Ekologik omillar va ularning guruhlarga boplinishi.
Koppchilik olimlarning taxminlariga qaraganda, Yer bundan 4,5 milliard yil ilgari paydo bolgan bolsa birinchi jonli organizmlar bundan taxminan uch yarim milliard yil ilgari vujudga kelgan. SHu davr ichida bir hujayrali geterotrof va avtotrof organizmlar, taraqqiyotning sopnggi va enq yuksak bosqichida turgan gulli opsimliklar, sutemizuvchi hayvonlar va inson ham tashqi muhitning tapsiri hamda aksincha, shu organizmlarning tashqi muhitga koprsatadigan tapsiri asosida rivojlanib kelgan. YApni tashqi muhitning opzgarishiga moslasha olgan opsimlik va hayvon individlari saqlanib qolgan va opsib - rivojlanib Yer kurrasining kattagina kengliklarini ishgpol qilib borgan. Demak, tashqi muhit bilan o`zaro bogplanmagan va uning tapsirida boplmagan tirik organizmlarning (shu jumladan, inson) hayotini tasavvur etish mumkin emas. Tashqi muhit omillari jonli organizmlarga uch xil: minimal, optimal va maksimal darajada tapsir etadi. Har qanday jonli organizm murakkab va opzgaruvchan dunyoda yashaydi, doimiy ravishda ana shunday sharoitga moslashib boradi va opzining hayotiy faoliyatini uning opzgarishiga qarab tartibga soladi. Saiyoramizdagi jonli organizmlar opzlarining rivojlanish tarixida toprtta yashash muhitini opzlashtirdilar. Suv muhiti birinchisi hisoblanadi. CHunki dastlabki jonli organizmlar ana shu muhitda paydo bo`lgan. Keyinchalik organizmlar asta-sekin quruqlikni va havoni egallay boshladilar. Bularning hayotiy faoliyati natijasida tuproq hosil bopladi va ular shu tuproq muhitida yashashni opzlashtiradilar. Oxirgi toprtinchi maxsus yashash muhiti bu jonli organizmlarning opzlari bo`lib, ular maplum bir organizmlarda yashaydigan boshqa organizmlar (parazit yoki simbiontlar)da hayot kechiradilar.
Organizmlarning tashqi muhit sharoitlariga moslashishi adaptatsiya deyiladi. Organizmlarning adaptatsiyalanishi bu hayotning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Organizmlarning bu xususiyati ularning tirikligini, koppayishini, yashovchanligini tapminlaydi.
Organizmlarga tapsir koprsatadigan tashqi muhit omillariga ekologik omillar deb ataladi. Organizmlarning yer yuzida tarqalishiga va rivojlanishiga tapsir koprsatuvchi har bir tashqi muhit elementiga ekologik omil deyiladi. Ekologik omillar uch gruppaga boplinadi:
1. Abiotik omillar iqlim, harorat, radioaktiv nurlar, yorug`lik, havo oqimi, shamol, havo namligi, suvning tuz tarkibi, tuproq va relef. Bular hammasi jonsiz tabiatga xos xususiyatlar bo`lib, jonli organizmlarning rivojlanishiga bevosita va bilvosita tapsir koprsatadi.
2. Biotik omillar — barcha jonli organizmlarning o`zaro tapsiri. Har bir organizm doimiy ravishda boshqa organizmlarning bevosita yoki bilvosita tapsirini sezibturadi.Opsimliklar, hayvonlar va mikroorganizmlarning o`zaro tapsiri biotik omillar deb hisoblanadi. Organizmlarning o`zaro bogplanishi bu biotsenozlar va populyatsiyalarning mavjudligiga asoslangandir, bu masala bilan sinekologiya fani shugpullanadi.
Dostları ilə paylaş: |