Sug‘urta qildiruvchi – sug‘urta badallarini to‘lovchi va konkret sug‘urta munosabatlarida
qatnashuvchi jismoniy yoki yuridik shaxs.
Sug‘urtalanuvchi – hayoti, sog‘ligi yoki mehnatga layoqati sug‘urta obyekti bo‘lgan shaxs.
Sug‘urta mas’uliyati – sug‘urtalovchining sug‘urta holatlari ro‘y berganda sug‘urta qoplamalari
yoki sug‘urta summalarini to‘lash bo‘yicha majburiyati.
Sug‘urta guvohnomasi (polisi) – sug‘urta amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta tarifi – sug‘urta summasiga nisbatan foiz stavkasi.
Sug‘urta badali (mukofoti) – sug‘urta summasiga nisbatan belgilangan sug‘urta tarifi bo‘yicha
pul to‘lovi.
Sug‘urta muddati – sug‘urta obyektining sug‘urtalangan davri.
Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy
va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi – o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan
sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Fuqarolik javobgarligi – fuqaro va yuridik shaxslarning uchinchi shaxslar (jismoniy va huquqiy)
oldidagi qonunchilikda ko‘zda tutilgan javobgarlikning bir turi bo‘lib, u zarar yetkazuvchining
harakat yoki harakatsizligi natijasida uchinchi shaxsga zarar yetkazilganda yuzaga keladi.
Nazorat uchun savollar:
Sug‘urta qanday shakllarda amalga oshiriladi?
Ixtiyoriy sug‘urtaning xususiyatlari nimalardan iborat?
Majburiy sug‘urta, uning amal qilish shartlari va tartibi kim tomonidan belgilanadi?