylikni oprganish uchun, sodir bo`lgan va sodir boplayotgan jarayonlarni ilmiy asosda oprganish uchun tadbiq etiladigan tabiatshunoslik fanining ilmiy uslubi. SHuning uchun ham bu uslub bilish manbai va farazlar hamda nazariyalarni haqiqat ekanligini aniqlash kriteriysi hisoblanadi.

pzida zarur ilmiy tadqiqot ishlarining debochasi hisoblanadi.

Modellashtirish. Tabiat obpyektlarini ularning modellarida oprganish uslubi. Real ravishda mavjud predmet va hodisalarni (organik va noorganik sistemalar, kimyoviy, fizikaviy va biologik jarayonlar va hokazo) real aniq oprganish maqsadida ularning opziga opxshash modelini tayyorlash va sodir bopladigan jarayon va hodisalarni modelda takrorlash va taqqoslash yopli bilan oprganishdan iborat.

Modellar turli-tuman bo`lib, ular foydalanish oprni, xususiyati va tegishli yopnalishda qopllanilishiga kopra bir-biridan farq qiladi.



Induksiya. Tabiiy fanlarda predmet yoki tabiiy hodisalarni tajriba asosida tekshirib koprish, kuzatish natijasida tegishli xulosaga kelinadi va tajribalar majmui maplum fikr asosida xususiy xulosadan umumiy xulosaga kelinadi. SHuning uchun ham induktiv umumlashtirish yoki umumiy xulosaga kelish umumiy aniqlik yoki qonun sifatida qabul qilinadi.

Cheksizlik haqida qabul qilingan qonun masalasida tajriba hamma vaqt tugallanmagan hisoblanadi. Tajribaning bu xususiyati induksiya mazmuniga taallukli. Induksiya muammo sifatida olinganda uni absolyut aniq deyish qiyin. Chunki tabiat va tabiiy muhitda sodir bopladigan jarayonning opzi ham hamma vaqt absolyut aniqlikka ega emas. Induksiya aniqrogpi taxmin, kelgusida nazariyaga optadigan farazning boshlanish qismi.



Deduksiya. Bilish ilmining umumiydan xususiy, yakka, alohida bo`laklarga ajratilgan aniq natija yoki xulosa chiqarish. Masalan, fotosintez jarayonida murakkab organik modda shakar hosil boplishi haqida tegishli xulosa chiqarilgan deylik. Buning uchun opsimlik bargining quyosh energiyasini qabul qilish, havodan SO2 qabul qilishi, yerdan suvni opsimlik organlari orqali bargga qadar yetib kelishi va nihoyat ximiyaviy jarayonni sodir boplishi uchun xlorofilni ishtiroki ustida olib borilgan tajribalarda, bu hodisalarning har biri haqida alohida maplumot olinadi va tegishli xulosaga kelinadi.

Hozirgi kunda tabiatshunoslikning asosiy tushunchalari matematik uslubiyat orqali tahlil qilinadi.

Vaqt optishi bilan fanning vazifasi ham globallashib bormoqda. Avvallari dunyoni bilish, tabiatni tadqiq qilishda fan faqat kuzatish, tizimga solish hamda ayrim qonuniyatlarni oprganish va kashf qilishdan iborat bo`lgan. Bugungi kunda fan jamiyatning ishlab chiqarish kuchiga, faoliyatiga aylandi. SHu jumladan kosmik texnikalar, super va shaxsiy kompyuterlar yoki yuqori sifatli audio, videoapparaturalar, nozik optik va boplak zamonaviy asbob- uskunalar ilm – fan taraqqayoti bilan chambarchas bogpliq. Hozirgi davrda fan-texnika ishlab chiqarish birlashmalari dunyoda keng tarqalmoqda. Oxirgi 300 yil ichida tabatshunoslik tizimidagi fizika va biologiya fanlari har yili 5-7% ga opsib bormoqda. Olimlar XX asrni «fan asri» deb atadilar. Tarix shundan guvohlik berdiki, fan tarixida bir necha marta ilmiy inqiloblar sodir bo`lgan. Odatda inqilob atamasi topntarish mapnosini anglatadi. Mazkur atamani fanda qopllanganda uning qonuniyatlari, nazariyalari, uslubiyati va, umuman, ilmiy nazariy uslubiyati, ilmiy manzarasi avvalgi ilmiy qarashlarga nisbatan tubdan opzgarishini tushunamiz. Fanda aniqlangan qatpiy qonuniyatlarni opzgartirib boplmasa ham, lekin vaqt optishi bilan ularning mapnosi kengayishi, tushuntirish, izohlash usullari biroz opzgarishi tabiiy. Masalan, quyoshning harakatini bir necha usullar bilan izohlash mumkin. Biridan ikkinchi-yangicha izohlash usullariga optish ilmiy inqilob hisoblanadi.


3-mavzu. Tabiyatshunoslikning fizikaviy konsepsiyasi

Klassik fizikaning paydo bo`lishida Galileo Galiley alohida o`rin egallaydi. Galileo Galiley (1564 - 1642) Italiya olimi, mexanika fanining asoschisi, harakatning nisbiylik g`oyasini ilgari surgan, inertsiya, jismning erkin tushish qonunlarini ishlab chiqqan. U 32 marta kattalashtirib ko`rsatadigan teleskop yasab, oydagi dog`lar, YUpiterning 4 ta yo`ldoshi, Venera fazolari, Quyoshdagi dog`larni kashf qilgan. Geliotsentrik sistemani faol yoqlab chiqqanligi uchun inkvizitsiya sudiga tortilgan, uning ilmiy kashfiyotlari zamonaviy tabiatshunoslikning shakllanishida katta ahamiyatga egadir.

Ingliz olimi Isaak Nyuton mexanikaning ilmiy nazariyasini ishlab chiqqan. G`arb olimlarining taprificha, u dunyo olimlarining qiroli hisoblanib, uning ilmiy salohiyatiga faqat Arximed va Eynshteynlar teng kelishi mumkin. U Leybnitsdan mustaqil holda differentsial tenglamalarni va difraktsiyani tadqiq qilgan. «YOrug`likning korpuskulyar tuzilishi to`g`risidagi nazariyani rivojlantirib, u ayni vaqtda yorug`likni to`lqin xususiyatiga ham ega» degan gipotezani ilgari surgan. U butun olam tortishish qonunini kashf qilgan. Osmon mexanikasining asosi – samoviy jismlarning harakat nazariyaga asos solgan. Nyuton mexanikasiga asosan gidrodinamika, elastiklik, issiqlik mexanikasi va molekular genetik nazariyalari shakllanib, ular alohida fan sifatida ajraldilar.

Atrof-muhit va tabiatni bilishda fizika fanining roli. I. Nptonning mexanik qonunlar

Nyutonning “Butun olam tortishish qonuni” quyidagicha hamma jismlar bir–birini moduli o`zlarining massalari ko`paytmasiga to`g`ri proportsional bo`lgan kuch bilan tortadi, m1 m2 massali r masofada bo`lgan moddiy nuqtalarning o`zaro tortish kuchi quyidagicha formula bilan ifodalanib



bu yerda G - gravitatsion doimiy.

Tabiatdagi optik va elektromagnit hodisalarini mexanika qonunlari yordamida tushuntirib bo`lmas edi. Optik hodisalarni Nyuton jumladan, yorug`likni moddiy zarrachalardan tuzilgan, yapni, «korpuskulyar», deb talqin qilgan. YOrug`likning zarracha, yapni fotonlardan iboratligini «fotoeffekt» hodisasi tasdiqlaydi. Lekin yorug`likning interferentsiya va difraktsiya hodisalarini Nyutonning «korpuskulya» nazariyasi bilan tushuntirib bo`lmas edi.

Nyutonning birinchi konunining taprifi kuyidagicha: Xar kanday jismga boshka jismlar yoki kuchlar tapsir kilmasa, u opzining nisbatan tinch yoki topgri chizikli tekis xarakatini saklaydi.
Nyutonning ikkinchi konuni. Klassik mexanikada m-const deb xisoblanganda, Nyutonning ikkinchi konuni kuyidagicha tapriflanadi: moddiy nukta impulsining opzgarish tezligi unga tapsir kiluvchi kuchga teng:

;


Nyutonning uchinchi konuni. Bir jismning ikkinchisiga tapsiri aks tapsirni vujudga keltiradi, yapni kuchlar juft xolda paydo bopladi. Nyutonning uchinchi konuniga asosan, ikki jismning bir-biriga tapsir kuchlari kiymat jixatdan bir-biriga teng, yopnalishlari esa karama-karshi bo`lib, xar-xil jismlarga kopyilgandir.
;
«Kvant mexanikasi» qattiq jismlarning ko`pgina xossalarini tushunishga, o`ta o`tkazuvchanlik, ferromagnitizm (moddaning magnit holati), o`ta oquvchanlik va bo`lak hodisalarni izohlashga imkon berdi. O`sha davrning muhim yutuqlaridan biri radioaktivlikning kashf etilishidir. Radioaktivlik deganda – beqaror atom yadrolarining zarralari yoki u – kvant chiqarish yo`li bilan o`z – o`zidan bo`lak element yadrolarga aylanishi tushuniladi.

«Kvant mexanikasi»-bu hozirgi zamon fizikasining nazariy asosi bo`lib, mikrodarajadagi harakatlar qonunlarini va tasvirlash usullarini aniqlaydi. U XX asrning boshlarida paydo bo`ldi va oqibatda energiya portsiyasining diskretligini harakterlab berdi. Ular modda va nurlanish bilan almashinib turadi


4-mavzu. Megadunyoning rang-barangligi va birligi.

Insoniyatga maplum bo`lgan obpektlar va ularning xodisalari sifat jixatdan uchta boplimlarga boplinadi : mikrodunyo, makrodunyo va megadunyo.

Akademik K.X.Raxmatulin taxmin kilgan ikki xolat-gipodunyo (mikrodunyo ichidagi mikrodunyo) va giperdunyo (utamegadunyo), tajribada tasdiklangan emas.



Mikrodunyo-atomlar va kopp sonli elementar zarralar (ularga elektron, proton, neytron va boshka zarrachalar kiradi, bugungi kunda ularning soni 400 ga yakin dunyosi. Fiziklar tomonidan real oprganiladigan dunyoda 10-18 m oplchamlar kayd etilgan; atomning oplchami ~10-10 m yadroniki ~ 10-15 m.

Mikrodunyoning tarkibi, fazo va vakt bopyicha, xamda energetik xarakteristikasi fizikaning kvant mexanikasiga asoslangan boplimlarida, shu jumladan mikrodunyoning xam kvantlanganligini, xam nisbiyligini xisobga oluvchi relyativistik boplimida beriladi.

Erda makrodunyo katta boplmagan tezliklar va o`zaro tapsir energiyalari bilan xarakterlanadi.

Makrodunyo-bu klassik mexanikaning obpektlari bo`lib, unda yoruglik tezligi 3  108 m/s -cheksiz katta kiymat xisoblanib, sistemalarning o`zaro tapsiri oniy (birdaniga, vaktsiz) deb olinadi.

Megadunyo-er masshtablariga nisbatan gigant xisoblangan yulduzlar topplamidir. Bu Galaktika dunyosidir. Fan tomonidan aniklangan eng katta obpekt bu Galaktikalar majmuasidan iborat Metagalaktikadir.

Uning o`lchamlari  10 26 m tartiblidir. Bunday masofani yoruglik 20 milliard yil davomida bosib optadi. Megadunyo-bu relyativistik mexanika obpektidir.

Galaktikalarning asosiy kismini yulduzlar tashkil etadi. YUlduzlarda Koinotning koprinadigan moddasining 90 % mujas-samlashgan. YUlduzlar-massiv (juda katta) opz-opzidan yoruglik chikaruvchi gazlar birikmasi bo`lib, unda moddalar gravitatsiya kuchlari yordamida o`zaro boglangandir. Bizga eng yakin yulduz-Kuyoshning massasi Mk = 2 1030 kg ga, eng kichiginiki esa 0,03 Mk ga teng. Eng massiv yulduz massasi 10 Mk ga teng. Kuyosh xarorati 6000 K atrofida bo`lib, koppchilik yulduzlarniki esa 3000 K dan 5000 K gacha.

Koppchilik yulduzlar energiyasining asosiy manbai - elementlar sintezi termoyadro reaktsiyasidir. Massiv yulduzlar opzlarining yadroviy "yokilgisini" million yillar davomida yokib tugatsa, Kuyosh uchun esa 10 miliard yil kerak bopladi. SHundan 5 milliard yili optgan, Kuyoshning "umri"ga yana 5 milliard yil kolgan. Astronomik nuktai nazardan Kuyosh Galaktikaning boshka yulduzlaridan fark kilmaydi. U gravitatsiya va gaz

bosimi kuchlari muvozanatida bo`lgan, opz-opzidan nur chikaruvchi gazdan iborat shar.

Erning kapri uchta asosiy boplimlarga boplinadi: yadro, mantiya va kobik. Xarorat, bosim va zichlik Yer kapriga tomon oshib boradi. Yer markazida xarorat 10 000 gradusga yetadi. Yer kobikining kalinligi kontinentlarda 65 km ga yetadi, okean tagida esa - 8 km. Yerning eng baland chopkkisi-Ximolay togida Jomolungma chopkkisining balandligi 8848 m, eng chukur joyi Tinch okeanidagi Mariinsk degan chukurlik - 11092 m. Yer kobigi tagida juda kattik jismlardan tashkil topgan mantiya mavjud. U 2900 km chukurlikkacha joylashgan bo`lib, Yer xajmining 80 % tashkil etadi. Yerning yadrosi juda kam oprganilgan, u ikki kismdan tashkisi - suyuk va ichkisi kattik jismdan iborat deb xisoblanadi. Suyuk yadro elektr optkazuvchan bo`lib, Yer bilan birgalikda aylanadi Koinot behisob kosmik jismlar: yulduzlar, sayyora (planeta) lar, yer va uning yopldoshlari, kichik planeta (asteroid)lar kometalar va boshqalar majmuidan Quyoshning tuzilishi. Quyosh sathining kattaligi yer sathiga nisbatan 12 ming marta katta, hajmi esa yer hajmidan 1 mln. 300 ming marta ortiq. Barcha sayyoralarning umumiy massasini qopshib hisoblaganda ham quyosh massasi undan 750 marta katta. Quyosh diametri yer diametridan 109 marta, zichligi esa yerning oprtacha zichligidan 4 marta kam. Ammo quyoshning tortish kuchi yerning tortish kuchidan 25 marta ortiq.

iborat. Ularning barchasi aylanadi. Quyosh sistemasi. Quyosh fazodagi son-sanoqsiz yulduzlarning biri bo`lib, yulduzlar topplami - galaktika jismlaridan hisoblanadi. Olamda mavjud barcha koinot sistemalari singari quyosh sistemasi ham opz doirasiga ega. U Quyosh va Merkuriy, Venera, Yer, Mars, Yupiter, Saturn, Uran, Neptun, pluton va ulardan bir necha opn ming marta kichik sayyoralar (asteriod)dan, kometalar, meteor jismlardan tarkib topgan. Katta-kichikligi, Quyoshdan uzoq-yaqinligi, Quyosh atrofini bir marta aylanib chiqishga ketgan vaqt, ulardagi bir sutka qancha vaqt davom etishi bilan ham bir-biridan farq qiladi. Buni quyidagi jadvalda koprishingiz mumkin

Yer qurrasi qobigpi. Uzoq davom etgan tadqiqot ishlari Yer qurrasi yuzasi uchun xos bo`lgan bir necha qavat qobiqdan va eng avval yerning havo qatlami yoki atmosfera haqida, sopngra XIX asrda Avstriya geologi Eduard Eyus ilmiy muomala uchun ilmiy atama sifatida suyuq qatlam - gidrosfera va qattiq qatlam - litosfera deb atashni taklif etadi. Koppchilik hollarda litosfera Yer qobigpi deb yuritiladi.

Yer qurrasining gaz qobigpi ostida dunyo okeani deb yuritiladigan suyuq qatlam joylashgan bo`lib, keyingi paytlarda gidrosfera deb atash rasm bo`lgan. Gaz qatlamidan farqli ravishda gidrosfera Yer qurrasini topliq qoplab olgan emas, balki opqtin-opqtin (uziq-uziq) joylashgan. Inert gazlari atmosfera tarkibida boshqa planetalar bilan taqqoslab boplmaydigan darajada kam. Buning asosiy sababi yer qurrasi tarkibidan bularning ajralib chiqmasligi va uning kosmik kelib chiqish alomat

idadir


Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin