O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL‑XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
FAN: Marketing
Mustaqil ish Mavzu: Strategik va taktik rejalashtirish, marketing nazorati
Fakultet:AKTSIM
Guruh:121-20
Bajardi:Sardor Boltaboyev
Tekshirdi: Shaislamova. M
Toshkent-2022
Reja
Kirish
Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari.
Kirish Marketingni rejalashtirishni qо‘llamaydigan korxonalar bozorda yо‘nalishni yо‘qotishi va ziyon kо‘rishi mumkin. Aksincha, marketingni rejalashtirish tizimi yо‘lga qо‘yilgan korxonalar tо‘laligicha vaziyatni nazorat qiladi, ularning ishi bozor samaradorligi va iqtisodiy samaradorlik darajasining yuqori ekanligi bilan tavsiflanadi.
Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari Qisqacha ma'lumot uchun: strategik marketing nimaga erishmoqchi ekanligingizni, taktik marketing esa unga qanday erishishga harakat qilishingizni o'z ichiga oladi.
Bu ikkala yondashuv ham juda farq qiladi va yakka tartibda ishlashi mumkin. Biroq, ular sizning raqamli strategiyangizga birlashtirilmaguncha, to'liq potentsialni taqdim eta olmaydi.
Korxonalar uchun rejalashtirish faoliyatining yuqori darajasini ifodalab, sotish va foyda olish ko’rsatkichlarini yaxshilashga xizmat qiladi. Rejalashtirishning asosiy qismi strategik rejalashtirishdan iboratdir.
Strategik rejalashtirish - bu korxonani istiqbolda qurish, korxonaning iqtisodiyotda, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o’rni, rolini bilish va yangi darajaga erishish yo’llari, vositalarini ishlab chiqishdir. Strategik rejalashtirishda aniq hisoblangan ko’rsatkichlar bo’lmaydi, balki turli bashoratlar asosida mo’ljallar, kelgusiga nazar tashlashdan iboratdir.
F.Kotler firmaning strategik rejalashtirish haqida bunday deb yezadi: «Firmaning maqsadlari, uning marketing sohasidagi imkoniyatlari orasidagi strategik muvofiqlikni qo’llashni boshqaruv jarayonidir. Strategik rejalashtirish firmaning aniq ifodalangan dasturiy baenotiga, yordamchi maqsadlar va vazifalarni mo’ljallashiga, sog’lom xo’jalik portfeli va o’sish strategiyasiga tayanadi».
Korxonaning vazifalari va maqsadi bosqichi har bir boshqaruvchi, rahbariyat xodimi oldiga maqsadga erishishga qaratilgan vazifalar qo’yadi. Uz vazifalarining bajarilishiga har bir xodim javobgardir.
Korxonaning asosiy maqsadi foyda olish bo’lsa,unga erishish uchun foyda keltiradigan tovarlarni sotishni ko’paytirish, ular hissasini oshirish lozim. Bunday tovarlar sotilishini ko’paytirish esa,tovar manbalarini topishni, ular ichidagi eng samaralisini tanlashni talab etadi. Bulardan o’z navbatida qator vazifalar kelib chiqadi. Bu vazifalar marketing vazifalari bo’lib, marketing strategiyasini ishlab chiqishni talab etadi. Bunda bozorni o’rganish, taklif manbalarini o’rganish, korxonaga tegishli har bir mol bo’yicha konyukturani o’rganish va xulosa chiqarish jarayoni bajariladi.
Strategik rejalashtirish jarayonida bevosita stretegiyani ishlab chiqish bosqichi quyidagi ketma-ketlikda amalga oshiriligshi lozim. Dastlabki harakat bosqichi bo’lib, firmaning istiqbolini tahlil qilish hisoblanadi. Ushbu bosqichda: asosiy tashqi xavf-xatarlar, imkoniyatlar, «favqulodda» holatlarni vujudga kelish tendentsiyalari va ularni bartaraf etish imkoniyatlari hal etiladi.
Ikkinchi harakat bosqichida raqobatchilik ko’rashidagi mavqei tahlil qilinadi. Ushbu bosqichning asosiy vositasi bo’lib-firma faoliyatining qaysi yo’nalishida «raqobatchilik strategiyasini takomillashtirib, firmaning yalpi ish faoliyatining yaxshilash mumkin?» degan savolga javob topiladi.
Uchinchi, eng muhim harakat bosqichi - strategiyani tanlash hisoblanadi. Bunda firmaning turli faoliyatlari bo’yicha istiqbolini kieslash, tanlangan strategiyani amalga oshirishda turli faoliyat yo’nalishlari bo’yicha resurslarni taqsimlash asosiy o’rin egallaydi.
Lekin ko’pgina hollarda firmaning mavdjud imkoniyatlari kelgusi istiqbol uchun ma’kul bo’lmaydi. Buning sabablari bo’lib, firmaning ichki faoliyati doirasida yalpi strategiyani ishlab bo’lmaslik, uzoq va qisqa istiqbolda ularning mos kelmasligi yoki boshqaruvchilarining rejalashtirish ishlarida tashqi muhit o’zgarishlariga moslashuvchanlik sharoitlarini ishlab chiqish zarurati hisoblanadi.
Keyingi harakat bosqichi - diversifikatsiya yo’llarini tahlil qilish jarayoni sanaladi. Ushbu bosqichning asosiy maqsadi bo’lib, amaldagi faoliyatini ko’lami tanlovidagi kamchiliklarni va kelgusida firma uchun samarali bo’lgan yo’nalishlarni aniqlash hisoblanadi.