Mundarija kirish xom ashyo va qo’shimcha materiallar tasnifi Texnologik sxema 12 Texnologik sxema tasnifi 13 Xom ashyo va qo’shimcha materiallar hisobi 21 Jihoz



Yüklə 0,68 Mb.
səhifə6/7
tarix28.09.2022
ölçüsü0,68 Mb.
#118021
1   2   3   4   5   6   7
1-kurs ishi YANGI

Jihoz tanlash
Jihoz tanlashda birinchi navbatda uning unumdorligiga e’tiborga olgan holda tanlanadi:



Jihoz nomi

Soni

Markasi

1

Platformali tarozi

5

ВПН-1

2

Kutter

1

K 200

3

Vakuumli shprits

1

VF 608 plus

4

Hom dudlash kamerasi

1

УК-3/21-КУ-3

5

Qadoqlash qurilmasi

1

LZ-320

6

Paylardan ajratish uchun stol

1

CP-4/4

7

Suyakdan ajratish uchun stol

2

CO-A/4/1

8

Sovutish kamerasi

2

КХН-8,81

9

Split sistema

2

SM 115 S

10

Saqlash kamerasi

1

КХН-11,75

11

Split sitema

1

SB 211 S

12

Klipsator

1

TT1815

13

Yashiklarni yuvish qurilmasi

1

ECO 50-100


Suyaklardan ajratish uchun stol

Model – CO-A/4/1


Ishlab chiqaruvchi – “Техтрон+” (Rossiya)
Gabarit o’lchamlari – 1900x950x860 mm
Foydalanilgan material – zanglamas po’lat AISI430
Ishchi o’rni soni – 2 ta




Paylardan ajratish uchun stol
Model – CP-4/4
Ishlab chiqaruvchi – “Техтрон+” (Rossiya)
Gabarit o’lchamlari – 1600x2000x860 mm
Foydalanilgan material – zanglamas po’lat AISI430
Ishchi o’rni soni – 4 ta

Sovutish kamerasi
Model – КХН-8,81
Ishlab chiqaruvchi – “POLAIR Standard” (Rossiya)
Gabarit o’lchamlari – 2560х1960х2200 mm
Kameradagi harorat diapazoni – -30...+40
Hajmi – 8,81m3
Netto og’irligi – 376 kg
Brutto og’irligi – 505 kg


Saqlash kamerasi
Model – КХН-11,75
Ishlab chiqaruvchi – “POLAIR Standard” (Rossiya)
Gabarit o’lchamlari – 2560х2560х2200 mm
Kameradagi harorat diapazoni – -30...+40
Hajmi – 11,75 m3
Netto og’irligi – 451 kg
Brutto og’irligi – 600 kg


Kutter
Model – K 200
Ishlab chiqaruvchi – Laska (Avstriya)
Tog’ora sig’imi – 200 l
Dvigatel quvvati – 90 kW
Gabarit o’lchamlari – 3600х3060х1650 mm
Qopqog’i bilan birga balandligi – 2550 mm
Og’irligi – 4250 kg

Qadoqlash qurilmasi
Model - LZ-320
Ishlab chiqaruvchi – Beier (Xitoy)
Quvvati – 7-10 kW
Gabarit o’lchamlari – 3000х810х1740 mm
Og’irligi – 1200 kg
Texnik kimyoviy nazorat
Korxonada texnik-kimyoviy nazoratdan maqsad – iste’molchi uchun mahsulotning yuqori sifatli, ozuqaviy qiymatga va xavfsiz bo’lishini ta’minlashdan iborat.
Mahsulotning yuqori sifatini ta’minlash uchun ishlab chiqarishning barcha jarayonlarida, jumladan asosiy xom ashyo va qo’shimcha materiallarni qabul qilishdan boshlab tayyor mahsulotni tekshirishgacha bo’lgan bosqichlarni o’z ichiga olishi kerak.
Kolbasa mahsulotlarining sifati organoleptik, fizik-kimyoviy va bakterial ko’rsatkichlar yordamida aniqlanadi. Ushbu tekshiruvlarni amalga oshirishda amaldagi me’yoriy hujjatlarga (GOST, texnik shartlar, texnologik qo’llanmalar) amal qilinadi.
Texnologik nazoratga mahsulotning har bir partiyasi jo’natilishi kerak. Bunda mahsulotning retsepturaga amal qilinishi, organoleptik ko’rsatkichlari va ishlab chiqarish nuqsonlariga tekshiriladi.
Mahsulotning ko’rinishini tekshirish uchun butun mahsulot hajmining kamida 10% i jo’natiladi. Laboratoriya sharoitida tekshirish uchun esa mahsulotning barcha turidan kamida 2 kg miqdorda na’muna olinadi va uning ustida barcha tajriba ishlari olib boriladi.
Xususan, organoleptik ko’rsatkich uchun 800 – 1000 g, kimyoviy tajribalar uchun 400 – 500 g, mikrobiologik tekshiruvlar uchun esa 200 – 250 g li na’munadan 2 marotaba olib tekshiruvdan o’tkaziladi.
Mahsulotdagi namlikning massa ulishi, osh tuzi, kraxmal, natriy nitrit, fosfor miqdori, bakteriologik analizlar har 10 kunda kamida 1 marta bajarilib turishi shart.
Oqsil va yog’larning massa ulushlari esa har oyda kamida 1 marta tekshiruvdan o’tishi kerak.

Yüklə 0,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin