imzo qo‘yuvchi ― XMI/XHMT bilan moliyaviy bitimni imzolashga vakolatli vazirlik, idora, tashkilot rahbari yoki uning o‘rinbosari;
loyiha oldi hujjatlari ― baholash hujjati, xaridlar rejasi, loyihaning TIA va xarid hujjatlarini qamrab olgan hamda taklif etilgan parametrlarda loyihani amalga oshirishning imkoniyati va muvofiqligini asoslab beruvchi hujjatlar;
loyiha hujjatlari ― loyihaning tasdiqlangan TIA asosida ishlab chiqilayotgan hamda qurilishning smeta qiymati, arxitektura-shaharsozlik va texnik yechimlarini qamrab olgan hujjatlar;
Oldingitahrirga qarang. loyiha ofisi ― XMI/XHMT ishtirokida loyihalarni amalga oshirish sohasida LAOG va ijro agentliklari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilishni ta’minlovchi O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi) funksiyasi;
(3-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 20-dekabrdagi PF-36-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 06/21/36/1175-son) loyiha bitimi ― loyiha tashabbuskori yoki loyiha ijro agentligi bilan bilan XMI/XHMT o‘rtasidagi bitim;
XMI/XHMT xaridlar bo‘yicha rahbarligi ― XMI/XHMT tomonidan tasdiqlangan, XMI/XHMT loyiha bo‘yicha tovarlar (ishlar va xizmatlar) xaridini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha talablarni nazarda tutgan hujjatlar;
qayta kreditlash to‘g‘risida bitim ― loyiha doirasida jalb etilgan qarz (kredit) mablag‘laridan foydalanish, hisobga olish va qaytarish maqsadlarida tuzish zarurati tug‘ilgan qayta kreditlash to‘g‘risida bitim, agentlik bitimi, huquq va talablarni boshqacha topshirish bitimi, subsidiar bitim, subkredit yoki subqarz bitim yoki boshqa bitimlar;
O‘zbekiston Respublikaning XMI/XHMT bilan hamkorlik strategiyasi (dasturi) ― XMI/XHMT hisobidan moliyalashtirish taklif etilayotgan loyihalar ro‘yxatini qamrab olgan, O‘zbekiston Respublikasining XMI/XHMT bilan ma’lum vaqtga mo‘ljallangan hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi hujjat;