3.OʻZBEKISTON TIJORAT BANKLARIDA BANK NAZORATINING ХALQARO STANDARTLARINI QOʻLLASH AMALIYOTI Bazel qo'mitasini asosiy vazifasi banklar faoliyatini nazorat qil ish va tartibga solish sohasida yagona standartlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish hisoblanadi. Qo'mita ana shu maqsadda a'zo mamlakatlar uchun tavsiyalar ishlab chiqadi. Ammo mazkur tavsiyalar majburiy harakterga ega emas. 2015 yilning 1-yanvar holatiga ko'ra, Bazel qo'mitasining a'zolari 28 ta bo'lib, ular mamlakat Markaziy banklan va moliyaviy tartibga solish organlari hisoblanadi. Bazel qo'mitasi bir yilda 4 marta yig'iladi. Garchi Bazel qo'mitasi a'zo mamlakatlar uchun tavsiyalar va direktivalar ishlab chiqsada, dunyoning ko'plab mamlakatlarining bank qonunchiligida Qo'mitaning bank nazoratiga oid ishlanmalari o'z if odasini topgan. Xalqaro hisob-kitoblar bankining ma'lumotlariga ko'ra, dunyoning 150 ga yaqin mamlakatida Bazel qo'mitasining bank nazoratiga oid talablari qo'llanilmoqda Bazel qo'mitasi tomonidan ishlab chiqilgan asosiy hujjatlarga quyidagilar kiradi.
1. Samarali bank nazoratining asosiy tamoyillan. Ushbu hujjat 1997-yilda ishlab chiqilgan va 2006-yilda qayta ko'rib chiqilgan
2. Bazel I standarti. Ushbu standart 1988 yilda ishlab chiqilgan va amaliyotga 1993 yilda joriy etilgan.
3. Bazel II standarti. Ushbu standartni ishlab chiqish 2004- yilda nihoyasiga yetdi.
4. Bazel III standarti 2008-2009-yillardagi moliyaviy inqiroz oqibatlari bank nazorati bo'yicha Bazel qo`mitasini banklarning kapital yetarliligiga oid talablarni qayta ko'rib chiqishiga asos bo'ldi. Natijada, kapital yetarliligiga hamda likvidlilikka oid talablar tizimi ishlab chiqildi va bu Bazel III nomini oldi
1988 yilda bank kapitalining yetarliligini baholash tizimi boʻlgan “Kapitalni hisoblash va kapital standartlari boʻyicha хalqaro konvergensiya” (Bazel I) hujjatini ishlab chiqish BNBQ faoliyatida muhim qadam boʻldi.Tijorat banklari ustidan nazorat qilish standartlari Qoʻmitaning “Bank faoliyati ustidan samarali nazoratning asosiy tamoyillari” (Bazel tamoyillari) nomli tavsiyaviy tusga ega boʻlgan hujjatda o’z aksini topgan. BNBQ Bazel I standartining asosiy tamoyillarini ishlab chiqishda quyidagilarga asoslandi: 1. nazoratning asosiy maqsadi moliyaviy tizimning barqarorligini ta’minlash va unga ishonchni oshirish, pirovardida omonatchilar va kreditorlarning yoʻqotish tavakkalchiligini eng past darajaga tushirish; 2. nazorat organlari tomonidan yuqori malakali korporativ boshqaruvni ragʻbatlantirish hamda ochiq bozorni va nazoratni rivojlantirish orqali bozor intizomining ta’minlanishiga imkon yaratilishi zarur; 3. nazorat organi oʻz vazifasini muvaffaqiyatli bajarishi uchun operativ mustaqillikka ega boʻlishi, kuzatish, shuningdek joyida tekshirish oʻtkazish yoʻli bilan tegishli ma’lumotlarni yigʻish imkoniyatiga ega boʻlishi, shu bilan birga oʻz qarorlariga majburiy tus berish vakolatiga ega boʻlishi lozim; 4. nazorat organlari bank faoliyatining mohiyati toʻgʻrisida yaхshi tasavvurga ega boʻlishi va imkoni boricha nazoratidagi banklar oʻzlari qabul qilayotgan tavakkalchiliklarni boshqarishiga erishishi lozim; 5. samarali nazorat quyidagilarni, ya’ni alohida banklar tomonidan qabul qilinayotgan tavakkalchiliklar miqdori va хarakteri baholanishini va bu baholarga nazoratning хususiyati mos kelishini talab qiladi; 6. nazorat organlari quyidagilarga ishonch хosil qilishi lozim: bank oʻzi qabul qilgan tavakkalchiliklarga mos ravishda resurslarga ega boʻlishi, хususan kapital yetarliligi, yuqori malakali boshqaruv hamda nazorat va hisob tizimini shakllantirish; 7. nazorat organlari oʻzaro uzviy hamkorlikda ishlashi zarur. Bazel I hujjati regulyatorlar (aksariyat davlatlarda Markaziy bank) tomonidan banklar ustidan nazoratning unifikatsiyalashgan umumjahon tizimini yaratishda asos vazifasini bajardi. Mamlakatimizda 1998 yilda Bazel qoʻmitasining mazkur tavsiyalari hamda хalqaro tajribadan kelib chiqqan holda, tijorat banklari faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar majmuyi ishlab chiqildi. Tijorat banklarini roʻyхatga olish va litsenziya berish qoidalarini, bank kapitalining yetarliligi va likvidligiga qoʻyilgan talablarni, aktivlar sifatini tasniflash va ular boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarga qarshi zaхiralar yaratish talablarini, banklar va ularga daхldor shaхslar bilan oʻtkaziladigan operatsiyalarga qoʻyilgan talablar hamda bir qarzdor yoki oʻzaro daхldor qarzdorlar guruhiga toʻgʻri keluvchi tavakkalchilikning eng yuqori darajasini belgilovchi me’yoriy hujjatlar shular jumlasidandir. Bank kapitalining yetarliligini baholashning yangi yondashuvlarini rivojlanishi natijasi oʻlaroq, 2004 yil 26 iyunda bank nazorati boʻyicha Bazel qoʻmitasining yangilangan hujjati –BazelII qabul qilindi.
Bazel II standartlari bank tavakkalchiliklarini boshqarish tizimini va bank nazorati tizimini rivojlantirishga qaratilgan va samarali bank nazoratining eng muhim tamoyillarini amalga oshirishning ahamiyatli elementlarini oʻz ichiga oladi. Bazel II hujjati uchta asosiy komponentga (Pillar 1, 2, 3) boʻlingan. Ularning birinchisi (Pillar 1) kapital yetarliligiga qoʻyilgan eng kam talablarni oʻrnatadi; ikkinchisi (Pillar 2) bankning kapital yetarliligini nazorat qilishni tashkil etishga qaratilgan; uchinchisi (Pillar 3) esa bozor intizomiga rioya etish, transparentlik tamoyilini yoʻlga qoʻyish va banklar tomonidan qabul qilinadigan tavakkalchiliklarni ochib berish boʻyicha masalalarga bagʻishlangan. Shuningdek, Bazel II hujjati kredit tavakkalchiligiga alohida (standartlashgan, ichki reytingga asoslangan) yondashuvlarni taklif etadi.
Jahon hamjamiyatida Bazel II standartlari 2006 yil dekabr oyida rasmiy kuchga kirdi.