O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi


Epidemiolog va uning yordamchisi ishlarini tashkil qilish



Yüklə 1,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/244
tarix31.12.2021
ölçüsü1,67 Mb.
#113534
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244
1-Эпид-амал.машг.(1)

 
Epidemiolog va uning yordamchisi ishlarini tashkil qilish 
Epidemiolog  faoliyatida  maxsus  epidemiologiya  bo’limlaridan  tashqari, 
mikrobiologiya,  immunologiya,  yuqumli  kasalliklar  klinikasi  sohalarini  va 
statistika  asoslarini,  gigiyena,  parazitologiya  kabi  sohalarini  bilish  talab  qilinadi. 
Yuqoridagi  bilimlarni  egallagan  holdagina  epidemiologning  ishi  epidemiologik 
tahlildan tortib, kelajakda qilinadigan  chora-tadbirlarni  ishlab chiqishigacha  to’liq 
bo’ladi.  Epidemiolog  epidemiyaga  qarshi  kurashishning  barcha  turlarini  o’z 
kuzatuvi ichiga ola bilishi kerak. Epidemiyaga qarshi xizmatni ma’lum bir qismini 
davolash  profilaktika  muassasalari  tomonidan  bajarilishi  sababli  epidemiolog 
muassasalar  xizmatchilarining  ishini  to’g’ri  yo’lga  sola  bilishi  va  ular  tajribasini 
umumlashtira olishi kerak. Epidemiologdan jamoani epidemiyaga qarshi kurashish 
ishlariga  jalb  qila  bilish  ham  talab  qilinadi.  Uning  ish  faoliyatida  keng  tibbiyot 
xodimlari  doirasini  va  epidemiologiya  tarmog’i  bo’yicha  ish  olib  boruvchi 
kishilarni maxsus tayyorlab borish va omma orasida yuqumli kasalliklarning oldini 
olish qoidalarini targ’ib qilish muhim o’rin tutadi. 
Yaxlit  qilib  olganda,  epidemiologning  ish  faoliyati  davlat  sanitariya 
epidemiologiya  nazorati  markazlarining  bir  qator  bo’limlari  va  davolash-
profilaktika  muassasalari  uchun  yuqumli  kasalliklarga  qarshi  kurashish  ishida 
tashkilotchilik va yo’lboshchilik qilishdir. 
Epidemiolog  ishlarining  barcha  turlarini  ma’lum  bir  xildagi  jadvalga  solish 
qiyin bo’lsada, uning asosiy vazifalarini quyidagicha aks ettirish mumkin: 
1. Operativ va tashkiliy-metodik ishlar. 
2. Tekshiruvchilik ishlari. 
3. Sanitariya oqartuv ishlari. 
4. Tibbiyot xodimlari malakasini oshirish. 
5. Jamoat va tashkilotlar bilan ish olib borish. 


 
48 
Bu bo’limlarni batafsil ko’rib chiqamiz. 
Operativ faoliyatga yuqumli kasalliklarni tibbiyot muassasalarida o’z vaqtida 
hisobga  olishni  doimiy  ravishda  tekshirib  borish  kiradi.  Buni  tekshirishda  asosiy 
e’tibor  yuqumli  kasalliklar  va  bakteriya  tashuvchilik  holatlari  to’g’risida  davlat 
sanitariya  epidemiologiya  nazorati  markaziga  o’z  vaqtida  xabar  berilganligiga 
qaratilishi  kerak.  Bir  vaqtning  o’zida  davolash-profilaktika  muassasalarida  va 
davlat  sanitariya  epidemiologiya  nazorati  markazlarida  epidemiyaga  qarshi 
o’tkazilgan  chora-tadbirlarni  to’g’ri  va  to’liq  qayd  qilinganligi  nazorat  qilinadi. 
Epidemiologning  ishida  epidemiologik  tekshirish  muhim  o’rin  tutadi.  O’ta  xavfli 
yuqumli  kasalliklar,  qorin  tifi,  virusli  gepatit,  poliomielit  va  boshqa  yuqumli 
kasalliklar  o’choqlarini  albatta  epidemiolog  vrach  tekshirishi  shart.  Epidemiolog 
vrach  yana  davolash  profilaktika  muassasalaridagi,  yotoqxonalardagi,  bolalar 
bog’chalaridagi,  maktablardagi  har  qanday  yuqumli  kasalliklar  o’chog’ini 
tekshirishi  shart.  Epidemiologik  tekshirish  natijalariga  asoslangan  holda 
epidemiolog har qaysi kasallik o’chog’ini yo’qotish bo’yicha chora-tadbirlar ishlab 
chiqadi. Bemorlarning o’z vaqtida va to’liq shifoxonaga yotqizilganligi va kasallik 
o’chog’ida  dezinfeksiya  ishlarining  o’z  vaqtida  olib  borilganligi,  yuqumli 
kasalliklar shifoxonasidan va dezinfeksiya bo’limidan olingan ma’lumotlar asosida 
nazorat  qilinadi.  Epidemiologning  yana  muhim  bir  vazifasi  yuqumli  kasalliklar 
bo’yicha oylik va yillik hisobotlar, har xil ma’lumotlar tayyorlash va epidemiyaga 
qarshi o’tkazilgan chora-tadbirlar to’g’risida tushuntirish ishlari tayyorlashdir. 
Epidemiolog  -  doimiy  ravishda  yuqumli  kasalliklar  shifoxonasida 
(bo’limlarida)  sanitariya  epidemiologiya  qoidalariga  rioya  qilish  va  boshqa 
davolash-profilaktika 
muassasalarida, 
bolalar 
muassasalarida 
(yozgi 
sog’lomlashtirish lagerlarida) oziq-ovqat korxonalari ishchilari orasida va suv bilan 
ta’minlash  korxonalari  ishchilari  orasida  epidemiyaga  qarshi  olib  boriladigan 
chora-tadbirlarning  bajarilishini  nazorat  qilib  turadi.  Epidemiologning  ish 
faoliyatiga  davlat  sanitariya  epidemiologiya  nazorati  markazlarida  va  davolash 
muassasalarida  emlash  uchun  ishlatiladigan  vaksina  va  zardoblarning  to’g’ri 
saqlanishi, ishlatilishi va hisob-kitobini kuzatib borish ham kiradi. Emlash rejasiga 
qarab  epidemiolog  tegishli  chora-tadbirlarni  qabul  qiladi.  Epidemiolog  barcha 
vrachlarga,  o’rta  tibbiyot  xodimlariga,  tuman  aholisiga  yuqumli  kasalliklarni  o’z 
vaqtida  aniqlash  va  ularga  qarshi  kurashish  ishlari  yuzasidan  yo’l-yo’riqlar 
ko’rsatib turadi. 
Epidemiolog  yana  davolash-profilaktika  muassasalarida,  shu  jumladan 
poliklinikalarning  yuqumli  kasalliklar  va  emlash  xonalarida  epidemiyaga  qarshi 
chora-tadbirlarni olib borish bo’yicha  metodik rahbarlik va nazoratini olib boradi. 
Epidemiolog  yuqorida  ko’rsatilgan  muassasalar  xizmatchilarini  majlislarida 
yuqumli  kasalliklar  va  epidemiyaga  qarshi  kurashish  chora-tadbirlarining 
muhokamasida  faol  qatnashishi  kerak  va  poliklinikadagi  yuqumli  kasalliklar  va 
epidemiyaga  qarshi  kurashish  komissiyasining  ishiga  e’tibor  berishi  kerak. 
Epidemiolog  laboratoriyalarda  tekshirishga  jalb  qilinadigan  aholini  aniqlash  va 
tekshirishni  olib  borish  rejasini  tuzishda  qatnashadi.  Epidemiologning  vazifasiga 
epidemiyaga  qarshi  kurashish  chora-tadbirlari  rsjasini  tuzish  ham  kiradi.  Bu  ish 


 
49 
sanitariya vrachlari, davolash tarmoqlari vrachlari aholining sanitariya holati bilan 
bog’liq  bo’lgan  tibbiyotga  dahldor  bo’lmagan  idoralar  xizmatchilari  bilan 
birgalikda  olib  boriladi.  Epidemiolog  epidemiyaga  qarshi  kurashish  masalalari 
bo’yicha  mahalliy  xokimlikga  qarorlar,  buyruqlar  loyihasini  tayyorlaydi  va  bu 
qaror  va  buyruqlarning  tuman  sog’liqni  saqlash  bo’limi  tomonidan  bajarilishini 
ta’minlaydi hamda nazorat qiladi. 
 

Yüklə 1,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   244




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin