Sug‘urta holati – sug‘urta qoplamasi yoki sug‘urta summasi to‘lanishi kerak bo‘lgan turli salbiy
va boshqa kelishilgan oqibatlarga olib keluvchi haqiqatda sodir bo‘lgan holatlar.
Sug‘urta dalolatnomasi – o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladigan va sodir bo‘lgan
sug‘urta holatini hamda sabablarini tasdiqlovchi hujjat.
Sug‘urta portfeli – sug‘urta kompaniyasi tomonidan olingan badallar yig‘indisi yoki tuzilgan va
to‘langan shartnomalar soni.
Sug‘urta qoidalari – ixtiyoriy sug‘urta shartlarini belgilovchi me’yoriy hujjatlardan biri.
Nazorat uchun savollar:
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sug‘urta tizimida qanday sifat o‘zgarishlari sodir bo‘ldi?
O‘zbekiston sug‘urta tizimining 1992-1994-yillardagi xususiyatlari nimalardan iborat bo‘lgan?
So‘nggi yillarda mamlakatimiz sug‘urta tizimida qanday islohotlar olib borilmoqda?
Sug‘urta sohasini davlat tomonidan isloh qilishning ahamiyati va zarurligini qanday izohlash mumkin? "Sug‘urta asoslari" 7-mavzu. Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy asoslari Ko‘riladigan masalalar
Sug‘urta tashkiloti haqida tushuncha, ularning turlari
Sug‘urta kompaniyasining tashkiliy tuzilishi
Tayanch iboralar o
Sug‘urta tashkiloti haqida tushuncha, ularning turlari. Sug‘urta tashkiloti – bu turli xildagi sug‘urta korxonalari, muassasalari. Sug‘urta
kompaniyalari, aksionerlik sug‘urta kompaniyalari, regional va xalqaro moliyaviy
guruhlar, qo‘shma sug‘urta va qayta sug‘urta birlashmalar (kompaniyalar),
xususiy firmalar, davlat sug‘urta kompaniyalari va boshqalar. U davlatning
umumiy iqtisodiy tizimida mustaqil xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida faoliyat
yuritadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida»gi qonunining 6-
moddasida
sug‘urtalovchilarga quyidagicha ta’rif berilgan: «Sug‘urta shartnomasiga muvofiq
sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) to‘lovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi
yuridik shaxs