Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti


Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli



Yüklə 357,76 Kb.
səhifə36/60
tarix16.03.2023
ölçüsü357,76 Kb.
#124170
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Qarshi davlat universiteti filologiya fakulteti (1)

9. Yozuv malakasini ongli o‘zlashtirish usuli. Husnixat qoidalarini yaxshi bilish, yozuv malakasining to‘g‘ri shakllanishiga yaqindan yordam beradi.Chiroyli yozuv qoidalarini qisqa va tushunarli qilib berish lozim, shundagina o‘quvchilar uni to‘liq o‘zlashtiradi va amalda qo‘llaydi.
10. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli. Qo‘l harakatini mashq qildirish usuli bolalarning charchagan a’zolarini dam olishiga va yozuvsifatiga katta ta’sir etadi.
O‘quvchilarga dars jarayonida bajariladigan mashqalar oddiy bo‘lib, kam vaqt olishi, o‘quvchining jismoniy jihatdan o‘sishiga, qo‘l va barmoq muskullarining chiniqishiga, qaddi-qomatining to‘liq, erkin tutishlariga yordam berishi lozim. Yozuv darslarida 8-10 daqiqa o‘tgandan so‘ng o‘quvchilar betoqat bo‘lib, charchash alomatlari ko‘zga tashlanadi.
1-4-sinflarda husnixat darslari
1. Husnixat darslarini tashkil etish. Boshlang‘ich sinflar dasturi bo‘yicha 1-4-sinf ona tili darslari jarayonida chiroyli shakllantirish rejalashtirilgan.
Dasturga ko‘ra 1-sinfda husnixatga o‘rgatish savod o‘rgatish bilan bir paytda amalga oshiriladi. Bunda o‘quvchilar husnixatning gigienik talablariga rioya qilishlari, harflarni garfik jihatdan to‘g‘ri shakllantirishlari, ulashlari, ritm asosida yozishlari nazarda tutiladi. ”1-sinfda o‘quv yilining 2-yarmidan boshlab husnixat malakalari takomillashtirib boriladi. Shuningdek, 2-4-sinflarda esa har bir ona tili darsining 5-8 daqiqasi “Husnixat daqiqasi”ga ajratiladi“.5
1-sinfning 2-yarim yilligida o‘qituvchi husnixatga o‘rgatishni ona tili darslariga qo‘shib olib borsa ham, o‘z ishlarini rejalashtirib olishlari zarur. Bunda harflar unsurining qiyaligiga, harflar bo‘yining tengligiga, harflar va so‘zlar orasidagi oraliq masofalarning teng bo‘lishiga e’tibor berilishi kerak.
Savod o‘rgatishdan keyin yozuv sharti ham o‘zgaradi. O‘quvchilar daftarlarida harf namunalarining yo‘qligi sababli ular qo‘shimcha bir qancha shartlarni bajarishlari zarur. Jumladan, bosma harflarni yozma harflarga aylantirish, ulanishini aniqlay olishlari va so‘zlarni qatorlarga to‘g‘ri joylashtirishni mustaqil amal oshirishlari kerak. Bundan tashqari mashq shartlarini ham bajarishlari darkor. Shuning uchun o‘qituvchi yozuv materiallarini ko‘zdan kechirib, yordamga muhtoj holatlarni o‘ziga belgilab olishi va qisqa izohlashlardan foydalanish zarur.

Yüklə 357,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin