Har bir o`quvchi o`z shaxsiy Kompyuterridagi biror kitobni , giper silka ko`rinishidagi electron kitobga aylantirish.
“Davra suhbati”
Senariy: bunda talabalar 4-5 kishilik guruhlarga ajraladi. Har bir guruhga 3-4 tadan savol tashlanadi va ikkala gurh javob beradi. Keyin bu savolalr guruhlar aro almashinadi. Savollarga yana javob beriladi o’ylash uchun 2-3 daqiqa vaqt beriladi.
«Miya hujumi» Senariy: O’rtaga bitta mavzu tashlanadi. Talabalarga shu mavzu bo’yicha tezkor savollar beriladi. Bir talaba javob bera olmagan savolga keying talaba javob beradi. Har bir savolga o’ylash uchun 30 sekund vaqt beriladi. O’yin 10-15 daqiqa davom etadi oxirida shu mavzu umumlashtiriladi. Baholar hosiblanadi. Tushunmagan savollarga o’qituvchino o’zi javob beradi.
XULOSA
Kurs ishda hozir kunda jahonda ko‘p foydalanuvchilar Flash texnologiyasida chiroyli bo‘lgan Web resurslar yaratishda foydalanib kelayotganliklari yoritib berilgan.
Macromedia Flashda grafika yaratishning yangi imkonyatlari, professional darajadagi yaratuvchilar uchun imkoniyatlari, vektor grafika, rasterli tasvirlar, ovozlar qo‘shish, animatsiyalar yaratish va h.k. imkoniyatlar batafsil tavsiflangan. Macromedia Flash dasturi yordamida ham animatsiya va taqdimot fayllarni yaratishimiz mumkin. Shu bilan birgalikda bu dasturda aktiv elementlar bilan ishlash va dasturlash imkoniyatlari mavjuddir. Asosan Macromedia Flash dasturida kichik animatsiya fayllari (kliplar), Internet sahifalar, elektron qo‘llanmalar va h.k. Flash dasturda yaratilgan fayllar o‘zining asil(original), ishlash soddaligi, yaratilish murakkabligi, tezkorligi, multimediyali jixozlanganligi va hajm bo‘yicha kichikligi bilan ko‘zga tashlanadi.
Flash interfeysi juda qulay va oson. Macromedia kompaniyasi tomonidan Flashning bir qancha versiyalari yaratildi. Macromedia kompaniyasi Flashni yanada takomillashtirib uning yangi imkoniyatlarini yaratib berishmoqda.
Ushbu kurs ishning birinchi paragrafida Macromedia Flash dasturni ishga tushirish va unda ishlash, Macromedia Flash dasturining ish qurollar sohasi, vaqt diagrammasi bilan ishlash, xususiyatlar inspektori va indan foydalanish, ishchi soha haqida asosiy ma’lumotlar keltirilgan.
Ushbu kurs ishning ikkinchi paragrafida Macromedia Flash dasturida ishlash jarayoni va undan foydalanishning qo‘shimcha qulay usullari haqida batafsil ma’lumotlar keltirilgan. Bu dasturning foydalanuchi interfeysini sozlash, tugmalar belgilash va ish parametrlarini sozlash usullar haqida ma’lumotlar keltirilgan.