321
XVI BOB. 0 ‘SMIRLIK DAVRI
Reja:
1
. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari.
2
. 0 ‘smirlik davrida yetakchi faoliyat.
3. 0 ‘smir psixikasi va xulq-atvorining o‘ziga xos xususiyatlari.
4. Kattalar bilan muloqotning xususiyatlari.
5. 0 ‘smirlik davrida psixologik yangilik.
6
.Shaxs rivojlanishi va o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.
Mavzu o‘quv maqsadi:
Tarbiyaviy:
0 ‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga baho berish tizimi-
ning rivojlanish xususiyatlari, ularning ong va dunyoqarashining
shakllanishini tushuntirish orqali talabalarni o‘z-o‘zini anglash-
ga, tahlil qilishga, tarbiyalashga o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi:
Talabalarning o‘smirlik yoshdagi bolalarning
yosh va psixologik xususiyatlarini inobatga olgan holda ular bi
lan ishlash, muammoli vaziyatlarni yechish ko‘nikma-malakala-
rini rivojlantirish.
Tayanch tushunchalar:
o‘smir, yetakchi faoliyat, muloqot, psi
xologik yangilik, o‘z-o‘ziga baho berish, jinsiy yetilish jarayoni,
o‘spirinlik davriga o‘tishdagi inqiroz.
16.1. 0 ‘smirlik yoshida rivojlanishning ijtimoiy shart-sharoitlari
0 ‘smirlik 10—11 yoshlardan 14—15 yoshlargacha bolgan
davrni tashkil etadi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nis
batan jismoniy, aqliy va siyosiy jihatdan birmuncha ustunlikka
ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish
oldinroq namoyon bo‘lmoqda. Aksariyat o‘quvchilarda
0
‘smir
lik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir
bola emas, biroq katta ham emas» ayni shu ta’rif o‘smirlik davri
ning muhim xarakterini bildiradi. 0 ‘smirlik — bolalikdan katta-
likka o‘tish davri bolib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga
xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning
jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli nar-
322
salarga qiziqishi, yangilikka intilishi ortadi, xarakteri shakllana
di, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. 0 ‘smirlik ba-
log‘atga yetish davri bolib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga
taalluqli chigal masalalarning paydo bolishi bilan ham xarak-
terlanadi. Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o'zgarishlar ro'y bera
boshlaydi. Bu o'zgarishlar fiziologik hamda psixologik o'zgarish-
lardir. Bo‘yga o'sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5—7 sm o'ssa-
lar, o‘g‘il bolalar 5—10 sm o'sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon
ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi
hisobiga ro‘y beradi.
O glz bo‘shlig‘i va halqumdagi o'zgarishlar oqibatida tovush
tembri ham o'zgaradi. Bu o'g'il bolalarda qiz bolalarga nisbatan
ko'proq darajada sodir boladi. O'g'il bolalarning tovushi vaz-
minroq bolib qoladi, do'rillaydi.
Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o'ssa ham,
mustahkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo'l suyaklarining
o'sish sur’ati orqada qoladi. O'smirlarda bu xususiyat ularning
beso'naqay xatti-harakatlarida, yurish-turishlaridagi qo'pollikka,
katta-katta odim tashlashlariga sabab boladi.
Fiziologik o'zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va bu bilan
bogliq ravishda tanadagi barcha a’zolarning mukammal rivoj
lanishi va o'sishi, hujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan
shakllana boshlashida namoyon boladi. Organizmdagi o'zga
rishlar bevosita o'smir endokrin sistemasining o'zgarishlari bilan
bog'liqdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri gipofiz bezi-
ning funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to'qimalari-
ning o'sishi va muhim ichki sekretsiya bezlarining (qalqonsimon
bez, buyrak usti bezi va jinsiy bezlar) ishlashini kuchaytiradi.
Natijada bo'y o'sishi tezlashadi, jinsiy balog'atga yetish (jinsiy or-
ganlarning rivojlanishi, ikkilamchi jinsiy bezlarning paydo b o li
shi) amalga oshadi. Ko'krak qafasi ham gavdaning bo'y o'sishiga
nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o'smirlarning
yelkasi, ko'kragi tor bolib qoladi, bu esa o'z navbatida kislo-
rod yetishmasligiga, nafas qisishiga olib keladi. Kislorod yetish-
323
masligi natijasida ruhiy faoliyatga putur yetadi. Bu davrda yurak
kengayishi bilan qon tomirlari ham yo‘g‘onlashadi. Qon aylanish
sistemasining qayta qurilishi, vegetativ nerv sistemasidagi barqa
rorlik qon aylanishini buzadi va o‘smirda ba’zi qon bosimining
ortishi ro‘y beradi.
Bu davrda ayniqsa jinsiy bezlar faoliyati kuchayadi. 0 ‘smirda
ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik
dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. 0 ‘smirlik yoshida
ularning xulq-atvoriga xos bolgan alohida xususiyatlarni jinsiy
yetilishning boshlanishi bilan izohlab bolmaydi. Jinsiy yetilish
o‘smir xulq-atvoriga asosiy biologik omil sifatida ta’sir ko‘rsatib,
bu ta’sir bevosita emas, balki ko‘proq bilvositadir.
0 ‘smirlar o‘zlarini kattalardek tutishga harakat qiladilar. Ular
o‘zlarining layoqat, qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada
o‘rtoqlari va o‘qituvchilariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu holatni
oddiy kuzatish yoli bilan ham osongina ko‘rish mumkin. 0 ‘smir
lik davri «o‘tish davri», «krizis davr», «qiyin davr» kabi nom-
larni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki,
bu yoshdagi o‘smirlarning xatti-harakatida muqobil, yangi sha-
roitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari
ham kuzatiladi. 0 ‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni «psi
xik rivojlanishdagi inqiroz» deb nomlagan. Kichik maktab davri-
dan so‘ng bola alohida olingan shaxs sifatida o‘z-o‘ziga muno-
sabatini shakllantirish jarayonida asosan ikki bosqichni boshidan
kechiradi. Bu bosqichlar o‘smirlik yoshini ikki xil davrga — ki
chik o‘smirlik davri va katta o‘smirlik davrlariga to‘g‘ri keladi.
Birinchi bosqichda o‘smir o‘zini «bola»lardan ajratib, endi o‘zini
kattalar olamiga mansubligini ta’kidlamoqchidek boladi. Katta
lar hayotiga kirishga qiziqish o‘smirlarning asosiy xarakteristika-
lari hisoblanadi.
Bu davr uchun kattalarning xatti-harakatlariga taqlid qilish
va o‘zining mana shu yarashmagan qiliqlariga tanqidiy baho be
ra olmaslik, uning katta yoshli kishilarga yaqin bolishi, yordam
berayotgan bir guruh tengdoshlari bilan ortiq darajada bogliq
324
bo‘lib qolishi va shu singari holatlar xarakterlidir. Ikkinchi bos-
qichda o‘smir endi o‘zining yosh bola emasligiga shubha qilmay-
di va o‘zligini aniq anglay boshlaydi, o‘z shaxsini uluglab, o‘ziga
xos harakatlar qila boshlaydi. 0 ‘smirlarni o‘z shaxslari haqidagi
fikrlar ko‘proq qiziqtiradi, ular o‘zlarini bilishga, maqsadli rivoj-
lantirishga, tarbiyalashga harakat qiladilar.
0
‘smirlik davrida ichki erkinlikning o‘sishida, o‘z-o‘zini
anglash layoqatlarida, mustaqil xatti-harakatlarida katta sifat
o‘zgarishlari yuz beradi. Bunday o‘zgarishlarning yuzaga kelishi-
da irodaning ham ahamiyati katta. Iroda oliy psixik funksiya si
fatida o‘smirning erkin harakat qilish quroli, shuningdek, shax-
si rivojining magistral chizig‘i bo‘lib hisoblanadi. Bu davrga kelib
uning harakatlari o‘zi bilan o‘rtoq bolgan bir guruh tengdosh-
lariga bogliq bolmay qoladi. 0 ‘rtoqlari o‘smirga o‘zi to‘g‘risida-
gi noto‘g‘ri tasavvurlardan qaytib, jiddiy o‘ylab ko‘rishga uni maj-
bur qilmoqchi bolganlarida ham u bemalol rad javobini berishi va
o‘z fikrida qat’iy turib himoya qilishi mumkin. Bu davrda o‘zga
kishilarning ichki dunyosiga ortiqcha qiziqish bilan qarash va o‘z
xatti-harakatlarini o‘zi tahlil qilish, o‘z-o‘zini tarbiyalashning ele-
mentlarini yuzaga kelishi mana shu ikkinchi bosqichdagi o‘smir-
lar hayotiga xos xususiyatlardir. 0 ‘smirlik davriga ko‘pincha so‘zga
kirmaslik, o‘jarlik, tajanglik, o‘z kamchiliklarini tan olmaslik,
urushqoqlik kabi salbiy xususiyatlar xosdir. 0 ‘smirlar hayotda,
ekranda va kitoblarda kattalarning mustaqilligini va erkinligini,
ularning katta va qiziqarli ishlarini, dadil harakatlarini, qahra-
monliklarini, atrofdagilar orasidagi obrolarini ko‘radilar hamda
havas qiladilar. 0 ‘smirda katta yoshli odam bolishga yoki hech
bolmaganda katta yoshli odam bolib ko‘rinishga qiziqish, intilish
paydo boladi va bu xohishni amalga oshirish unga osondek bolib
ko‘rinadi. 0 ‘smirlarning ehtiyojlari va imkoniyatlarining o‘zaro
mos kelmasligi o‘smirlar bilan ota-onalari, o‘qituvchilari va bosh
qa murabbiylari o‘rtasida qarama-qarshilikni keltirib chiqaradi.
0
‘smir o‘zining juda ko‘p istaklari, «xohlayman»larini amal
ga oshirishga intiladi: katta yoshli odamlar ega bolgan ham-
325
ma narsalardan foydalanishga, erkin, mustaqil va ozod bolish-
ga intiladi. Tevarak-atrofdagi odamlarga o‘zining ahamiyatga ega
ekanini ko‘rsatish uchun u kuchli, qo‘rqmas va epchil bolishga
intiladi. Tarbiyachilar ham o‘z tarbiyalanuvchilari xuddi shunday
bolishlarini istaydilar, ammo ular ana shu fazilatlarning faqat
«kerakligi» uchun shunday bolishini istaydilar. Ana shunday
«xohlayman» va «kerak» o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar ba’zan
oilada, maktabda keskin ziddiyatli vaziyatlarni yuzaga keltira-
di. Tarbiyalangan odamda «xohlayman» faqat «kerak»ni baja
rish orqaligina amalga oshiriladi. Agar o‘smir bola tushunishga
o‘rgatilmagan bolsa va «kerak» bolgan narsani bajarishga odat-
lanmagan bolsa, u o‘zboshimchaligini namoyon qilish orqa
li tarbiyachilarning talablariga qarshilik qiladi hamda o‘zining
shaxsiy asoslanilmagan xohishlari asosida ish tutadi. 0 ‘smirning
yangi huquqlarga da’vosi, avvalo, kattalar bilan o‘zaro muno
sabatlarning butun muhitiga oid boladi. 0 ‘smir avval bajonidil
bajaradigan talablarga endi qarshilik ko‘rsata boshlaydi: uning
mustaqilligini cheklashganda, vasiylik qilishganda, yo‘naltirish-
ganda, nazorat qilishganda, quloq solishni talab qilishganda, ja-
zolashganda, uning qiziqishlari, munosabatlari va fikrlari bilan
hisoblashishmaganda u juda xafa boladi va norozilik bildiradi.
0
‘smirda o‘z qadrini bilish hissi paydo boladi va u o‘zini kam-
sitish, mustaqillik huquqidan mahrum qilish mumkin bolmagan
inson, deb biladi. Bolalikdagi kattalar bilan bolgan munosabat
haqidagi fikrlari o‘zgaradi va uning o‘z kattaligi darajasi haqidagi
tasavvurlari bilan mos kelmay qoladi. U kattalar huquqini chek-
laydi, o‘zinikini esa kengaytiradi. Kattalarning o‘z shaxsi va in-
soniylik qadrini hurmat qilishlarini xohlaydi, ishonch va musta
qillik namoyon etishga da’vo qiladi, ya’ni kattalar bilan ma’lum
teng huquqlilikka va ularning shu narsani tan olishlariga eri-
shishga harakat qiladi.
0
‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya qilish
xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning
xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar.
326
0
‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib
qolishlari ham mumkin. 0 ‘smir katta odam, shuningdek, che-
kuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o‘zini noqulay his qiladi.
Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan
kattalarga yaqin bolgan o‘smirda juda ko‘p noqulay va tashvishga
tushuvchi holatlar boladi va ular o‘smirda krizisni yuzaga kelti-
rib chiqaradi. Bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi, shuningdek,
psixikasidagi o‘zgarishlar bilan ham bogliqdir. Bu davrda bola
ning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi, o‘zining yaqinlari, do‘stlari, teng
doshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. Lekin eng katta
o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. Ko‘pgina o‘smir-
larda o‘zidan qoniqmaslik holati kuzatiladi. Shuningdek, o‘zi ha
qidagi mavjud fikrlarining bugun unda sodir bolayotgan o‘zga-
rishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirning asabiylashishiga olib
keladi. Bu esa o'smirda o‘zi haqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuza
ga keltirishi mumkin. Ba’zi o‘smirlarni nima uchun atrofdagilar,
kattalar, shuningdek, ota-onasiga qarshi chiqayotganligini anglay
olmayotganligi tashvishga soladi. Bu holat ularni ichdan asabiy-
lashishlariga sabab boladi va o‘smirlik davri inqirozi yuzaga ke
ladi. Krizis boladagi mavjud tushkunlik, yolglzlikka intilish,
passivlik yoki aksi, o‘jarlik, qaysarlik, agressivlik, hayotga salbiy
munosabatlarning kechishida namoyon boladi. Bunday paytlarda
u o‘zi singari katta fiziologik, psixologik o‘zgarishlar kechayotgan
o‘rtog‘i bilan muloqot qilishga katta ehtiyoj sezadi. Do‘sti o‘smir-
ga ijobiy ta’sir qiladimi yoki uni yoldan urib, yomon ta’sir qiladi-
mi — bu narsa uning axloqiy qiyofasi bilan bogliq.
0
‘rtoqlarining ta’siri ostida o‘smir o‘zining ehtiyojlari va is-
taklarini qondirishi mumkin. Agarda bundan qanoatlanish un
ga katta mamnunlik baglshlasa, bunday hollarda uning ba’zi
bir harakat yoki qiliqlarga nisbatan bolgan tasodifiy qiziqish
lari dastavval ishtiyoqqa, undan keyin ehtiros yoki odatga aylani-
shi mumkin. Ana shunday yol bilan o‘quvchilarda, masalan,
matematikaga, fizika yoki ximiyaga, duradgorlik, slesarlik yoki
qandaydir boshqa bir ishlarga nisbatan ishtiyoq yuzaga keladi,
327
ammo o‘quvchilar xuddi shunday yo‘l bilan yolg‘onchilikka, be-
zorilikka va boshqa axloqsiz xatti-harakatlarga ham o'rganib qo-
lishlari mumkin.
0
‘smirlik davridagi barcha nomunosib harakatlar bir on-
da o‘tib ketadigan xohishlarning ko‘pligidan va kelib chiqadigan
oqibatni nihoyatda yuza tarzda ko‘ra bilishlikdan kelib chiqadi.
Deyarli barcha zararli xohishlar oldin zararsiz va yengillik bilan
amalga oshiriladigandek bo‘lib ko‘rinadigan ko‘ngil ochish tar-
zidagi ishlardan boshlanadi. Biroq, aslida esa bu ishlarni amal
ga oshirishga o'smirlarning imkoniyatlari yetmaydi. Bunga shaxs
taraqqiyotining tabiiy ehtiyojlari ta’sir qiladi. Agarda o‘smir bola
lar faqat bajara oladigan ishlarni qilganlarida edi, ular o‘zlarining
psixik xususiyatlarini rivojlantira olmagan bo‘lar edilar. 0 ‘smir-
lar, o‘zlarining turli xil xohishlarini bevosita qondirishdan bo‘lak
narsani ko‘ra olmaydilar va bunday xohishlar xatarli oqibatlar-
ga tomon yo‘llaganda o‘zlarini vaqtida to‘xtatib qola olmasliklari
ham mumkin. 0 ‘quvchilarni o‘z xatti-harakatlarining oqibatla-
rini oldindan ko‘ra bilishga va o‘zlarini tuta bilishga o‘rgatish tar-
biyachilarning asosiy vazifasidir.
0
‘smirlar haddan tashqari g‘ayratli va besaramjon boladilar,
ular uchun bekorchilik juda oglrdir, bir xil tarzdagi ishlardan
tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo‘yadilar, bu esa
ularning ta’lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta’sir qiladi.
Binobarin, o‘smirlarga muvaffaqiyatli ta’lim va tarbiya berishda
ularni turli faoliyatlarga qiziqtirish va turli xil foydali mashg‘ulot-
larga jalb qilish hamda qiyinroq, lekin kuchlari yetadigan ishlar
bilan shug'ullantirish nihoyatda muhimdir.
« 0 ‘smirlik yoshining mohiyati shundan iboratki, o‘smir bir
muncha faolroq ijtimoiy muhitga yetilgan bolib, bolalik chog‘ida
vujudga kelgan eski munosabatlarni buzib, ana shu muhit uchun
kurasha boshlaydi». Har bir o‘smir muvaffaqiyatli ishlar bilan te
varak-atrofdagi odamlar o‘rtasida o‘z shaxsini tasdiqlashga intiladi.
Kattalar o'smirlarning foydali jamoa ishlarida muvaffaqi
yatga erishishlarida yordam berishlari va bu bilan ularning o‘z
328
qadr-qimmatlarini namoyon qilishlariga imkon berishlari lozim.
Aks holda ular boshqalarning oldida o‘zlarini yuqori qo‘yishlari,
bepisandlik qilishlari mumkin. Buni ular o‘zlarining qadr-qim-
matlari tan olinmaganligi yoki kamsitilganligiga qarshi chiqib,
salbiy ishlar va xatti-harakatlar orqali amalga oshirishlari mum
kin bo‘ladi.
0
‘smirlar nihoyatda taqlidchan bolib, ularda hali aniq bir
fikr, dunyoqarash shakllanmagan boladi. Ular tashqi ta’sirlarga
va hissiyotlarga juda beriluvchan boladilar. Shuningdek, ularga
mardlik, jasurlik, tantiqlik ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluv-
chanlik o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab boladi,
lekin bu shaxsiy fikr aksariyat hollarda asoslanmagan boladi.
Shuning uchun ham ular ota-onalarning, atrofdagi kattalarning,
ustozlarning to‘g‘ri yolni ko‘rsatishlariga qaramay, o‘z fikrlarini
olkazishga harakat qiladilar. 0 ‘smirlarga farosatlilik, tejamkor-
lik, ehtiyotkorlik va uzoqni k o la bilishlik kabi psixik xususi
yatlar hali yetishmaydi. Tengdoshlari, shuningdek, sinfdoshlari
guruhida o‘smir o‘zining kelishuvchanlik xususiyati bilan namo
yon boladi. 0 ‘smir o‘z guruhiga bogliq va qaram bolgani hol
da shu guruhning umumiy fikriga qo‘shilishiga va uning qarori-
ni doimo bajarishga tayyor boladi. Guruh ko‘pincha o‘smirda
«biz» hissining shakllanishiga yordam beradi va uning ichki ho-
latini mustahkamlaydi. 0 ‘smir yoshdagi bola uchun do‘st tan-
lash juda katta ahamiyatga ega. 0 ‘smirlik davrida do‘stlik juda
qadrli hisoblanadi. Do‘stlar doimiy ravishda ruhan, qalban yaqin
bolishga ehtiyoj sezadilar. Bu ehtiyoj o‘smir do‘stlarning hol-ah-
vol so‘rashishi va ko'rishishlarida (qo‘1 berib, quchoq ochib ko‘ri-
shish) birga olirish va birga yurishga harakat qilishlarida ko‘rina-
di. Ko‘pgina ana shunday juda yaqin munosabatlar, o‘smirlarning
shaxs bolib shakllanishida, hamkorlikdagi harakatlarining izi in
son qalbi va xotirasida bir umrga saqlanib qoladi.
0
‘smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlari-
ning kuchlari yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydo boladi.
Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga kelti-
329
ruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehti
yojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda
ko‘p jihatdan yetarli bo'lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qara-
ma-qarshilikdir. 0 ‘smirning o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni
butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi bo‘lib qolgan-
ligini ta’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu
tuyg‘uni yetarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi.
Bu o‘z navbatida kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va agres-
sivlikni hamda ota-onalar bilan o'qituvchilarning maslahat va ta-
lablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham kel
tirib chiqaradi.
«Oltinchi sinf muammolari»ga bag‘ishlangan tadqiqot ishi-
da shu yoshdagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari va turli xil
fanlar bo‘yicha o‘zlashtirishning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarning o‘sib borishi quyidagicha namoyon bo‘lgan: ol
tinchi sinf o‘quvchilari to‘rtinchi sinfga nisbatan 6 marta ko‘proq
qaysarlik qilishlari, 10 marta ko‘proq o‘qituvchilarga qarshilik
ko‘rsatishlari, 7 marta ko‘proq boshqalar irodasiga to‘sqinlik qi
lishlari, 9 marta ko‘proq boshqalar kamchiliklariga e’tibor be
rish lari, 5 marta ko‘proq faqat o‘z xohish-istaklariga bo‘ysunish-
lari va nihoyat 42 marta ko‘proq o‘z xatti-harakatlari motivlariga
ega bo‘lmasliklari aniqlangan (Krakovskiy A.P. 1970).
Dostları ilə paylaş: |