Mundarija Kirish Xalqaro bazel qo’mitasini tashkil topishi va faolyati



Yüklə 190,37 Kb.
səhifə6/7
tarix05.06.2023
ölçüsü190,37 Kb.
#127800
1   2   3   4   5   6   7
Bazel 1 — копия

Xullosa
Yuqoridagi tahlil va fikrlarni umumlashtirib, shuni aytish mumkinki, respublikamiz bank tizimida Bazel III talablarini joriy etishdagi hal qilishni quyidagi yo'nalishda olib borish kerak:
1. Respublikamiz tijorat banklarining joriy likvidliligini baholash metodikasida kamchiliklarning mavjudligi;
2. O'zbekiston Respublikasi tijorat banklarida kreditlardan ko'riladigan zararlarni qoplashga mo'ljallangan zaxira ajratmalarining darajasi va kreditlarning risk darajasi oʻrtasidagi aloqadorlikning zaifligi;
3. Respublikamiz tijorat banklarining aktivlar tarkibidagi daromad keltirlamaydigan va daromadlilik darajasi past bo'lgan aktivlarni, bino va inshootlarni sezilarli darajada yuqori salmoqqa ega ekanligi muammosi;
4. Respublikamiz tijorat banklari aktivlarining daromadlilik darajasiga salbiy ta'sir qiluvchi majburiy zaxira talabnomalarining mavjudligi;
5. Respublikamiz tijorat banklarining qimmatli qog'ozlar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalarini rivojlanmaganligi Markaziy bankning ochiq bozor operatsiyalari orqali ular faoliyatini tartibga solish imkoniyatini cheklab qo'ymoqda;
6. Yevropa mamlakatlarining bank amaliyotida stresstestlashda individual kredit oluvchilarning yoki bir turdagi kredit oluvchilarning bankrot boʻlish riskini hisobga olish usullaridan keng foydalaniladi. Ushbu usulni, respublikamiz bank amaliyotida har bir mijozi bo'yicha kredit tarixi ma'lumotlari so'nggi 10-15 yil oralig'ida mavjud emasligi sababli qo'llash juda qiyinligi. Bu esa tijorat banklarini stresstestdan o'tkazish imkoni mavjud emaslig- ini koʻrsatadi;
7. Tijorat banklari aktivlar tarkibida daromad keltirmaydigan kassali aktivlar salmog'ining yuqori ekanligi;
8. Markaziy bank tomonidan tijorat banklari faoliyatini tartibga solishda ular kredit portfelining diversifikatsiya darajasi yetarli darajada hisobga olinmayotganligi;
9. Tijorat banklari qo'shimcha kapitalining yetarli emasligi;
10. Respublikamiz tijorat banklari kapital bazasining barqarorligini oshirish bilan bog'liq boʻlgan muammolar.
Respublikamiz tijorat banklarining kapitallashish darajasini yanada oshirishga qaratilgan quyidagi ilmiy taklif va amaliy tavsi- yalarni ishlab chiqdik.
1. Respublikamiz tijorat banklarining 3 yildan ortiq muddatga ega boʻlgan subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlarini muomalaga chiqarish lozim.
Investorlarning tijorat banklarining 3 yildan ortiq muoma- laga chiqarilgan subordinatsiyalashgan qarz majburiyatlaridan olgan daromadlari foyda solig'i bo'yicha imtiyoz berilishi lozim. Buning natijasida ushbu qimmatli qog'ozlarning investitsion jozibadorligi oshadi va tijorat banklarining qoʻshimcha kapital miqdori sezilarli darajada ko'payadi.
2. Mamlakatimiz tijorat banklari umumiy kapitalining o'sish sur'atini YAIMning o'sish sur'atidan orqada qolmasligini ta'minlash lozim. Yuqorida qayd etilgan ikkala ko'rsatkichning o'sish suratlari o'rtasidagi ma'lum miqdoriy muvofiqlikni ta'minlash Markaziy bankning nazorat obyektiga aylantirishi lozim. O'z navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki pul-kredit siyosati doirasida tijorat banklarining kapitali barqaror o'sishi uchun zaruriy shart-sharoitlar yaratishi lozim.
3. Respublikamiz tijorat banklari kapitalining o'sish sur'atini yalpi ichki mahsulotining o'sish sur'atidan orqada qolishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tijorat banklari umumiy kapitalining o'sish sur'atiga nisbatan bir yillik me'yoriy koʻrsatkich belgilash lozim.
4. Devalvatsiya zaxirasini tijorat banklarining kelgusi davr daromadlari sifatida baholash (devalvatsiya zaxirasi kamida 10 yilga taqsimlanishi lozim) va uni summasini banklarning kapitali tarkibidan chiqarish lozim (agar devalvatsiya zaxirasi tijorat banklarida joriy davr daromadi sifatida hisobga olinsa, u holda banklarning soliqqa tortish bazasi oshib ketadi).
5. Bazel standartlarining kapitalga nisbatan minimal talablarini hisoblash usulini respublikamiz amaliyotiga joriy etish lozim.
6. Bazel III standartlarining tijorat banklari kapitalining yetarliligiga nisbatan talablarini respublikamiz bank amaliyotiga joriy etish lozim.
Shuningdek, Respublikamiz tijorat banklari faoliyatini tartibga solish amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan quyidagi ilmiy tavsiyalar va takliflar ishlab chiqdik.
1. Fikrimizcha, Respublikamiz tijorat banklarining joriy likvidliligini baholash metodikasida mavjud kamchiliklarni bartaraf etish banklarning joriy likvidlilik koeffitsiyentini aniqlashning yangi metodikasini joriy etishni taqozo etadi.
2. Tijorat banklarining tasniflangan kreditlari hajmida umid- siz kreditlarning salmog'ini pasaytirish, muammolari kreditlar boʻyicha zaxiralarni o'z vaqtida va to'liq shakllantirishdan manfaatdorlikni oshirish maqsadida muddati oʻtganiga 90 kundan ortiq vaqt o'tgan, ammo yaratilgan zaxiralar kredit qarzdorlikning 50 foizidan kam bo'lgan kreditlarning risk darajasini 150 % qilib belgilashni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
3. Respublikamiz tijorat banklarida kassali aktivlarni yirik miqdorda to'planib qolishiga yo'l qo'ymaslik choralarini ishlab chiqish uchun dastlab tijorat banklarining depozit bazasi tarkibida muddatli va jamg'arma depozitlar salmog'ini oshirish lozim.
4. Respublikamiz tijorat banklarining jalb qilingan mablag'lariga nisbatan qo'llanilayotgan majburiy zaxira ajratmalari stavkasini yuqori ekanligini hisobga olgan holda, zaxira ajratmalarining kamida 25 foizini davlatning qimmatli qog'ozlari va to'lov qobiliyati yuqori boʻlgan ishlab chiqarish korxonalarining obligatsiyalari hisobidan shakllantirish tartibini joriy qilish maqsadga muvofiq.
5. Respublikamiz tijorat banklarining jalb qilingan mablag'lariga nisbatan qoʻllanilayotgan majburiy zaxira stavkasini yuridik shaxslarning muddatli depozitlariga nisbatan belgilangan 15 foizlik darajasini inflatsiya darajasidan yuqori bo'lmagan darajada belgilash lozim.
6. Respublikamiz tijorat banklari likvidli aktivlari umumiy hajmida daromad keltirmaydigan kassali aktivlar salmog'ining yuqori boʻlishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida, tijorat banklarining joriy likvidlilik koeffitsientini hisobga olishda uning investitsion reytingga, ya'ni kamida "BBB" reytingga ega boʻlgan korxo- nalarning obligatsiyalari va aktivlariga qilingan investitsiyalarini likvidli aktivlar tarkibida hisobga olishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Yuqoridagi taklif va tavsiyalardan foydalanishni, avvalambor bank tizimi faoliyatini nazorat qilishni takomillashuviga olib keladi, shu bilan bir qatorda bank nazorati bo'yicha Xalqaro Bazel III talablariga toʻliq javob berish imkoniyatini yaratadi.


Yüklə 190,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin