№ _____ poezdga (poezd suruvchisiga) ____ yo’ldan _______ yo’l bo’ylab chiqish (o’tish, marshrut) signalining taqiq ko’rsatmasida jo’nashga va blok-post stansiya
kirish (o’tish, chiqish) signaligacha ____ km gacha harakatlanib, orqaga qaytishga ruxsat beraman.
II
№ _____ poezdga ____ yo’ldan ochiq ____ chiqish (guruh, marshrut) signali bo’yicha jo’nashga ruxsat beraman.
102. TFQ ning 257-bandiga muvofiq, kam faoliyatli uchastkalarda va shahobcha yo’llarda poezdlar harakatida aloqa vositalari sifatida elektr-jezl tizimi va telefondan foydalanishga yo’l qo’yiladi. Elektr jezl tizimida mashinistga taqdim etiladigan peregonning jezli peregonni egallash uchun ruxsat bo’lib xizmat qiladi.
103. Elektr jezl tizimi qurilmalari bir paytning o’zida jezl apparatlaridan bittadan ortiq jezlni olishga imkon bermasligi kerak. Strelka posti xonalarida o’rnatiladigan jezl apparatlari ushbu stansiya navbatchisining ruxsatisiz apparatdan jezlni olishga imkon bermasligi lozim.
104.Har bir jezlda tartib nomeri, seriyasi va peregonni chegaralovchi stansiyalarning nomi bo’lishi lozim. Har bir peregonga o’zining jezllar seriyasi to’g’ri kelishi kerak. Bir seriyadagi jezl apparatlarini kamida uch, uzellarga yaqin kelishda esa, kamida ikki peregondan so’ng o’rnatishga ruxsat beriladi. Peregonni chegaralovchi ikkala stansiyaning jezl apparatlarida peregonda poezdlar bo’lmasa, qo’shib hisoblaganda juft sonda jezllar bo’lishi lozim.
105. Peregondan stansiyaga qaytadigan suruvchi lokomotivli poezdlar jo’natiladigan stansiyalarning jezl apparatlari jezl-kalit asboblari bilan to’ldirilishi kerak.
Jezl-kalit asbobi bilan to’ldirilgan jezl apparatining tuzilishi jezl-kalit olingunga qadar asosiy jezlni olish yoki jezl-kalit olingan holatda asosiy jezlni olish imkonini bermasligi lozim.
106. Qo’shni stansiyagacha boradigan suruvchi lokomotivli poezdlar jo’natiladigan stansiyalarning jezl apparatlarida burab ochiladigan jezllar bo’lishi kerak. Har bir burab ochiladigan jezl ikki qismdan: "jezl" va "bilet" dan iborat bo’lishi lozim. Poezdlar harakati vaqtni taqsimlash sharoitida tashkil etilganida ham burab ochiladigan jezllarga ega jezl apparatlari qo’llanadi.
107. Stansiya navbatchisi peregondan kelgan poezddan olingan jezlni jezl apparatdan o’tkazmasdan turib shu peregonga jo’natilayotgan poezdga berishi mumkin; bunday holatda avval poezd yo’l olayotgan qo’shni stansiya navbatchisining roziligini olish zarur. Jezl apparatlari jezl-kalitlarga ega stansiyalarda jezllarni jezl apparatdan o’tkazmasdan topshirish taqiqlanadi.
108. Jezllar mexanik jezl almashtirgichlar yordamida yoki qo’lda, qoida bo’yicha stansiya navbatchisining xonasi oldida almashtiriladi. Qo’lda almashtirganda jezllar jezl uzatgichlarga solingan bo’lishi kerak.
Poezdlar to’xtamasdan o’tkazilganda chiqish bo’g’izlarida jezllarni almashtirish taqiqlanadi.
109. Quyidagilar taqiqlanadi:
a) poezd jo’nashga tayyor bo’lmasdan ilgari jezlni chiqarishga ruxsat so’rash, ammo poezdlarni to’xtatmasdan o’tkazish yoki jadval bo’yicha 5 minutdan ko’p to’xtamagan holatlar bundan mustasno;
b) ishlatilayotgan jezllarni apparatga solmasdan saqlash;
v) jezllarni qo’shni peregonga olib o’tish.