Mustaqil talim


-mavzu. Sug‘urta munosabatlarini tashkil etish shakllari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48
Moliya Mahkamov

5-mavzu. Sug‘urta munosabatlarini tashkil etish shakllari
Ko‘riladigan masalalar

Sug‘urtaning shakllari haqida tushuncha

Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tamoyillari

Tayanch iboralar
o
Sug‘urtaning shakllari haqida tushuncha
Turkumlanishning barcha bo‘g‘inlari sug‘urtani amalga oshirish shakllarini 
qamrab oladi, ya’ni 
majburiy 
va 
ixtiyoriy.
Tomonlarning xohish-irodasiga ko‘ra amalga oshiriladigan sug‘urta 
ixtiyoriy 
sug‘urta
hisoblanadi.
Ixtiyoriy sug‘urtaning shartlari tomonlarning kelishuviga asosan belgilanadi. 
Sug‘urtalanuvchi va sug‘urtalovchining huquqlari hamda burchlari, shuningdek, 
har bir sug‘urta turining aniq shartlari tegishli sug‘urta shartnomalari bilan 
belgilab quyiladi.
Ixtiyoriy sug‘urta turlarining umumiy shartlari va uni amalga oshirishning 
tartiblari sug‘urta qoidalarida o‘z aksini topadi. Ixtiyoriy sug‘urta turlarining 
qoidalari sug‘urtalovchilar tomonidan qonunchilik talablariga muvofiq tarzda 
mustaqil ishlab chiqiladi hamda sug‘urta faoliyatini amalga oshirish huquqini 
olish uchun sug‘urta faoliyatini davlat tomonidan nazorat qiluvchi organdan 
litsenziya olish paytida kelishilinadi.
O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga muvofiq majburiy sug‘urta amalga 
oshiriladi.
Majburiy sug‘urta turlari, shartlari va uni amalga oshirish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Majburiy sug‘urtani amalga oshirish huquqiga davlat sug‘urta tashkilotlari ega 
bo‘lib kelganlar, biroq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-
yil 27 noyabrdagi 413-
sonli «Sug‘urta xizmatlari bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ustav kapitali hajmini 500 ming AQSh dollariga 
teng miqdorga yetkazgan har qanday
sug‘urta kompaniyasi litsenziya asosida majburiy sug‘urta bilan shug‘ullanish 


imkoniyatiga ega bo‘ldilar (2010-yil 1 yanvardan 1500 ming yevroga ekvivalent 
summada). Shu bilan birga sug‘urta
tashkilotlari majburiy sug‘urta qilinishi lozim bo‘lgan obyektlarning but 
saqlanishi ustidan nazorat o‘rnatishga haqlidirlar.
Majburiy sug‘urta sug‘urta bo‘lgan ijtimoiy (umumdavlat) talabni aks ettiradi. 
Davlat qonunchilik asosida ushbu maqsadlar uchun sug‘urtaning majburiyligini 
o‘rnatadi. Buning natijasi
o‘laroq, tegishli majburiy sug‘urta turi haqidagi qonun qabul qilinadi. Shunday 
qilib, majburiy sug‘urta – qonun kuchidagi sug‘urtadir.
Majburiy sug‘urta, sug‘urtani tashkil etish shakli sifatida, umumiylik sifatidagi 
muhim xususiyatga egadir. Majburiy sug‘urtaning obyekti hayot, sog‘lik, mol-
mulk, fuqarolik javobgarligi
bilan bog‘liq bo‘lgan mulkiy manfaatlar hisoblanadi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan majburiy sug‘urta 
turlariga quyidagilar kiradi: yo‘lovchilarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; 
parvozlarda qatnashuvchilarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; 
harbiylarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; ko‘mir, neft, gaz konlarida 
ishlovchilarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; soliq organlari xodimlarining 
davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; temir yul texnika xizmat ko‘rsatuvchi va 
xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarning davlat majburiy shaxsiy sug‘urtasi; transport 
vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi; auditorlarning 
fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasi; notariuslarning fuqarolik 
javobgarligini majburiy sug‘urtasi va boshqalar. 
"Sug‘urta asoslari"

Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin