Mundarija Kirish Xalqaro bazel qo’mitasini tashkil topishi va faolyati



Yüklə 190,37 Kb.
səhifə1/7
tarix05.06.2023
ölçüsü190,37 Kb.
#127800
  1   2   3   4   5   6   7
Bazel 1 — копия


Mundarija
Kirish……………………………………………………………………..3
1.Xalqaro bazel qo’mitasini tashkil topishi va faolyati………………..5
2.Xalqaro Bazel I, II, III haqida umumiy tushuncha ………………..13
3.O’zbekiston tijorat banklarida bank nazoratining xalqaro standartlarini qo’llash amaliyoti……………………………………....16
4.O’zbekiston Xalqaro Bazel III ni bosqichma-bosqich joriy etilishi…………………………………………………………………....19
Xulosa…………………………………………………………………....30
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………..34
MAVZU: O’zbekistoning bank tizimida Bazel Qo’mitasi talablarini joriy etish shart-sharoitlari.
Reja:
Kirish

  1. Xalqaro bazel qo’mitasini tashkil topishi va faoliyati.

  2. Xalqaro Bazel I, II, III haqida umumiy tushuncha.

  3. O’zbekiston tijorat banklarida bank nazoratining xalqaro standartlarini qo’llash amaliyoti.

  4. O’zbekiston xalqaro bazel III ni bosqichma-bosqich joriy etilishi.

Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.
KIRISH
Tijorat banklari faoliyati daromad olish bilan bir qatorda risk bilan ham chambarchas bog'liq faoliyat bo'li.b, bu avvalo banklar faoliyatining asosan jalb qilingan mablag'lar hisobidan amalga oshirilishi bilan izohlanadi. Buning natijasida bank faoliyatida doimo likvidlilik riski, kredit riski va tizimli risk yaqqol ko'rinib turadi. Buning ustiga tijorat banklari faoliyatining bosh maqsadi yuqori darajada foyda olishni ta'minlash bo'lganligi bankni yuqori daromadli, ayni vaqtda, yuqori riskli operatsiyalarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bularning barchasi pirovardida banklar faoliyatida foydalilik va likvidlilik kategoriyalari o'rtasidagi murakkab ziddiyatli bog'liqlikni yuzaga keltiradi. Agar tijorat banklari faoli- yati asosan jalb qilingan resurslar hisobidan shakllantirilishini inobatga oladigan bo'lsak, bank mijozlari va investorlarning manfaatini himoya qilish shuningdek, bank tizimi iqtisodiyot ning muhim bo'g'ini ekanligini inobatga olib, uning davlat tomonidan tartibga solinishi hamda nazorat qilinishi muhim masalga aylanadi. Ayni vaqtda tijorat banklari faoliyatini tartibga solish borasida hal qilinmagan masalalar, kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Chunonchi mamlakatimiz bank tizimi va banklarning likvidliligini doimo saqlab turish, shu bilan birgalikda tijorat banklarining aktivlari tarkibida daromad keltirmaydigan aktivlar salmog'ining nisbatan yuqori darajada qolayotganligi, ayrim yirik tijorat banklarining resurs bazasini shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi majburiy zaxira talabnomalarining mavjudligi, banklarning kredit portfelini diversifikatsiya qilish borasidagi va boshqa shu kabi muammolar mavjud. 2015- yil 6-maydagi "Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va ularning resurs bazasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorda bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi yangi standart va tavsiyalarini joriy etish bo'yicha "Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo'yiladigan me'yoriy talablarni nazarda tutgan yangi standart va tavsiyalar (Bazel-III standartlari) ishlab chiqish zarurligi ta'kidlangan.
Shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga yuqorida ko'rsatilgan bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasining standart va tavsiyalarin: (Bazel III standartlari) 2015-2019 yillarda bosqichma-bosqich joriy etishni ta'minlash ga e'tibor qaratilgan. Xalqaro Bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi tomonidan tijorat banklariga nisbatan qo'yiladigan me'yoriy talablarni yanada takomillashtirishni, jumladan, kapitalning yetarliligi va likvidlilik ko'rsatkichi bo'yicha talablarni nazarda tutgan yangi standartlar va tavsiyalarni mamlakatimiz bank- moliya tizimida joriy qilish imkoniyatlarini ochib berish hamda tijorat banklarini nazorat qilish tizimini yanada takomillashtirish orqali bank tizimi barqarorligini oshirishning ahamiyati ushbu ilmiy risolaning nazariy hamda amaliy jihatdan dolzarbligini ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bank tizimida yechimini kutayotgan quyidagi muammolar ya'ni Bazel standartlarini Respublikamız me'yoriy talablaridagi mavjud bir qator tafovutlarni bartaraf etish, tijorat banklari kapital bazasida ikkinchi darajali kapitalning ulushining kamligi, tijorat banklari aktivlarining tarkibida daromad keltirmayotgan aktivlar salmog ining yuqoriligi, resurs bazasining zaifligi, majburiy zaxira me'yorlarining yuqoriligi risklarni baholash tizimini ilmiy yechimlarini aniqlash mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Mazkur ilmiy risolada asosiy e'tibor qayd etilgan muammolarning mohiyatini ochib berish va ularni hal etishda respublikamiz tijorat banklari amaliy ma'lumotlari tahlili asosida tadqiq etilgan.

1.XALQARO BAZEL QO’MITASI TASHKIL TOPISHI VA FAOLIYATI


XX-arsning 70 yillaridan boshlab milliy va xalqaro darajada kredit tashkilotlari tomonidan riskni baholashning aniq qoida va me'yorlar kiritish bilan moliyaviy barqarorlikni himoya qilishga urinishlar boʻldi. Mazkur davrda bank nazorati va ularning faoliyatini tartibga solish masalalari bo'yicha Bazel qo'mitasi tashkil topdi. 1974-yil iyun oyida G'arbiy Germaniyaning "Benkxaus Xershtatt" banki xorijiy valutadagi operatsiyalardan soʻng katta zarar koʻrdi va bankrotlikka uchradi. Shu bilan birga, valuta kurslarini tartibga solib turuvchi Bretton-Vuds tizimining faoliyati to'xtatilgandan so'ng bir qator banklar ham juda katta zararlarga duch keldi. Jumladan, AQSHning "Franklin National" bankining 1974 yil may oyida xorijiy valutadagi operatsiyalaridan koʻrgan zararlari natijasi ommaviy tarzda depozitlar va omonatlarni qaytarib olishga olib keldi. Bu esa bank faoliyatini to'xtatilishiga sabab boʻldi. Vujudga kelgan tanglik holatidan chiqib ketish maqsadida dunyoning 10 ta rivojlangan mamlakatlari, ya'ni AQSH, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Kanada, Fransiya, Shvetsari- ya va Yaponiya Markaziy banki boshqaruvchilari 1974yil sentabr oyida moliya bozoridagi barqarorlikni ta'minlash maqsadida kelishuv qabul qildi. 1974-yil dekabr oyida Shvetsariyaning Bazel shahrida boʻlib o'tgan "Oʻnlik" guruhi uchrashuvida Angliya bankining boshqaruvchisi Gordon Richardson taklifiga koʻra, boshqaruvchilar tomonidan banklarni tartibga solish va nazorat qilish uslublarini takomillashtirish maqsadida doimiy qo'mita tuzish to'g'risida qaror qabul qilindi va shu tariqa bank nazorati bo`yicha Bazel qo'mitasi vujudga keldi. Yangi, doimiy faoliyat ko'rsatuvchi bu qo'mitaning birinchi raisi etib, Angliya Bankining bank nazorat boshqarmasi boshlig'i Jorj Blanden tayinlandi. Qo'mita sekretariati Shvetsariyadagi "Xalqaro hisob-kitoblar banki" da joylashtirildi. Qo'mita doimiy ravishda bank nazoratiga bog'liq masalalar yuzasidan forumlar tashkil qilib, turli sohalarda o'zining tavsiyalari hamda standartlarini ishlab chiqadi. Uning maqsadi bank nazorati sifatini global miqyosda takomillashtirish hamda nazorat jarayoniga oid asosiy masalalarga oydinlik kiritishdir.
Qo'mitaning hozirgi raisi Stefan Ingves. Qo'mita har birining zimmasiga aniq vazifa yuklatilgan bir necha kichik guruhlariga ega, ular quyidagilar:
1. Standartlarni joriy qilish guruhi:
➤Operatsion risk boʻlimi - operatsion risk bilan bog'liq masa lalar bilan shug'ullanadi;
➤xodimlar masalasi boʻyicha maxsus boʻlim - nazorat xodimlari borasida Bazel qo'mitasi ishlarida tavsiyalar ishlab chiqadi;
➤mukofotlash bo'yicha maxsus boʻlim - adolatli mukofotlash
amaliyotini tasdiqlashni qo'llab-quvvatlaydi;
➤ standartlar monitoringi tartibi maxsus boʻlimi - standartlarni monitoring qilish hamda amalda joriy etilishining samaradorligi va barqarorligini oshirish maqsadida tartiblarni ishlab chiqadi.
2. Qo'mita tavsiyalarini ishlab chiqish guruhi:
➤ risk menejmenti va modellashtirish guruhi;
➤ izlanish maxsus boʻlimi a'zo mamlakatlar iqtisodchilarining moliyaviy barqarorlik boʻyicha izlanishlarini muhokama qilish ishlarini tashkilllashtiradi;
3. Savdo kitobi (Trading Book) guruhi - savdo kitobidagi risk lar doirasi regulyativ kapitalda qanday hisobga olinishi lozimligini ko'rib chiqadi;
➤ikvidlilik bo'yicha ishchi guruh - global miqyosdagi likvidlilik standartlari bilan shug'ullanadi;
➤kapital tarkibi boʻlimi munosib kapital instrumentlarini qayta ko'rib chiqadi
➤kapital monitoringi boʻlimi - milliy nazoratchilar ekspertlarini kapital talablarini monitoring qilishda yo'naltiradi;
➤xorijiy bank rezolyutsiyasi guruhi - milliy siyosatlar, qonuniy tartiblar va xalqaro faoliyat yurituvchi banklar bilan muno- sabatlarni taqqoslaydi;
4. Buxgalteriya maxsus bo'limi - buxgalteriya hisobi va audit standartlarining samarali risk menejmentini olib borishni qo'llab- quvvatlashini va bu orqali bank tizimining xavfsizligi hamda rivojini ta'minlaydi;
5. Bazel konsultativ guruhi bank nazoratchilari orasida, shuningdek a'zo bo'lmagan mamlakatlar bilan muzokaralarda ham kelishuvlarga erishishda ko'maklashadi. Qo'mita tuzilgan vaqtda "O'nlik" guruhi davlatlarining moliya bozorlaridagi operatsiyalari hajmi barcha bank operatsiyalarining 90 foizini tashkil etgan edi. Asosiy ishtirokchilar sonining cheklanganligiga qaramay hamkor likning kengayishi mintaqaviy guruhlarni tuzish orqali ta'minlandi Ulardan birinchisi 1980-yilda tashkil etilgan bank nazoratining offshor mamlakat guruhi hisoblanib, unda o'sha paytdagi barcha yetakchi offshor markazlarning tartibga solish va nazorat qilish organlari ishtirok etdi. Dastlab vakolatlar doirasi cheklanganligiga qaramay, qo'mita o'z faoliyatini ko'p yo'nalishlar bo'yicha kengaytirdi. Bu yo'nalishlar davlatlararo milliy bank nazorati mexanizmlar to'g'risidagi ma'lumot almashish, xalqaro banklar faoliyatini nazorat qilish usullari samaradorligini oshirish, kapital yetarliligining minimal normalarini tadbiq qilish, shuningdek nazorat organlarini qiziqtirgan boshqa muammolarni tahlil qilishga tegishlidir. Shu bilan birgalikda, qo'mita ilgari qabul qilingan andozalardan voz kechib, o'z faoliyatini bank nazorati sohasida hamda kapitalning yetarligiga oid minimal normativlardan faol foydalanishga qaratdi Moliyaviy barqarorlikni dinamik rivojlanishda qo'mita kompleks sohalararo rivojlanishga katta e'tibor qaratmoqda, jum- ladan qimmatli qog'ozlar va sug'urta faoliyatini nazorat qiluvchi organlar bilan, shuningdek, buxgalteriya hisobi va xalqaro audit andozalari kabi boshqa sohalar bilan hamkorlikni kengaytirmoqda. 1975-yilda qo'mita xalqaro bank muammolari bo'yicha bir qancha xujjatlarni ishlab chiqdi. Bu sohada bo'lib o'tgan o'zgarishlar qay- sidir darajada qo'mita siyosatidagi o'zgarishlari va uni nazoratiga yondashishni aks ettirsada, ammo xalqaro bank faoliyatidagi va moliyaviy bozorlardagi o'zgarishlar qo'mita uchun birinchi darajali ahamiyat kasb etib kelmoqda. Xalqaro banklarning chet mamlakatlar operatsiyalari ustidan bank nazoratining samarali usullarini ishlab chiqish bo'yicha Bazel qo'mitasining birinchi tavsiyalari 1975-yilning sentabr oyidagi kelishuvida bayon etildi. Bu hujjat asosan ma'lum bir bankning transmilliy operatsiyalarini nazorat qilshni amalga oshirish jarayonida davlatlararo nazorat organlari o'rtasidagi javobgarlikni taqsimlash muammolariga taaluqlidir Mazkur hujjat nazoratning 4 asosiy tamoyilini belgiladi.
1. Chet mamlakatlar banklari tomonidan boshqa davlatlarda tashkil qilingan bank muassasalari faoliyatini nazorat qilish maqsa dida qo'shma javobgarlik ushbu xorijiy bank muassasasi ochilgan davlat va xorijiy bank joylashgan davlat nazorat organlariga yuklatildi
2. Likvidlilik bo'yicha nazorat xorijiy bank muassasasi ochilgan davlat nazorat organlarning vakolati hisoblanganligi sababli, likvidlilikni boshqarishda xorijiy banklar, odatda mahalliy me'yorlarga rioya qilishlari lozim
3.Xorjiy banklari to'lovga layoqatliligini nazorat qilish asosan ushbu banklar joylashgan davlatning nazorat organlariga yuklanadi.
4. Amaliy hamkorlik xorijiy banklar joylashgan va uing muassasasi ochilgan davlatlarning nazorat qilish organlari o'rtasidagi ma’lumot almashishni ta'minlash lozim.
Buning uchun esa hamkorlikka to'siq bo'ladigan barcha yuridik cheklovlar avvalambor, davlatlar bank siri bilan bog'liq muammolarni yechishi lozim edi. Birinchi kelishuv hujjatlari dastlab chop etilmasdan faqat nazorat organlarga tarqatildi, chunki u faqat milliy nazorat organlari bilan o'zaro munosabatlarga tegishli boʻlib, tijorat banklari faoliyatiga bog'liq emas, deb hisoblanardi 1983-yildagi birinchi kelishuv o'rniga qayta ko'rib chiqilgan tavsiyalar ishlab chiqildi Qayta ko'rib chiqilgan kelishuv "Banko Ambroziano" xoldinggi barbod bo'lishidan so'ng, 1982-yilda chop etilgan "Banko Ambroziona" Lyuksembergdagi Italyan bank guruhlarining xolding kompaniyasi hisoblanar edi. Chunki Lyuksemberg nazorat organlari uni banklarga qo'shmaganligi sababli u qisman nazorat sohasidan chetda qolgan edi. Kompaniya barbod bo'lishidan so'ng Lyuksemberg va Italiya nazorat organlari o'rtasida xolding kompaniya faoliyati ustidan nazoratga javobgarlik bo'yicha tortishuv yuzaga keldi. Shu munosabat bilan qayta ko'rib chiqilgan kelishuv tushunchalari bo'limida xalqaro bank guruhlarining tarkibiy xususiyati aks ettiriladi. 1990-yilda qayta ko'rib chiqilgan kelishuvga informatsion ilova nashr etildi. Un ing asosiga Bazel q'mitasi va nazoratga "offshor mamlakatlar" guruhlarining qo'shma ichki hisoboti natijalari kiritildi. Ushbu hisobotda 1983-yilda qayta ko'rib chiqilgan kelishuvning amalda joriy qilish jarayonida vujudga kelgan muammolar tahlil qilingan edi. Ilova o'z ichiga faoliyat olib borishga ruxsat olish, bosh bank joylashgan va uning muassasalari faoliyat ko'rsatayotgan davlat- larning nazorat organlari ma'lumotlariga bo'lgan talablari, bank sirini bekor qilish va tashqi auditning ahamiyati kabi bir qator maxsus qoidalarni olgan edi.
1990-yilda informatsion ilova nashr etilgandan so'ng, 1992-yilda "Nazoratning minimal andozalari to'g'risida"gi takroriy nusxasi e'lon qilindi. Nazorat organlarining xalqaro faoliyatini muvofiqlashtirish yuzasidan keyingi tahlil "BCC" bankining barbod bo'lishi, "Banko national del Levoro" bankining Atlantadagi bo'limida sodir bo'lgan voqealardan so'ng. 1992-yilning yozida amalga oshirildi. Shunga asosan, qo'mita quyidagi xulosaga keldi. Qayta ko'rib chiqilgan kelishuvda 1990-yildagi informatsion ilova yetarli asoslanganligiga qaramay, nazorat organlari ishlab chiqilgan andozalarni joriy qilishni faollashtirish lozim. Shuningdek, "O'nlik guruhi ning barcha davlatlarida nazorat organlari tomonidan rioya qilinishi lozim bo'lgan bank nazoratining minimal andozalari to'plamini belgilash tavsiya qilindi.
Ikkinchi hisobot 1996-yil Bazel qo'mitasi va bank nazoratining "offshor mamlakatlar" guruhi tomonidan tayyorlandı. Minimal andozalar e'lon qilinganidan so'ng 4 yil davomida qo'mita ushbu andozalarni joriy qilinishida davlatlarning milliy nazorat organlari faoliyati ustidan monitoring o'tkazdi. Sezilarli taraqqiyotga qaramasdan hamon bir qator muammolar o'z yechimini topmagan edi. Ishchi guruh minimal andozalarni shuningdek, nazorat organlariga o'zlarining an'anaviy milliy nazorat usullari yordamida tadbiq qilishda yuzaga kelgan to'siqlarni tahlil qilib chiqdi.
Tekshirishlar o'tkazish va nazorat organlari tomonidan amalga oshirilayotgan konsolidatsiya nazoratini samarali baholashda ko'rib chiqish lozim bo'lgan bir qator masalalar yuzasidan amaliy
tavsiyalar alohida qiziqish uyg'otdi. Minimal talablarni risoladagidek amalga oshirishni ta'minlash maqsadida ishchi guruh 1986-yilda Stokgolmdagi bank nazorati bo'yicha navbatdagi Xalqaro konferensiya andozalariga rioya qilishni ta'minlash majburiyatini yana bir bor tasdiqlash, shuningdek, navbatdagi 1989-yil konferensiya oldidan andozalarga rioya qilishni tekshirish lozimligini tavsiya qildi.
Nihoyat, 1997-yil aprel oyida konsultativ harakterga ega bo'lgan dastlabki hujjat tayyorlanganidan so'ng, 1997-yil sentabr oyida bank nazorati asosiy tamoyillari to'liq ro'yxati e'lon qilindi 1996-yil Bazel qo'mitasi tomonidan konsultativ harakterga ega. boʻlgan hujjatlarni nashr qilgandan so'ng, bozor riskini hisobga olish maqsadida kapital to'g'risidagi bitimni tuzishni ko'zda tutadigan navbatdagi hujjat chop etildi Kapital to'g'risidagi bitim kredit riski xavfidan yuzaga keladigan zararları bank kapitali hisobidan yopishni ko'zda tutadi. Shu bilan birga, ushbu xavf aksiyalar va boshqa moliyaviy instrumentlar bilan bog'liq operatsiyalar bo'yicha keladigan zararlar bilan bog'liqlikni ham ko'zda tutardi
Risk bilan bank kapitalining yetarliligini hisoblash oʻrtasida aloqadorlikni mustahkamlanishi hamda Bazel qo'mitasining kapital tarkibi bo'yicha yangi talablari 100 ga yaqin davlatlarda qabul qilinishi jahon bank tizimi mutanosibligi va ishonchliligini mustahkamlashga, xalqaro operatsiyalarni amalga oshiruvchi banklar o`rtasida raqobatning tengligini ta'minlashga hamda, nazoratni kelishuv asosida amalga oshirilishiga katta yordam berdi. Moliyaviy munosabatlar globalizatsiyasining kuchayishi va ular bilan bank riskliligining ortishi kredit tashkilotlarining ishonchliligini baholovchi yangi yo'llarni shu bilan birga, kapital yetarliligi va risklarni baholashning yangi uslublarini topish zaruratini yuzaga keltirdi Milliy va xalqaro darajadagi bank nazoratining 25 ta fundamental asosiy tamoyillari 1997-yilda chop etilgan edi. So'nggi bor 2006-yilda chop etildi. Bu tamoyillar Bazel qo'mitasi tomonidan bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan 15 ta davlatning banklarni nazorat qilish organlari bilan birgalikdan ishlab chiqildi.
Asosiy tamoyillar Bazel qo'mitasi tomonidan tayyorlangan 3 jildli hujjatlar to'plami bilan birga chop etildi. To’plamda Bazel qo'mitasi tomonidan 1975-yildan buyon ishlab chiqilgan nazorat siyosatiga oid masalalar bo'yicha muvofiqlashgan asosiy hujjatlar ifoda etilgan Bazel qo'mitasining asosiy tamoyillari 1997-yil sentabr oyida Gonkongdagi o'tkazilgan Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon banki yig'ilishi arafasida nashr etilgan edi. Asosiy tamoyillarning tayyorlanish jarayonida Bazel qo'mitasi hamda bir qator "O'nlik guruhi" ga kirmaydigan, jumladan, Xitoy, Chexiya, Gonkong, Meksika, Rossiya, Chili va Tailand davlatlari nazorat organlari bilan uzviy hamkorlikda amalga oshirildi. Ushbu ishda 8 ta davlat, jumladan, Brazilya, Vengriya, Indoneziya, Janubiy Koreya, Malayziya, Polsha va Singapur bevosita ishtirok etdilar. Asosiy tamoyillarda litsenziyalash va banklar faoliyatida joriy nazoratga nisbatan talablarning minimal to'plami belgilandi.
2006-yilning oxiriga kelib Bazel qo'mitasi Bazel II kelishuvini amaliyotga tadbiq etdi. Ushbu kelishuvda ham kapital yetarliligi- ning minimal miqdori 8% ligi saqlanib qoldi Yangi kelishuv uchta
tarkibiy qismdan iborat bo'lib, ular:
1. Kapitalning minimal miqdoriga talab,
2. Kapital yetarliligini nazorat organlari tomonidan tahlil qilish;
3. Ma'lumotlarni keng ommaga e'lon qilish
Ushbu kelishuvda risklar ikki turga, ya'ni kredit va operatsion riskka boʻlinadi. Bazel II ni qo'llashning asosiy sferasi-bu konsolidatsiyalashgan banklar, bank xoldinglari, bank guruhlari bo'lib, ular xalqaro bank faoliyat bilan shug'ullanishadi.
Dunyoning 27 davlati Markaziy banklarini birlashtiruvchi bank nazorati bo'yicha Bazel qo'mitasi a'zolari Bazel III" nomini olgan bank faoliyatida kapital va likvidlilik nisbatan yangi xalqaro standartlarni maqullagach, bank sektorini tartibga solishda qo'llanilayotgan o'zgarishlar ilmiy muhokamalarning bosh mavzusiga aylandi. Shunga qaramay, ushbu yangi hujjatning inqirozdan keyingi davrda bank faoliyatini tartibda solish tizimini isloh qilish va takomillashtirshga xizmat qilishi xususida, iqtisodchi olimlar, siyosatchilar va ekspertlarning qarashlari doimo ham bir-biriga to'g'ri kelavermaydi. Bank nazorati bo'yicha Ba zel qo'mitasi 1990-yillarning boshlaridan rivojlanayotgan mam lakatlar bank nazorati idoralari bilan keng miqyosdagi masalalar bo'yicha hamkorlik qila boshladi O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki 1995-yili mazkur qo'mitaning Markaziy Osiyo va Kavkazorti davlatlari guruhiga a'zo bo'lib kirgan.



Yüklə 190,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin