Ўзбекистон республикаси олий ва



Yüklə 0,63 Mb.
səhifə5/9
tarix17.11.2018
ölçüsü0,63 Mb.
#84089
1   2   3   4   5   6   7   8   9

YAcheykalarni to`ldirish


YAcheykaga ma`lumotlar kiritish uchun uni aktiv qilish va ma`lumotlarni klaviaturadan kiritish lozim. Ma`lumotlar yacheykada va tahrir qilish satrida (8-rasm) paydo bo`ladi. Kiritishni oxiriga etkazish uchun Enter yoki kursorni boshqarish klavishalaridan birini bosish lozim. Ma`lumotlarni kiritish jarayoni tugallanadi va qo`shni yacheyka aktiv bo`lib qoladi.

YAcheykadagi ma`lumotlarni tahrir qilish uchun quyidagilar zarur:



  • yacheykani aktiv qilish va F2 klavishasini yoki yacheykada sichqon bilan ikki marotaba bosish;

  • yacheykada matn kursori paydo bo`ladi, uni kursorni boshqarish klavishalari yordamida siljitish mumkin;

  • ma`lumotlarni tahrir qilish;

  • tahrir qilish rejimidan Enter klavishasi bilan chiqish.

Diqqat! Microsoft Excel istalgan komandasini bajarishdan avval yacheyka bilan ishlashni yakunlash, ya`ni kirish yoki tahrir qilish rejimidan chiqish lozim.

Operatsiyalarni bekor qilish


Ma`lumotlar ustidagi oxirgi operatsiyani bekor qilish uchun Pravka menyusida Otmenit’ komandasini tanlash yoki tugmasini bosish darkor. Agar ushbu tugma yonidagi strelkasi bosilsa, joriy seansda bajarilgan operatsiyalar ro`yxati ochiladi. Bir operatsiya nomi ustida bosib, uni va undan so`ng bajarilgan barcha operatsiyalarni bekor qilish mumkin.

Oxirgi bekor qilingan operatsiyani qaytarish uchun Pravka menyusida Povtorit’komandasini tanlash yoki tugmasini bosish darkor. Bekor qilingan operatsiyalar ro`yxatini ko`rib chiqish uchun ushbu tugma yonidagi strelkasini bosish zarur.


Ish kitobini yaratish


YAngi ish kitobini yaratish uchun Fayl menyusida Sozdat’ komandasini tanlash kerak. Ochilgan dialog oynasida (9-rasm) ular asosida ish kitobi yaratiladigan vkladishni, so`ngra esa shablonni tanlash, keyin OK tugmasini bosish talab qilinadi. Odatiy ish kitoblari Kniga shabloni asosida yaratiladi. Kniga shabloni asosida ish kitobini yaratish uchun tugmasini bosish mumkin.

9-rasm

10-rasm

Ish kitobini ochish


m
11-расм

avjud ish kitobini ochish uchun Fayl menyusida Otkrit’ komandasini tanlash yoki tugmasini bosish zarur, shundan so`ng Otkritie dokumenta dialog oynasi (10-rasm) ochiladi. Papka ro`yxati maydonida kerakli ish kitobi joylashgan disk tanlanadi. Pastroqda joylashgan ro`yxatda kitob solingan papka va kitobning o`zi (ikki marta bosish bilan) tanlanadi.

Agar o`zgartirilmagan bo`lsa papkada faqat xls rasshireniega ega va belgilari 11-rasmda keltirilgan Microsoft Excel kitoblari solingan fayllar bo`ladi. Boshqa fayllar turlarini yoki barcha fayllarni chiqarish uchun Tip faylov ro`yxati maydonida tegishli turni tanlash lozim.



12-rasm

Ish kitobini saqlash


Ish kitobini saqlash uchun Fayl menyusining Soxranit’ komandasini chaqirish yoki tugmasini bosish lozim. Birinchi saqlashda Soxranenie dokumenta dialog oynasi (12-rasm) paydo bo`ladi. Papka ro`yxati maydonida diskni, pastroqda joylashgan ro`yxatda esa kitobni saqlash lozim bo`lgan papkani tanlash zarur. Tip fayla ro`yxat maydonida kitob saqlanadigan format tanlanadi. Imya fayla maydonida kitob nomini kiritish va Soxranit’ tugmasini bosish darkor.

Takroran saqlashda Soxranenie dokumenta dialog oynasi chiqarilmaydi, kitob avtomatik tarzda shu faylning o`zida saqlanadi. Kitobni boshqa nom bilan yoki boshqa papkada saqlash uchun Fayl menyusida Soxranit’ kak komandasini tanlash zarur, shundan so`ng Soxranenie dokumenta oynasi paydo bo`ladi.


Ish kitobini yopish


Ish kitobini yopish uchun Fayl menyusida Zakrit’ komandasini tanlash yoki kitob oynasining tugmasini bosish lozim.

Microsoft Excel bilan ishlashni yakunlash


Microsoft Excel bilan ishlashni yakunlash uchun dastur oynasini yopish lozim (dastur oynasining tugmasini yoki Alt + F4 klavishalar birikmasini bosish).
Topshiriqlar:

  1. Excel dasturiga kiring. Pusk  Programmi  Microsoft Excel.

  2. Uning bosh menyusini ko`ring. Bosh menyusiWord dasturinngg bosh menyusidan nima bilan farq qilishini aniqlang.

  3. Sodda berilganlar bazasini tashkil qiling. Masalan, guruhingiz talabalarini ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash joyi, tug`ilgan yili, yoshi, kursi, fakulhteti, sotsial holati va boshqa parametrlari bo`yicha berilganlar bazasini yarating. YAcheykalar bilan ishlang. Blokga yacheyklarni oling. Ustun, satr, blok va jadvallarni ajrating.

  4. Sonlarni va formulalarni kiriting. YAcheykaga C1+F5 qiymatni kiriting.

  5. Satrlarning balandligi va ustunlarning kengligini o`zgartirib ko`ring. Buning uchun Format  Stroka razmer yoki Format  Stolbets razmer ko`rinishidagi buyruqlarni bajaring.

  6. Menyuning Servis bo`limiga kiring, Razreshit` peretaskivanie yacheek bo`limin topib, bayroq quyilganini aniqlang, quyilmagan bo`lsa, quying.

  7. A ustunning kenligini shunday o`zgartiringki, unda matn to`liq ko`ringan bo`lsin, V,S D ustunlarning kengligini esa minimal qiling.

  8. Menyu yordamida 1 raqamli satr balandligini 30 ga teng qilib o`zgartiring.

  9. 1 raqamli satr balandligini boshlang`ich qilib tayinlang.

  10. 2015 yilda o`zingizning yoshingizni aniqlang.

  11. A1 yacheykada matnni taxrilab chiqing. Matnda sizning ismingiz, familiyangiz, otangizning ismi bo`lsin.

  12. A1:D1 blokni ajratib, uni bir satr pastga suring.

  13. 3, 5, 7 satrlarga A1:D1 blokni ko`chiring. 7 raqamli satrni ajrating va ajratilgan berilganlar bilan to`ldiring. S ustunni nusxa qiling va E, G, 6 ustunlarga nusxa qiling. A10:G15 blokni ajrating va uni tozalang. G9 yacheykaning berilganlarini o`chiring. E ustunni olib tashlang. E ustunni bo`sh joyni saqlab qolgan holatda olib tashlang.

  14. Sichqoncha yordamida V4 yacheykani navbatdagi yacheykaga aylantiring.

  15. A1 YAcheykaga kursor va klavishalar yordamida qayting.

  16. List 6 navbatdagi listga aylantiring.

  17. 3 satrni belgilang.

  18. Belgilashni inkor eting.

  19. K ustunni belgilang. Siqoncha yordamida A1:E13 blokni ajrating.

  20. A,B,C,D ustunlarni ajrating. Ajratishni inkor eting. Ishchi listni ajaritng.

  21. Ajratishni inkor eting.

  22. A1 yacheykaga matnni kiriting, masalan mening tug`ilgan joyim..

13- Amaliy mashg`ulot

Elektron jadvallar yaratishda formulalar va funktsiyalardan foydalanish

Maqsadi: Microsoft Excel elektron jadvallar yaratishda formulalar va funktsiyalarni o`rgatish.

Texnik vositalar: Komp`yuter, Windows tizimi bilan birgalikda Microsoft Excel dasturi, Proektor.

Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin