Mundarija kirish I. Bob. Boʻshliqichlilar (Cnidaria) tipi umumiy tavsifi


Boʻshliqichlilar tipining klassifikatsiyasi



Yüklə 38,91 Kb.
səhifə4/9
tarix27.03.2023
ölçüsü38,91 Kb.
#124421
1   2   3   4   5   6   7   8   9
tayyor

1.2.Boʻshliqichlilar tipining klassifikatsiyasi.
Bo‘shliqichlilar (Cnidaria) avlodlari orasida bir necha 10 mmli mayda formalaridan tortib tanasi bir necha metrli formalari ham mavjud.
Hozirgi davrda fanga ma’lum bo‘lgan kovakichlilarning 10 mingga yaqin turi bo‘lib, shundan 20 ta turi chuchuk suvlarda uchraydi. 3 sinf 18 ta turkumga bo‘linadi.
1. Korall poliplar (Anthozoa) sinfi.
2. Medusozoa taksoni. Ssifoid meduzalar (Scyphozoa) sinfi.
3. Gidrasimonlar (Hydrozoa) sinfi.
Klassifikatsiyasi. Ssifomeduzalar 5 turkumga bo‘linadi. Stavromeduzalar (Stauromedusae) turkumiga o‘troq yashovchi bir necha tur kiradi. Meduzalar poya-chasi yordamida substratga yopishib yashaydi. Hayot siklida nasl almashinishi bo‘lmaydi. Planula lichinkasi bevosita yosh meduzaga aylanadi. Asosiy vakillaridan lyutsernariya (Lucernaria) va Haliclystusni ko‘rsatish mumkin.
Kubomeduzalar (Cubomedusae) — mayda meduzalar, soyaboni chetida to‘ rttadan ropaliyalari va paypaslagichlari joylangan. Iliq suvli dengizlarning uncha chuqur bo‘ lmagan joylarida uchraydi. Ayrim meduzalar, masalan, Avstraliya va Indoneziya qirg‘oqlari yaqinida tarqalgan Chiropsalmus meduzasi odam uchun xavfli, uning "kuydirishi" o‘limga sabab bo‘ lishi mumkin.
Coronata turkumi turlari ko‘p emas, dengizning chuqur qismida uchraydi. Soyaboni halqa egat orqali markaziy diskka va periferik "toj"ga bo‘lingan.
Semaeostomeae turkumi soyaboni disksimon yassi, soyabon chetida juda ko‘p paypaslagichlari bor. Turkumga deyarli hamma dengizlarda keng tarqalgan aureliya (Aurelia aurita), shimoliy dengizlarda tarqalgan qutb meduzasi (Cyanea capillata) kiradi. Ayrim vakillari (Pelagia) qorong‘ida kuchli nur taratadi.
Ildizog’iz meduzalar (Rhizostomida) turkumiga ancha yirik, tropik dengizlarda keng tarqalgan meduzalar kiradi. Soyaboni chetida paypaslagichlari bo‘lmaydi. Ozig‘ini xartumi orqali filtrlab oladi. Qora dengizda ildizog‘iz meduza Rhizostoma pulmo uchraydi. Ayrim turlari tuzlangan holda iste‘mol qilinadi.
Boʻshliqichlilar, kovakichlilar (Coelenterata) — tuban tuzilgan suvda yashovchi umurtqasiz hayvonlar tipi. B. eng kad. koʻp hujayralilar, vend davridan maʼlum. Koʻpchilik turlari dengizlarda yakka yoki koloniya boʻlib yashaydi. Dengiz B.ning hayot siklida oʻtroq yashovchi polip va erkin suzib yuruvchi meduza davrlari gallanib turadi (metagenez). Ayrim B. (gidralar, korall poliplar)ning meduza davri boʻlmaydi, baʼzi ssifomeduzalar va gidroidlarning polip davri yoʻqolgan. Alohida B.ning tanasi tashqi ektoderma va ichki endodermadan iborat ikkita qavatdan tashkil topgan. Ektoderma va endoderma oraligʻida hujayrasiz, quyuqmodda — mezogliy boʻladi. B. tanasi hujayralari toʻla ixtisoslashmaganligi uchun toʻqima va organlari rivojlanmagan. Ektodermasidagi hujayralarning asosiy qismi epiteliymuskul, otuvchi va ixtisoslashmagan oraliq hujayralardan iborat. Epiteliymuskul hujayralari qoplash va harakatlanish funksiyalarini bajaradi. Otuvchi hujayralar oʻljani falajlab ushlash va himoya vazifasini bajaradi, ularda otiluvchi ipchalarga ega boʻlgan otuvchi kapsula shakllanadi. Oraliq xujayralar boshqa hamma hujayralarni hosil qiladi. Endodermada epiteliymuskul va oziqni qamrab olib hazm qiluvchi bezli xujayralar boʻladi. Tana boʻshligʻi qopga oʻxshash boʻlib, maxsus toʻsiq (septa) lar yordamida kameralarga boʻlingan, meduzalarda murakkab naylar sistemasidan iborat. Tana boʻshligʻi ogʻiz teshigi orqali tashqariga ochiladi. Ogʻiz teshigi paypaslagichlar bilan oʻralgan. Ogʻiz teshigi orqali oziq moddalar tana boʻshligʻiga oʻtadi va hazm boʻlmagan oziq moddalar chiqib ketadi. Oziq tana boʻshligʻida va endoderma hujayralari ichida hazm boʻladi. Nerv sistemasi diffuz (tarqoq), tartibsiz joylashgan, oʻsimtalari orqali bir-biri bilan tutashib ketadigan nerv hujayralaridan iborat. Meduzalarda bundan tashqari soyaboni chetida ikkita nerv halqasi, sezgi organlari — yorugʻlik sezuvchi koʻzchalar, muvozanat organlari (statotsistlar) va ropaliyalar (ssifomeduzalar) boʻladi. Jinsiy va jinssiz koʻpayadi. Jinssiz kurtaklanish orqali bir qancha turlar koloniya hosil qiladi. Koʻpchiligi ayrim jinsli. Gidroidlarning jinsiy hujayralari ektodermada; ssifoid va korall poliplarda endodermada hosil boʻladi. Koʻpchilik dengiz B.da urugʻlangan tuxum hujayradan erkin suzib yuradigan planula lichinkasi chiqadi. Planuladan metamorfoz orqali polip, baʼzan meduza vujudga keladi. Oʻtroq yashovchi poliplarda meduzalar polipning kurtaklanishi tufayli hosil boʻladi. 4 sinf: gidrozoylar, ssifomeduzalar, korall poliplar va qirilib bitgan konulyatlar (Conulata) ga boʻlinadi. 9000 dan ortiqturi maʼlum, barcha dengizlarda, baʼzi turlari (gidralar va ayrim meduzalar) chuchuk suvlarda uchraydi. Yirtqich yoki plankton bilan oziqlanadi. Ayrim turlari boshqa organizmlar uchun oziq boʻladi. Yirtqich turlari oziq uchun baliqlarga konkurentlik qilishi tufayli zararli hisoblanadi. B. orasida yashil xivchinlilar, turli yashil oʻsimliklar bilan simbioz yashovchilari ham bor. Koloniya boʻlib yashovchi korall poliplar orollar hosil qiladi va koʻpchilik dengiz hayvonlari uchun pana joy hisoblanadi. Korall poliplar qisman qurilish materiali va zebziynat uchun foydalaniladi. Bo‘ shliqichlilar tipiga 9000 ga yaqin tur kiradi. Ko‘pchilik turlari dengizlarda, ayrim turlari chuchuk suvlarda uchraydi. O‘troq, erkin, yakka yoki koloniya bo‘ lib yashaydi. Tanasi radial o‘qli simmetriyaga ega. Simmetriya soni takrorlanib turadigan organlar soniga bog‘liq. Organlar soniga binoan bo‘ shliq ichlilar 2, 4, 6, 8 yoki undan ko‘ proq simmetriya yuzasiga ega bo‘lishi mumkin.
Bo‘ shliqichlilar - ikki qavatli hayvonlar. Ontogenezda ularning tanasida faqat ikkita qavat, ya‘ni tashqi ektoderma va ichki endoderma hosil bo‘ladi. Bu ikki qavat mezogleya parda orqali ajralib turadi. Bo‘shliqichlilar tanasini odatda bir uchi ochiq, ichi bo‘ sh qopga o‘ xshatish mumkin. Og‘zi bir necha paypaslagichlar bilan o‘ralgan. Ozig‘i tana bo‘shlig‘ida hazm bo‘ ladi. Hazm bo‘lmagan oziq qoldig‘i yana og‘iz teshigi orqali chiqarib yuboriladi. Embriologiya nuqtai-nazardan bo‘ shliqichlilar tanasini gastrulaga qiyoslash mumkin.
Hayot kechirish xususiyatiga binoan bo‘shliqchililar o‘troq yashovchi poliplar va erkin yashovchi meduzalarga ajratiladi. Poliplar odatda koloniya hosil qiladi; meduzalar esa erkin yashaydi. Lekin poliplar orasida ham yakka yashovchi va sekin harakatlanuvchi vakillari bor. Poliplar koloniyasi yangi kurtaklarni ona polipdan ajralib ketmasligi tufayli hosil bo‘ladi. Koloniya bir xil poliplardan (monomorf koloniya) yoki har xil poliplar (polimorf koloniya) dan iborat bo‘ lishi mumkin. Hamma bo‘ shliqichlilarning otuvchi hujayralari bo‘ladi. Bo‘ shliqichlilar Gidrozoylar, Sifomeduzalar, Korall poliplar sinflariga ajratiladi.



Yüklə 38,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin