Mundarija kirish I. XX asrning 50-yillarida o’zbekiston madaniy kommunistik mafkura tasiri va qatag’onlik siyosati


Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi



Yüklə 174,82 Kb.
səhifə3/9
tarix11.11.2023
ölçüsü174,82 Kb.
#131986
1   2   3   4   5   6   7   8   9

Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi:


1. O’zbek tarixshuinosligida hali to’la o‘rganilmagan, totalitar boshqarishning ma’muriy – buyruqbozlik usuli o’rnatilgan, XX asr 50–80-yillarda madaniyatning ahvoli, rivojlanish jarayonlari, ijtimoiy – tarixiy o’zgarishlarga ta’siri masalalari O’zbekistonning yangi tarixini yaratish konsepsiyasi nuqtayi nazaridan tadqiq etilgan.
2. Mustabid tuzum o’z hukmronligini o’rganishga intilishiga qaramay O’zbekistonda jahon sivilizatsiyasi yutuqlariga munosib hissa qo’shgan ilm, fan, adabiyot va san’at asarlari yaratilgani, milliy madaniyatimizning yirik namoyondalari еtishib chiqqani, ularning ijodiy izlanishlari tufayli jahon xalqlari o’zbek xalqining madaniyati bilan yaqindan tanishishga muvaffaq bo’lgani ochib berilgan.
3. Tadqiq etilgan davrda O’zbekistonda oliy, o’rta maxsus va kasb ta’limi to’la shakllangani, unda еtishib chiqqan mutaxassis kadrlar milliy madaniyatning sobiq SSSR xalqlari bilan hamkorlikda rivojlantirishga o`lkan hissa qo’shgani, yoshlarimiz orasida ilm, fan, texnikani egallashga qiziqish keskin oshgani ko’rsatilgan. Bu yutuqlar sho’rolar saltanatining emas, eng avvalo o’zbek xalqining hohishi va orzu umidlarining natijasi sifatida qaralgan.
5.Adabiyot, san’at, madaniy – ma’rifiy ishlar, xalq ijodiyoti madaniyatning eng muhim tarkibiy qismlari sifatida ijtimoiy munosabatlarning va yosh avlodning shakllanishiga ta’sir etadi. Shuning uchun ham mustabid sho’rolar hukumati va kommunistik partiya ushbu sohalar ustidan o’zining yakka hukmronligini o’rnatishga intilgan. Ilmiy ishda ushbu hukmronlikning salbiy oqibatlari, milliy madaniyatning to’laqonli rivojlanishiga aks ta’siri keng manbalar, misollar asosida ochib borilgan. Unda, totalitar boshqarish, mustabid tizum ijtimoiy – tarixiy jarayonlarga qanchalik o’zboshimchalik bilan aralashmasin xalq o’z madaniyatini yaratish istagidan, erkin ijod qilish va demokratiyada yashash umidlaridan voz kechmaydi, degan fikr ilgari surilgan. Erkin ijod qilish, demokratiyada yashashning asl mohiyati esa “inson qadr – qimmati, hurmati hamma narsadan ulug’, degan aqidadan iborat”.

Yüklə 174,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin