Mustaqil talim


Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tamoyillari



Yüklə 0,93 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/48
tarix11.11.2023
ölçüsü0,93 Mb.
#132378
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48
Moliya Mahkamov

2. Majburiy va ixtiyoriy sug‘urta tamoyillari
Majburiy sug‘urtani ajratib turuvchi tamoyillar quyidagilar.
1. Majburiy sug‘urta qonun yo‘li bilan o‘rnatiladi. 
Shunga mos ravishda sug‘urta qildiruvchi 
tegishli obyektlarni sug‘urtalashga, sug‘urtalovchilar esa, sug‘urta hodisalari ro‘y berganda 
tegishli sug‘urta to‘lovlarini to‘lashga majburdirlar.
Qonunchilik odatda quyidagilarni belgilab beradi: 

majburiy sug‘urtalanishi lozim bo‘lgan obyektlar tarkibini

sug‘urta javobgarligi hajmini; 

sug‘urta ta’minoti darajasi va me’yorlarini; 

tarif stavkalari miqdorlari va ularni o‘rnatish tartibini

sug‘urtalovchi va sug‘urtalanuvchilarning asosiy huquq va majburiyatlarini. 

Qonunda ko‘rsatilgan majburiy sug‘urta obyektlarini yoppasiga sug‘urtaga 
qamrab olish. 
Buning uchun sug‘urta organlari mamlakatda har yili sug‘urtalangan 
obyektlarni, hisoblangan sug‘urta badallarini va ularni o‘rnatilgan muddatlarda 
undirilishini hisobga olib boradilar. 

Qonunda ko‘rsatilgan obyektlarga majburiy sug‘urtaning avtomatik ravishda 
qo‘llanilishi. 
Sug‘urtalanuvchi yangi obyekt paydo bo‘lganligi haqida sug‘urta 
organlariga xabar berishi shart emas. Bu obyekt sug‘urta sohasiga avtomatik ravishda 
qo‘shiladi. Navbatdagi ro‘yxatga olish davrida hisobga olinadi va sug‘urtalanuvchiga 
to‘lanishi kerak bo‘lgan sug‘urta badallari ko‘rsatiladi. 

Majburiy sug‘urtani sug‘urta badallari to‘lanishidan qat’iy nazar amal qilishi. 
Agarda sug‘urta qildiruvchi tegishli sug‘urta badallarini to‘lamagan hollarda, badallar 
sud orqali undirib olinishi mumkin. Sug‘urta badallari to‘lanmagan obyektga nisbatan 
sug‘urta javobgarligi amal qilaveradi, faqatgina sug‘urta badallari bo‘yicha qarz va 
kechiktirilgan kunlar uchun jarima summasi ushlab qolinadi. 




Yüklə 0,93 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   48




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin